• 1099-modda. Yuridik shaxsning firma nomidan tovar belgisida foydalanish
  • -bob. Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni shaxsiylashtirish vositalari




    Download 85,94 Kb.
    bet27/40
    Sana19.02.2024
    Hajmi85,94 Kb.
    #158874
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40
    Bog'liq
    IM huquqi

    65-bob. Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni shaxsiylashtirish vositalari
    1-§. Firma nomi
    1098-modda. Firma nomiga bo‘lgan huquq
    Yuridik shaxs tovarlarda, ularning idishi va o‘rovida, reklamada, peshlavhalarda, bosma ma’lumotnomalarda, hisobvaraqlarda, bosma nashrlarda, rasmiy blankalarda va o‘zining faoliyati bilan bog‘liq boshqa hujjatlarda, shuningdek mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkazilayotgan ko‘rgazma va yarmarkalarda namoyish etish vaqtida firma nomidan foydalanishda alohida huquqqa ega.
    Oldingi tahrirga qarang.
    Yuridik shaxsning firma nomi uning ta’sis hujjatlarida ko‘rsatiladi. Firma nomiga bo‘lgan huquq yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan e’tiboran yuzaga keladi.
    (1098-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasi 2006-yil 18-sentabrdagi O‘RQ-52-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 37-38-son, 371-modda)
    Yuridik shaxsning firma nomi tegishli yuridik shaxslarni aynan bir deb hisoblashga olib kelishi mumkin bo‘lgan darajada avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan nomga o‘xshab ketadigan bo‘lsa, u ro‘yxatga olinishi mumkin emas.
    LexUZ sharhi
    Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 18-sentabrdagi O‘RQ-51-son “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining 3 — 5-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 11-oktabrdagi 286-sonli “Yuridik shaxslarning nomlari va ramzlarida davlatning rasmiy nomidan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom”ning 11-bandi.
    LexUZ sharhi
    Qarang: sud amaliyoti.
    1099-modda. Yuridik shaxsning firma nomidan tovar belgisida foydalanish
    Yuridik shaxsning firma nomidan unga tegishli tovar belgisida foydalanilishi mumkin.
    1100-modda. Firma nomiga bo‘lgan huquqning amal qilishi
    Yuridik shaxsning belgisi tariqasida O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan nomga bo‘lgan alohida huquq O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi.
    Chet davlatda ro‘yxatga olingan yoki umum e’tirof etgan nomga O‘zbekiston Respublikasi hududida alohida huquq qonunda nazarda tutilgan hollardagina amal qiladi.
    LexUZ sharhi
    Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 18-sentabrdagi O‘RQ-51-son “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasi.
    Firma nomiga bo‘lgan huquqning amal qilishi yuridik shaxs tugatilishi bilan yoki uning firma nomi o‘zgarishi bilan bekor bo‘ladi.

    Download 85,94 Kb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40




    Download 85,94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bob. Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni shaxsiylashtirish vositalari

    Download 85,94 Kb.