• 1107-modda. Tovar belgisiga bo‘lgan huquqni buzganlik uchun javobgarlik
  • -modda. Tovar belgisiga bo‘lgan huquqni boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi shartnomaning shakli




    Download 85,94 Kb.
    bet30/40
    Sana19.02.2024
    Hajmi85,94 Kb.
    #158874
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   40
    Bog'liq
    IM huquqi

    1106-modda. Tovar belgisiga bo‘lgan huquqni boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi shartnomaning shakli
    Oldingi tahrirga qarang.
    Tovar belgisiga bo‘lgan huquqni boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi yoki litsenziya berish haqidagi shartnoma yozma shaklda tuzilishi va vakolatli davlat organida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
    (1106-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi O‘RQ-640-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
    Yozma shaklga va ro‘yxatdan o‘tkazish talabiga rioya etmaslik shartnomaning haqiqiy emas deb topilishiga sabab bo‘ladi.
    LexUZ sharhi
    Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2022-yil 31-martdagi 8-mhson buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug‘i, tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisiga bo‘lgan huquqni o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomani va ulardan foydalanish uchun litsenziya shartnomalarini, integral mikrosxemalar topologiyalariga bo‘lgan huquqni o‘tkazish, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturga yoki ma’lumotlar bazasiga bo‘lgan barcha mulkiy huquqlarni o‘tkazish va mulkiy huquqlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalari”.
    1107-modda. Tovar belgisiga bo‘lgan huquqni buzganlik uchun javobgarlik
    Tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanayotgan shaxs qoidabuzarlikni to‘xtatishi va tovar belgisining egasiga yetkazilgan zararni to‘lashi shart.
    Tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanayotgan shaxs tayyorlab qo‘yilgan tovar belgisi tasvirlarini yo‘q qilishi, qonunga xilof ravishda foydalanayotgan tovar belgisini yoki almashtirib yuborish darajasida unga o‘xshash bo‘lgan belgini tovardan yoki uning idishi va o‘rovidan yo‘qotishi shart.
    Ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilab qo‘yilgan talablarni bajarishning iloji bo‘lmagan taqdirda, tegishli tovar yo‘q qilib tashlanishi lozim.
    Oldingi tahrirga qarang.

    Download 85,94 Kb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   40




    Download 85,94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Tovar belgisiga bo‘lgan huquqni boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi shartnomaning shakli

    Download 85,94 Kb.