|
Mavzu: Uglerodli po‘latlar
|
Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 1,92 Mb. | | #106524 |
Bog'liq mavzu polatlar Mavzu: Uglerodli po‘latlar - Kimyoviy tarkibi murakkab; po‘lat tarkibida uglerodlardan tashqari Mn, Si, S, P, O, N, H, C2 , Ni, Cu va boshqalar bo‘ladi. Bulardan ba’zilari (Mn, Si) yana atayin kiritilishi mumkin. Bunda po‘lat legirlangan po‘lat deb nomlanadi. O‘zi po‘latda Mn=0,8%, S=0,4% bo‘ladi. S, P, O, N, H larni po‘lat tarkibidan butunlay chiqarib tashlashni amaliy iloji yo‘q. C2 , Ni, Cu lar esa po‘latga ruda tarkibiga tasodif kiradi. Uglerodli po‘latlar mashina detallari, har xil konstruktsiyalar, o‘lchash va kesuvchi asboblar hamda boshqalar tayyorlashda asosiy material hisoblanadi.
Uglerodli po‘latlar - Har qanday metall qotishmalari kabi uglerod po‘latlarni ham tuzilishi va xossalarini termik ishlash yo‘li bilan o‘zgartirish mumkin. Uglerodli po‘latlarni termik ishlash samaradorligi ancha yuqori: qattiqligini va puxtaligini 5-10 barobar oshirish mumkin. Lekin elastiklik moduli 5% dan ortiq o‘zgarmaydi.
Uglerodli po‘latlarni klassifikattsiyasi. - Uglerodli po‘latlarni klassifikattsiyasi. Ishlatish joyiga qarab 2 guruhga bo‘linadi: 1. Konstruktsion po‘latlar. 2. Asbobsizlik po‘latlar. Konstruktsion po‘latlar tarkibida uglerod 0,02 dan – 0,6% gacha bo‘ladi. C=0,8% po‘latlar konstruktsion po‘lat sifatida ishlatiladi. Konstruktsion po‘latlar xalq xo‘jaligining turli sohalarida ishlatiladi: mashina va agregat detallari, qurilish konsvuktsionlari, temir yo‘l transporti vositalari, rels, truba, sim va boshqa buyumlar uchun asosiy material. Bu po‘latlarga quyilgan umumiy talab bu – mustahkamlik bilan plastiklik, shuningdyoq yaxshi texnologik xossalar. Asbobsozlik po‘latlar tarkibida uglerod C=0,7-1,7% bo‘ladi: У7A...У13A. Bularning qattiqligi HRC=50-60, issiqga bardoshligi 2600 C gacha.
Po‘lat xossalariga uglerodni ta’siri - Po‘lat tarkibidagi uglerod ortishi bilan po‘lat tuzilishi (strukturasi) o‘zgaradi, demak xossalari ham o‘zgaradi. Tarkibida С<0,02% bo‘lgan po‘lat ferrit va ozgina Ts3 dan iborat. С=0,02-0,8% da faqat ferrit va perlit bor. С<0,8% da faqat perlit. С>0,8 dan oshsa po‘lat strukturasi ikkilamchi tsementit hosil bo‘ladi. Uglerod miqdori ortishi bilan tsementit miqdori ortib, ferrit miqdori kamayadi. Tsementit qattiq va mo‘rt, ferrit yumshoq va plastik. Demak, uglerod miqdori ortishi bilan po‘lat qattiqligi ortib, plastikligi kamayadi.Uglerod fizik xossalari ham ta’sir qiladi: uglerod ortishi bilan magnit kirituvchanligi pasayib, elektr qarshiligi va koertsitiv kuch ortadi.
Po‘lat xossalariga uglerodni ta’siri - Marganetsni ta’siri: Kislorodsizlantirish uchun qo‘shiladi. Zararli temir (2) oksidi (FeO)ni yoqotish uchun: Feo+Mn=MnO+Fe. Po‘latda o‘zi Mn=0,25-0,8% gacha bo‘ladi. U qisman ferritda eriydi, qisman CMn3 tartibli karbid hosil qilib mustahkamlik va qattiqlikni oshiradi. Kremniyni ta’siri. Bu ham temir(2) oksidini qaytaradi: .222FeSiOSiFeO Kremniy ferritda erib, po‘lat qattiqqlikni oshiradi, elastiklik xossalarini yaxshilaydi. Ammo, plastiklikni pasaytiradi. Fosforning ta’siri. Oddiy sifatli po‘latda R<0,05% dan oshmasligi lozim, sifatli po‘latlarda: R<0,02%. Fosfor ferritda erib, qattiqlikni oshirib, qovishqoqlikni pasaytiradi. Normal haroratda va 00 dan pastda plastiklik va qovushqoqlikka zararli ta’sir qiladi. U po‘latni sovuq holda sinuvchan qiladi. Fosfor po‘latni mo‘rt holatga o‘tish haroratini oshiradi (shuning uchun sovuqda darz ketadi). Agar R>0,1% ortiq bo‘lsa, uning salbiy ta’siri kuchli bo‘ladi
Legirlangan po'latlar Legirlangan po'latlar - tarkibida legirlovchi elementlar: xrom, nikel, molibden, vanadiy, volfram, marganes, mis, kremniy va boshqalar kiruvchi poiatlardir. Legirlovchi elementlar poiatga muayyan xossalar baxsh etish uchun qo'shiladi. Masalan, tarkibida albatta bo'ladigan qo'shimchalar bilan birga xrom va nikel ham bo'ladigan xrom-nikelli poiatlarning mexanik xossalari yaxshi, korroziyaga chidamli, shuningdek issiqlikka chidamli bo'ladi. Legirlangan po'latlar Ulardan mashinalarning ko'pchilik qismlari va uy-ro'zg'or buyumlari (zanglamaydigan qoshiq, va boshqalar) yuqori harorat hamda bosimlarda puxta bo'ladi. Ular quvurlar, aviamotorlar va kompressorlarning qismlari tayyorlashda ishlatiladi. Xrom-volframli po'latlarni olish oson. Buning uchun suyuqlanish tugashidan oldin zaruriy metall va qotishmalar qo'shish kerak. Lekin legirlangan po'latlar odatda maxsus elektr pechlarda 3000°C dan yuqori haroratda suyuqlantirib olinadi. Bu elektrtermik usul bo'lib, taikibida qiyin suyuqlanadigan metallar -molibden, volfram va boshqalar bor po'latlar olish uchun qo'llaniladi.
|
| |