|
-modda. Tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqi
|
bet | 32/40 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 85,94 Kb. | | #158874 |
Bog'liq IM huquqi1109-modda. Tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqi
Tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxs bu nomni tovarda, idish va o‘rovda, reklamada, bosma ma’lumotnomalarda, hisobvaraqlarda ishlatish hamda ushbu tovarning fuqarolik muomalasiga kiritilishi munosabati bilan joy nomidan boshqacha tarzda foydalanishga haqlidir.
Tovar chiqarilgan joyning nomi ushbu Kodeks 1108-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida aytib o‘tilgan talablarga javob beradigan tovarni belgilash uchun bir necha shaxs tomonidan ham birgalikda, ham bir-biridan mustaqil tarzda ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin. Tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqi ana shu shaxslarning har biriga tegishlidir.
Tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqini boshqa shaxsga berishga, uni boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi boshqa bitimlarga va uni litsenziya asosida foydalanish uchun berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustdagi 267-II-son “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining 28-moddasi.
1110-modda. Tovar chiqarilgan joy nomini huquqiy jihatdan muhofaza etishning amal qilish sohasi
O‘zbekiston Respublikasida uning hududidagi tovarlar chiqarilgan joylarning nomlari huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Boshqa davlatdagi tovar chiqarilgan joy nomi, basharti bu nom tovar chiqarilgan mamlakatda, shuningdek ushbu Kodeksga muvofiq vakolatli davlat organida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasida huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi.
(1110-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi O‘RQ-640-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
1111-modda. Tovar chiqarilgan joy nomidan qonunga xilof foydalanganlik uchun javobgarlik
Tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxs, shuningdek iste’molchilar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar bu nomdan qonunga xilof foydalanayotgan shaxsdan nomdan foydalanishni to‘xtatish, tovardan, uning idishi va o‘rovidan, blankalar va boshqa hujjatlardan qonunga xilof foydalanilayotgan nomni yoki nom bilan adashtiradigan tarzda juda o‘xshash belgini yo‘qotishni, tayyorlab qo‘yilgan nom tasvirlarini va nom bilan adashtiradigan tarzda o‘xshash belgilarni yo‘q qilib tashlashni, basharti buning iloji bo‘lmasa tovarni va (yoki) idish va o‘rovni olib qo‘yish hamda yo‘q qilib tashlashni talab qilishga haqlidir.
Tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxs bu huquqni buzuvchidan o‘ziga yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilishga haqlidir.
177-modda. O‘zganing tovar belgisidan, xizmat ko‘rsatish belgisidan, geografik ko‘rsatkichidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki adashtirib yuborish darajasida ular bilan o‘xshash bo‘lgan belgilardan shu turdagi tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan qonunga xilof ravishda foydalanish yoxud o‘zganing firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish
O‘zganing tovar belgisidan, xizmat ko‘rsatish belgisidan, geografik ko‘rsatkichidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki adashtirib yuborish darajasida ular bilan o‘xshash bo‘lgan belgilardan shu turdagi tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan qonunga xilof ravishda foydalanish yoxud o‘zganing firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(177-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 15 noyabrdagi O‘RQ-878-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.11.2023-y., 03/23/878/0852-son — 2024 yil 17 fevraldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
|
| |