|
Intellektual mulk 1031-modda. Intellektual mulk obyektlari
|
bet | 31/40 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 85,94 Kb. | | #158874 |
Bog'liq IM huquqi11071-modda. Tovar belgisiga doir mutlaq huquqning tugashi
Bevosita tovar belgisining egasi tomonidan yoki uning roziligi bilan fuqarolik muomalasiga qonuniy tarzda kiritilgan tovarlarga nisbatan tovar belgisidan boshqa shaxslarning foydalanishi mazkur tovar belgisiga doir mutlaq huquqning buzilishi bo‘lmaydi.
(11071-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Bosh direktorining 2017-yil 15-maydagi 19-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Tovar belgisini milliy ro‘yxatdan o‘tkazishni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazishga almashtirish qoidalari”.
3-§. Tovar chiqarilgan joy nomi
1108-modda. Tovar chiqarilgan joy nomini huquqiy jihatdan muhofaza qilish
Tovar chiqarilgan joy nomi uni ro‘yxatga olish asosida huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi.
Mamlakat, aholi punkti, joy yoki boshqa jo‘g‘rofiy obyektning tovarni belgilash uchun ishlatiladigan nomi alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan ana shu jo‘g‘rofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va bu omillarning o‘zaro birikmasi bilan belgilanadigan tovar chiqarilgan joy nomi (kelib chiqish ko‘rsatkichi) deb e’tirof etiladi.
Jo‘g‘rofiy obyektning tarixiy nomi tovar chiqarilgan joyning nomi bo‘lishi mumkin.
Garchi jo‘g‘rofiy obyektning nomi bo‘lsa-da yoki shu nomni o‘z tarkibiga olgan bo‘lsa-da, ammo O‘zbekiston Respublikasida muayyan turdagi tovarning u tayyorlangan joy bilan bog‘liq bo‘lmagan belgisi sifatida umumiy iste’molga kirib ketgan belgi tovar chiqarilgan joy nomi deb e’tirof etilmaydi va ushbu paragraf qoidalariga muvofiq huquqiy muhofaza maqsadlarida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi. Biroq bu hol bunday nomdan insofsizlik bilan foydalanish natijasida huquqi buzilgan shaxsni o‘z huquqlarini qonunda nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan muhofaza qilish imkoniyatidan mahrum etmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar chiqarilgan joy nomini vakolatli davlat organi ro‘yxatdan o‘tkazadi.
(1108-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi O‘RQ-640-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
Ro‘yxatga olish asosida tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risida guvohnoma beriladi.
Ro‘yxatga olish, guvohnoma berish, ro‘yxatga olishni haqiqiy emas deb topish hamda ro‘yxatga olish va guvohnomaning amal qilishini to‘xtatish tartibi va shartlari qonun bilan belgilab qo‘yiladi.
LexUZ sharhi
|
| |