• MUALLIFLIK HUQUQI OB’EKTLARI VA ULARNING HIMOYA QILINISHI MUNDAREJA Kirish
  • II.BOB Mualliflik huquqining muhofaza belgilari………………………...….23
  • Umumiy xulosa
  • Kurs ishi mavzu: Mualliflik huquqi ob’ektlari va ularning himoya qilinishi Topshirdi: Abdug’opurova Kimyoxon Ilmiy rahbar: dots. Qandov Bahodir mualliflik huquqi ob’ektlari va ularning himoya qilinishi mundareja kirish




    Download 209,34 Kb.
    bet1/12
    Sana21.05.2024
    Hajmi209,34 Kb.
    #248044
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Abduģopurova Kimyoxon kurs ishi 0001


    OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVASIYALAR VAZIRLIGI
    CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
    Gumanitar fanlar fakulteti.
    2-kurs 22/3- guruh talabasi
    Abdug’opurova Kimyoxonning
    “Fuqarolik huquqi” fanidan
    KURS ISHI
    Mavzu: Mualliflik huquqi ob’ektlari va ularning himoya qilinishi

    Topshirdi: Abdug’opurova Kimyoxon
    Ilmiy rahbar: dots. Qandov Bahodir
    MUALLIFLIK HUQUQI OB’EKTLARI VA ULARNING HIMOYA QILINISHI
    MUNDAREJA

    Kirish…………………………………………………………………………….3
    I.BOB Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida……………….…..9
    1.1 Mualliflik huquqi va uning normativ belgilanishi zarurati…………………9
    1.2 Intellektual mulk huquqi va boshqa turdosh huquqlarning amaliy
    ahamiyati. ………………………………………………………………………. 14
    II.BOB Mualliflik huquqining muhofaza belgilari………………………...….23
    2.1 Mualliflik huquqi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning g‘oyaviy va huquqiy asoslari………………………………………………….….23
    2.2 Mualliflik huquqining buzilishi natijasida kelib chiqadigan yuridik
    oqibatlar. ………………………………………………………………………….33
    Umumiy xulosa …………………………………………………………………..36
    Foydalanilgan adabyotlar …………………………………………………….....38

    KIRISH


    Mavzuning dolzarbligi: Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi boʻlmish fan, adabiyot va sanʼat asarlariga nisbatan, ularning maqsadi va qadrqimmati, shuningdek, ifodalash usuli (qoʻlyozma, tasvir, audiovideo yozuv, xaykal va h. k.)dan qati nazar, tatbiq etiladi. Barcha turdagi kompyuterlar uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalari ham Mualliflik huquqi obyekti hisoblanadi. Muallif oʻz asariga nisbatan quyidagi shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlarga ega: muallif sifatida eʼtirof etilishi huquqi; asarni oʻz ismi, taxallusi yoki anonim tarzda eʼlon qilish huquqi; asar daxlsizligiga boʻlgan huquq; asardan har qanday shaklda va usulda foydalanish huquqi; asarni eʼlon qilish huquqi; asardan foydalanilganlik uchun haq olish huquqi; asarni tasarruf qilish huquqi.
    Asardan muallif yoki uning merosxoʻri bilan mualliflik shartnomasi tuzish orqaligina foydalanish mumkin. Chop etilgan begona asardan muallifning roziligisiz va mualliflik haqini toʻlamagan holda shaxsiy maqsadlarda foydalanishga, basharti bunda asardan normal foydalanishga ziyon yetmaydigan va muallifning qonuniy manfaatlariga putur yetmaydigan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi. Asardan muallifning ism-sharifini va olingan manbani koʻrsatgan holda hamda asardan normal foydalanishga zarar yetkazmaslik va muallifning qonuniy manfaatlarini kamsitmaslik sharti bilan ilmiy tadqiqotlarda, taʼlim va oʻquv nashrlarida, axborot maqsadlarida qisman yoki toʻliq takrorlashga ruxsat beriladi. Asarga boʻlgan Mualliflik huquqi u yaratilgan paytdan boshlab amal qiladi.
    Mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va vafotidan keyingi yilning 1 yanvardan boshlab 50 yil davomida amal qiladi. Muallif vafotidan keyingi Mualliflik huquqi uning merosxoʻrlariga tegishli boʻladi va meros boʻyicha bir shaxsdan 2-shaxsga oʻtadi. Mualliflik huquqining amal qilish muddati tugaganidan keyin asar ijtimoiy boylikka aylanadi, yaʼni har qanday shaxs mualliflik haqini toʻlamagan holda erkin foydalanishga haqli. Mualliflik shaxsiy nomulkiy huquqlari muddatsiz amal qiladi. Mualliflik huquqi fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquqning tarkibiy qismi bo‘lib, tarixiyligi, harakat doirasining kengligi, ham milliy qonunchilik normalari, ham xalqaro normalaming bir xilda qo`llanishi bilan ajralib turadi. Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi hisoblangan - fan, adabiyot, san'at asarlarini yaratish, ulardan turli ko‘rinishda foydalanish, ayirboshlash natijasida kelib chiqadigan munosabatlami tartibga soladi.1 Bu munosabatlarda bir tomondan jismoniy shaxslar qatnashsa, ikkinchi tomondan yuridik shaxslar yoki xalqaro tashkilotlar yoxud davlatlar qatnashishi mumkin. Avstriyalik olim Valter Dillens Yevropada kitobning chop etilishi mualliflik huquqining paydo boiishiga olib keldi, deb ko‘rsatadi. Nemis mutaxassisi L.Gutenberg XV asrda harf bosishni ixtiro qilishi natijasida sanoat usulida birinchi marta ommaviy ravishda kitobning chiqarilishi mualliflik huquqining kelib chiqishi va kitobning bozorda tovar sifatida ayirboshlanishi aholining intellektual talabini qondirishga olib keldi.1 Dastlab asar yaratgan muallifning huquqi emas, balki kitob chiqarayotgan noshirning huquqi himoya qilinadi.
    Mualliflik huquqiga oid bo‘lgan dastlabki qonunlar 1709-yilda Angliyada, 1790-yilda AQSHda, 1791, 1793-yillarda Fransiyada, 1794, 1837-yillarda Prassiyada, 1762-yilda Ispaniyada, 1830-yilda Rossiyada qabul qilingan. Bu qonunlarga ko‘ra mualliflik huquqi nafaqat bir mamlakat hududida, balki butun dunyoda himoya qilinishi ham norma sifatida belgilangan. Mualliflik huquqi «inson huquqlari»ning ham ajralmas qismi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasida «har kim fikrlash, so‘z va e'tiqod erkinligi huquqiga ega» deyiladi. Inson huquqlari Umumjahon Dekloratsiyasining 18, 19 moddalari, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro hujjatning 18, 19-moddalarida bevosita mualliflik huquqining himoyasiga oid qoidalar mustahkamlangan.

    Download 209,34 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 209,34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kurs ishi mavzu: Mualliflik huquqi ob’ektlari va ularning himoya qilinishi Topshirdi: Abdug’opurova Kimyoxon Ilmiy rahbar: dots. Qandov Bahodir mualliflik huquqi ob’ektlari va ularning himoya qilinishi mundareja kirish

    Download 209,34 Kb.