-bob. O‘simliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlariga bo‘lgan huquq




Download 85,94 Kb.
bet24/40
Sana19.02.2024
Hajmi85,94 Kb.
#158874
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40
Bog'liq
IM huquqi

63-bob. O‘simliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlariga bo‘lgan huquq
1091-modda. O‘simliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlariga bo‘lgan huquqlarni muhofaza qilish
O‘simliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlariga (seleksiya yutuqlariga) bo‘lgan huquqlar patent berilgan taqdirdagina muhofaza qilinadi.
Seleksiya yutug‘iga patent olish huquqini vujudga keltiradigan talablar hamda bunday patentni berish tartibi qonun bilan belgilab qo‘yiladi.
Seleksiya yutuqlariga bo‘lgan huquqlar hamda bu huquqlarni muhofaza qilish bilan bog‘liq munosabatlarga nisbatan, basharti ushbu bobning qoidalari va qonunda o‘zgacha hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu Kodeksning tegishincha 1084 –– 1090-moddalari qoidalari tadbiq etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustdagi 395-II-son “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi Qonuni, Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2017-yil 6-noyabrdagi 26-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Seleksiya yutug‘i patentining amal qilishini tiklash Qoidalari”, O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirining 2014-yil 16-iyundagi 155-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Naslchilik sohasida seleksiya, biotexnologiya va irsiyat-muhandislik usullarini qo‘llanish shartlarini belgilash tartibi to‘g‘risidagi Nizom”, “Seleksiya yutug‘iga O‘zbekiston Respublikasi patentining amal qilishini uzaytirish qoidalari” (ro‘yxat raqami 1793, 16.04.2008-y.), O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2022-yil 31-martdagi 8-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug‘i, tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisiga bo‘lgan huquqni o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomani va ulardan foydalanish uchun litsenziya shartnomalarini, integral mikrosxemalar topologiyalariga bo‘lgan huquqni o‘tkazish, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturga yoki ma’lumotlar bazasiga bo‘lgan barcha mulkiy huquqlarni o‘tkazish va mulkiy huquqlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish Qoidalari”, O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2004-yil 30-dekabrdagi 62-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Seleksiya yutug‘iga O‘zbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish Qoidalari”.

Download 85,94 Kb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40




Download 85,94 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. O‘simliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlariga bo‘lgan huquq

Download 85,94 Kb.