|
-modda. Firma nomiga bo‘lgan huquqni boshqa shaxsga berish
|
bet | 28/40 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 85,94 Kb. | | #158874 |
Bog'liq IM huquqi1101-modda. Firma nomiga bo‘lgan huquqni boshqa shaxsga berish
Yuridik shaxsning firma nomiga bo‘lgan huquqni boshqa shaxsga berish va o‘tkazishga faqat yuridik shaxs qayta tashkil etilgan hamda umuman korxona boshqa shaxsga berilgan hollardagina yo‘l qo‘yiladi.
Firma nomiga bo‘lgan huquq egasi boshqa shaxsga o‘zining bu nomidan foydalanishga ruxsat etishi (litsenziya berishi) mumkin. Biroq bunda litsenziya shartnomasida iste’molchini chalg‘itib qo‘yishni istisno etuvchi choralar shart qilib qo‘yilishi lozim.
2-§. Tovar belgisi (xizmat ko‘rsatish belgisi)
1102-modda. Tovar belgisini huquqiy jihatdan muhofaza qilish
Tovar belgisi (xizmat ko‘rsatish belgisi) uni ro‘yxatdan o‘tkazish asosida huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar belgisiga bo‘lgan huquq tovar belgisi (xizmat ko‘rsatish belgisi) ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma bilan tasdiqlanadi.
(1102-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustdagi 267-II-son “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni, “Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalari” (ro‘yxat raqami 1988, 29.07.2009-y.), Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom”ning 11-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Bosh direktorining 2017-yil 27-martdagi 17-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Tovar belgisiga va xizmat ko‘rsatish belgisiga doir guvohnomaning hamda tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish qoidalari”.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 18-sentabrdagi O‘RQ-51-son “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasi.
LexUZ sharhi
Qarang: sud amaliyoti.
Oldingi tahrirga qarang.
|
| |