• 50-bob. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) 862-modda. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi
  • -modda. Mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish




    Download 85,94 Kb.
    bet36/40
    Sana19.02.2024
    Hajmi85,94 Kb.
    #158874
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
    Bog'liq
    IM huquqi

    149-modda. Mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish
    Tafakkur mulki obyektiga nisbatan mualliflik huquqini o‘zlashtirib olish, hammualliflikka majburlash, shuningdek, tafakkur mulk obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ular rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgunga yoki e’lon qilingunga qadar muallifning roziligisiz oshkor qilish —
    Oldingi tahrirga qarang.
    bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
    (149-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
    LexUZ sharhi
    Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining IV bo‘limi (“Intellektual mulk”), O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi O‘RQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunining 6162-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustdagi 397-II-son “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi Qonunining (yangi tahriri) 539-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustdagi 395-II-son “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi Qonunining (yangi tahriri) 45-moddasi.
    . 50-bob. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing)
    862-modda. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi
    Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomasi bo‘yicha bir taraf (kompleks litsenziar) ikkinchi tarafga (kompleks litsenziatga) haq evaziga litsenziarning firma nomidan hamda qo‘riqlanadigan tijorat axborotidan, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan mutlaq huquqlarga kiruvchi boshqa obyektlardan (tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi va ixtirolar hamda boshqalardan) litsenziatning tadbirkorlik faoliyatida foydalanish huquqini o‘z ichiga oladigan mutlaq huquqlar kompleksini (litsenziya kompleksi) berish majburiyatini oladi.
    Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi litsenziya kompleksidan, litsenziarning ish sohasidagi obro‘sidan va tijorat sohasidagi tajribasidan muayyan hajmda (xususan, minimal va yoki maksimal hajmda foydalanishni belgilab qo‘ygan holda) muayyan faoliyat sohasiga (litsenziardan olingan yoki litsenziat ishlab chiqargan tovarlarni sotish, xizmatlarni ko‘rsatish, ishlar bajarish, savdo faoliyatini amalga oshirish va hokazo) qo‘llagan holda, foydalanish hududini ko‘rsatib yoki ko‘rsatmasdan foydalanishni nazarda tutadi.
    Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi bo‘yicha faqat tijorat tashkilotlari va tadbirkorlar sifatida ro‘yxatga olingan fuqarolargina taraflar bo‘lishi mumkin.
    Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi muddat ko‘rsatilgan, shuningdek ko‘rsatilmagan holda (muddatsiz shartnoma) tuzilishi mumkin.
    Basharti ushbu bobda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa yoki u shartnomaning mohiyatidan kelib chiqmasa, kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasiga ushbu Kodeksning intellektual mulk haqidagi qoidalari tegishli suratda qo‘llanadi.
    LexUZ sharhi
    Qarang: O‘zbekiston ning 2006-yil 20-iyuldagi O‘RQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunning 38-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustdagi 267-II-son “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining 27, 28-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 18-sentabrdagi O‘RQ-51-son “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasi.

    Download 85,94 Kb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




    Download 85,94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish

    Download 85,94 Kb.