• 870-modda. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasini o‘zgartirish
  • 871-modda. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasini bekor qilish
  • -modda. Litsenziarning litsenziatga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha javobgarligi




    Download 85,94 Kb.
    bet39/40
    Sana19.02.2024
    Hajmi85,94 Kb.
    #158874
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
    Bog'liq
    IM huquqi

    869-modda. Litsenziarning litsenziatga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha javobgarligi
    Litsenziat kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi bo‘yicha sotayotgan (bajarayotgan, ko‘rsatayotgan) tovarlar (ishlar, xizmatlar) sifati shartnomaga mos emasligi to‘g‘risida litsenziatga qo‘yiladigan talablar yuzasidan litsenziar subsidiar javobgar bo‘ladi.
    Litsenziatga litsenziarning mahsulotini (tovarlarini) tayyorlovchi sifatida qo‘yiladigan talablar yuzasidan litsenziar litsenziat bilan solidar javobgar bo‘ladi.
    870-modda. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasini o‘zgartirish
    Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi ushbu Kodeks 28-bobining qoidalariga muvofiq o‘zgartirilishi mumkin.
    Tegishli o‘zgartishlar ushbu Kodeksning 863-moddasida belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan paytdan boshlab shartnoma o‘zgartirilgan deb hisoblanadi.
    LexUZ sharhi
    Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-iyundagi 346-son qarori bilan tasdiqlangan “Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning Ma’muriy reglament”.
    871-modda. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasini bekor qilish
    Muddati ko‘rsatilib tuzilgan kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi ushbu Kodeks 28-bobining qoidalariga muvofiq bekor qilinishi mumkin.
    Taraflardan har biri muddatsiz kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasidan istagan vaqtda bosh tortishga haqli bo‘lib, agar shartnomada uzoqroq muddat nazarda tutilgan bo‘lmasa, bu haqda ikkinchi tarafni olti oy oldin xabardor qilishi kerak.
    Litsenziya kompleksiga kirgan firma nomini yangi firma nomi bilan almashtirmasdan unga bo‘lgan huquq bekor qilingan taqdirda kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi bekor qilinadi.
    Muddati ko‘rsatib tuzilgan kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish, shuningdek muddatsiz kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasini bekor qilish ushbu Kodeksning 863-moddasida belgilangan tartibda ro‘yxatga olinishi kerak.
    LexUZ sharhi
    Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-iyundagi 346-son qarori bilan tasdiqlangan “Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning Ma’muriy reglament”.

    Download 85,94 Kb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




    Download 85,94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Litsenziarning litsenziatga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha javobgarligi

    Download 85,94 Kb.