-Fondni hasharotlar, kemiruvchilar va boshqa kitob zararkunandalaridan biologik himoya qilish. Hujjatlarni saqlash tartibi




Download 0,94 Mb.
bet2/3
Sana06.08.2024
Hajmi0,94 Mb.
#269162
1   2   3
Bog'liq
Kutubxona fondini saqlashga quyiladigan talab va qoidalar Mohira Baxtiyorova

-Fondni hasharotlar, kemiruvchilar va boshqa kitob zararkunandalaridan biologik himoya qilish.
Hujjatlarni saqlash tartibi
1. Hujjatlarni saqlash tartibi yorug’lik, harorat-namlik va sanitariya-gigiyena
tartiblarining normative parametrlarini saqlashni taminlaydi.
2. Yorug’likda saqlash tartibi
3. Hujjatlar qrong’ulikda yoki tarqoq yorug’lik bilan yoritilgan holda saqlanadi.
Hujjatlarni quyoshning tik nurlari bilan yoritilishuga yo’l qo’yilmaydi.
4. Saqlash chog’ida hujjatlar yuzasida yoritilganlik normasi 75 lk dan, ko’rgazmaga
qo’yilganda ko’rik paytida 150 lk dan ko’p bo’lmaydi.
5. Yorug’lik manbalari to’lqin uzunligi 400 hm dank nm bo’lmagan va 760 nm dan
ko’p bo’lmagan optic nurlanishni taminlashi kerak.
6. 2-5 bo’yicha normalarga rioya etish yopiq holda ishlangan yoritgichlardan
foydalanish va har xil turdagi yorug’likdan himoyalovchi qurilmalarni qo’llash
orqali taminlanadi
7. Yoritish uchun ultrabinafsha nurlanishdan himoyalovchi va issiqlik yutuvchi filtrli
lampalar yoki optik-tolali yoritish tizimlaridan foydalanish kerak.
8. Yoritgichlardan hujjat yuzasigacha bo’lgan masofa 0.5 m dank am bo’lmaydi.
9. Yoritkichlarning konstruksiyasi yong’in jihatidan xavfsiz bo’lishi va lampaning
tushib ketishi va mexanik shikastlanishdan saqlashi kerak.
10.Ko’rgazmaga qo’yilgan vaqtda yorug’lik asboblarini vitrina ichiga o’rnatishga yo’l qo’yilmaydi. Keluvchilar yo’qligida vitrinalari yorug’li o’tkazmaydigan pardalar bilan yopiladi.Ikkita yonma-yon standart kitob javonlarini yoritish uchun alohida uzgich o’rnatiladi.
11.Hujjatlar saqlanadigan xonaga kirishdan oldin barcha yoritish manbalari va elektr uskunalari o’chirilganligini ko’rsatuvchi indikatorli uzgich o’rnatiladi.
12.Harorat-namlik tarkibi Saqlanadigan joyda havo erkin aylanishi, havo oqimi to’xtab qoladigan zonalarning yuzaga kelishiga yo’l qo’ymaslik kerak.
13.Hujjatlar saqlanadigan xonalarda havo harorati 18°C,nisbiy namlik 55 foiz, pergament va teriga yozilgan hujjatlar uchun havoning nisbiy namligi 60 foiz.
8
14.Harorat-namlik tartibi havoni konditsiyalash tizimi yoki isitish-shamollatish vositalari yordamida tartibga solinadi. Bir soatda havoni almashtirish karraliligi: oqim-1,0, havoni tortib chiqarish-1,0.
15.Havoni konditsiyalash va kiruvchi chiquvchi shamollatish tizimlari bilan jihozlanmagan, omborxona uchun mo’ljallangan xonalarda havo harorati va namligi ratsional ravishda shamollatish, isitish va nazorat-o’lchov asboblarining ko’rsatkichlariga amal qilinib, texnik vositalarni qo’llagan holda normaga keltiriladi.
16.Havoning harorati va anmligi haftada ikki-uch martta kecha kunduzning bir vaqtida, tartib buzilgan hollarda –har kuni nazorat qilinadi va qayd etiladi.
17.O’lchov asboblari har bir xonaning asosiy yo’lagida joylashtiriladi.va har bir tarafida isitish va shamollatish tizimlaridan uzoqda, poldan (1,4±0,1) m masofada joylashtiriladi.
18.Hujjatlar saqlanadigan yopiq javonlar va seyflar haftada kamida bir martta shamollatiladi.
19.Bir xonadan harorat va namlik parametrlar bilan farqlanadigan boshqa xonaga joylashtiriladigan hujjatlar iqlimga moslashtiriladi
20.O’lchov asboblari ularda qo’yiladigan texnik talablarga muvofiq qiyoslanadi.
21.Sanitariya gigiyena tartibi..
22.Hujjatlar saqlanadigan xonadagi havoning sifati muntazam ravishda tekshiriladi. Hujjatlar saqlanadigan xonaning havosi tarkibida zararli aralashmalar miqdorini baholash metodlari ГОСТ 12.1.014ga muvofiq.
23.Hujjatlar saqlanadigan xonalarga hujjatlar bilan ishlashga taalluqli bo’lmagan predmetlarning bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi.
24.Yangi kelib tushgan hujjatlar tekshiriladi va zarur bo’lsa gigiyenik va (yoki) dezinfeksiya ishlovi beriladi.
25.Shikastlangan hujjatlar izolyatsiya qilingan xonada tekshiruvdan o’tkaziladi, tozalanadi va vaqtincha saqlanadi.
26.Bir-ikki yilda kamida bir martta gigiyenik ishlov beriladi.
27.Mikrologik va entomologik nazorat fondlarni bir yilda ikki martta, zarurat bo’lsa tez-tez tekshiruvdan o’tkazish orqali amalga oshiriladi.
28.Shikastlangan hujjatlar izolyatsiya qilinadi, maxsus xonada dezinfeksiya va (yoki) dezinfeksiyasi o’tkaziladi.
29.Fondning dezinfeksiyasi va (yoki) dezinfeksiyasi hujjatlarning ommaviy biologic zararlanganda va (yoki) interyer predmetlari va xonaning konstruksiya elementlari shikastlanganda o’tkaziladi.

Download 0,94 Mb.
1   2   3




Download 0,94 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Fondni hasharotlar, kemiruvchilar va boshqa kitob zararkunandalaridan biologik himoya qilish. Hujjatlarni saqlash tartibi

Download 0,94 Mb.