|
Kutubxona fondini saqlashga qo’yiladigan talab va qoidalar
|
bet | 1/3 | Sana | 06.08.2024 | Hajmi | 0,94 Mb. | | #269162 |
Bog'liq Kutubxona fondini saqlashga quyiladigan talab va qoidalar Mohira Baxtiyorova Kutubxona fondini saqlashga qo’yiladigan talab va qoidalar
061-21-guruh talabasi Baxtiyorova Mohira
Kutubxona fondlari nodir ma’naviy-moddiy boylikka ega. Shuning uchun ham fondni saqlash kutubxonaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Ajdodlarimiz tomonidan asrlar davomida to‘plangan kitob kitob boyliklarini uzoq vaqt asl holida saqlab, avlodlarga yetkazish bizning burchimiz sanaladi.
Kitob boyligini saqlash jahonning barcha xalqlari uchun katta ijtimoiy-madaniy ahamiyatga ega. 1954-yilda YuNYeSKO tashabbusi bilan Gaaga shahrida chaqirilgan hukumatlararo konferensiyada madaniy boylikni asrash bo‘yicha konvensiya qabul qildi. Ana shu konvensiyaga muvofiq boshqa madaniy boyliklar qatori kutubxona fondlari ham ularni yo‘qotib yuborish yoki biron-bir shaklda qonunsiz o‘zlashtirish xavfi tug‘ilgan hollarda xalqaro himoyaga olinadi. Fondlarning to‘kisligiga ularni asrash, to‘gri saqlash hamda shikastlanish omillarini bartaraf qilish orqali erishiladi. Fondni asrash deganda, kutubxona fondlari profilaktikasi hamda uning to‘kisligini muhofazalashga oid tadbirlar majmui tushuniladi. To‘g‘ri saqlash – bu fondni qulay fizikaviy-ximiyaviy sharoitlar va biologik rejimda maxsus jihozlangan binoda asrash demakdir. 1962-yilda barcha kutubxonalar uchun majburiy bo‘lgan “Kitob fondlarining saqlanishi to‘g‘risida yo‘riqnoma” qabul qilindi.
Fondlarni saqlashga ta’sir qiladigan omillar. Kutubxonalar fondini uzoq vaqt asrash ayni paytda kitob va boshqa hujjatlar tayyorlanadigan materiallarning mexanik jihatidan mustahkam va biologik barqaror bo‘lishini hamda ularni o‘g‘irlanish va nobud bo‘lishdan saqlashni nazarda tutadi. Quyida kutubxonada fondlarini saqlashning bir qancha omillari mavjud : 1.Ijtimoiy omillar.
-Kutubxonachi va kitobxonlarda kutubxona fondining saqlanishi uchun javobgarlik hissini tarbiyalash;
-Asrashning to‘g‘ri, mikromuhit rejimini yaratish;
-Adabiyotlarni qabul qilish, ularni berish va nazorat qilish;
-Injenerlik-texnikaviy uskunalar (elektr qurilmalar, shamollatgich, suv, quvur, kanalizatsiya tizimlari va boshqalar) ning to‘g‘ri ishlatilishini hamda yong‘in xavfsizligi ustidan doimiy nazorat;
|
| |