|
-modda. Litsenziatning majburiyatlari
|
bet | 38/40 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 85,94 Kb. | | #158874 |
Bog'liq IM huquqi867-modda. Litsenziatning majburiyatlari
Litsenziat kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi bo‘yicha amalga oshiradigan faoliyatning xarakteri va xususiyatlarini hisobga olgan holda litsenziat:
shartnomada nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish chog‘ida litsenziarning firma nomidan shartnomada ko‘rsatilgan tarzda foydalanishi;
u shartnoma asosida ishlab chiqarayotgan tovarlar, ko‘rsatayotgan xizmatlar, bajarayotgan ishlar sifati bevosita litsenziarning o‘zi ishlab chiqarayotgan, ko‘rsatayotgan yoki bajarayotgan shunday tovarlar, xizmatlar yoki ishlarning sifatiga aniq mos bo‘lishini ta’minlashi;
litsenziarning litsenziya kompleksiga kiruvchi alohida huquqlardan foydalanish xarakteri, usullari va shartlari bu huquqlardan litsenziarning foydalanishiga aniq mos kelishiga qaratilgan barcha yo‘riqnomalari va ko‘rsatmalariga, shu jumladan litsenziat shartnoma bo‘yicha o‘ziga berilgan huquqlarni amalga oshirish vaqtida foydalanadigan tijorat binolarining tashqi va ichki bezaklariga doir ko‘rsatmalariga ham rioya etishi;
sotib oluvchilar (buyurtmachilar) bevosita litsenziardan tovar (xizmat, ish) ni sotib olgan (buyurtma bergan) vaqtda ularga umid qilishlari mumkin bo‘lgan hamma qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatishi;
litsenziarning ishlab chiqarish sirlarini va undan olgan boshqa maxfiy tijorat axborotini oshkor qilmasligi;
agar shartnomada to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan bo‘lsa, shartlashilgan miqdorda yordamchi litsenziyalarni berishi;
kompleks tadbirkorlik litsenziyasi tufayli firma nomidan, tovar belgisidan, xizmat ko‘rsatish belgisidan yoki boshqa individuallashtirish vositasidan foydalanayotganligini sotib oluvchilarga (buyurtmachilarga) ular uchun juda aniq usulda ma’lum qilishi shart.
868-modda. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining cheklaydigan shartlari
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasida cheklaydigan (eksklyuziv) shartlar, xususan:
litsenziarning litsenziatga biriktirib qo‘yilgan hududda foydalanish uchun boshqa xuddi shunday kompleks tadbirkorlik litsenziyalarini bermaslik yoki ushbu hududda bevosita mustaqil faoliyat olib bormaslik majburiyati;
litsenziatning kompleks tadbirkorlik litsenziyasidan foydalaniladigan hududda litsenziar bilan raqobatlashmaslik majburiyati;
litsenziatning litsenziarning raqobatchilaridan (bo‘lajak raqobatchilaridan) boshqa kompleks tadbirkorlik litsenziyalarini olishdan voz kechishi;
litsenziatning shartnoma bo‘yicha o‘ziga berilgan alohida huquqlarni amalga oshirish vaqtida foydalaniladigan tijorat binolari joylashtiriladigan erni, shuningdek ularning tashqi va ichki bezaklarini litsenziar bilan kelishish majburiyati nazarda tutilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar cheklaydigan shartlar tegishli bozorning holatini va taraflarning iqtisodiy mavqeyini hisobga olganda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikka zid bo‘lsa, bu shartlar monopoliyaga qarshi organ yoki boshqa manfaatdor shaxsning da’vosiga ko‘ra haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
(868-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Agar kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining cheklaydigan shartlariga ko‘ra:
litsenziar litsenziatning tovarni sotish bahosini yoki litsenziat bajaradigan (ko‘rsatadigan) ishlar (xizmatlar) narxini belgilashga, yoki mazkur narxlarning yuqori va pastki chegaralarini belgilab qo‘yishga haqli bo‘lsa;
litsenziat tovarlarni faqat ma’lum toifadagi sotib oluvchilarga (buyurtmachilarga) yoki shartnomada belgilab qo‘yilgan hududda joylashgan (yashaydigan) sotib oluvchilarga (buyurtmachilarga)gina sotishga, ishlarni bajarishga yoki xizmatlar ko‘rsatishga haqli bo‘lsa, bunday cheklovchi shartlar haqiqiy emas.
|
| |