|
Kurs ishi mavzu: Mualliflik huquqi ob’ektlari va ularning himoya qilinishi Topshirdi: Abdug’opurova Kimyoxon Ilmiy rahbar: dots. Qandov Bahodir mualliflik huquqi ob’ektlari va ularning himoya qilinishi mundareja kirish
|
bet | 4/12 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 209,34 Kb. | | #248044 |
Bog'liq Abduģopurova Kimyoxon kurs ishi 0001Kurs ishining predmeti: Mualliflik huquqi ob'ektlari va ularni himoya qilish sub'ekti asl asar mualliflari va egalarining huquqlarini tartibga soluvchi huquqiy asos va tamoyillarni o'z ichiga oladi. U mualliflik huquqini himoya qilish uchun qaysi turdagi ijodiy asarlarni belgilash, ushbu himoyaning ko‘lami va muddatini belgilash, mualliflik huquqi egalariga berilgan huquqlarni belgilash va ushbu huquqlarni amalga oshirish mexanizmlarini belgilashni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, ushbu mavzu mualliflik huquqini himoya qilish uchun cheklovlar va istisnolar, mualliflik huquqi bilan bog'liq xalqaro shartnomalar va bitimlar hamda mualliflik huquqi qonuni va rivojlanayotgan texnologiyalar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni o'z ichiga oladi. Umuman olganda, u ijodkorlik va innovatsiyalarni rag'batlantirish o'rtasidagi murakkab muvozanatni ko'rib chiqadi, shu bilan birga madaniy va intellektual asarlardan adolatli foydalanish va ulardan foydalanish imkoniyatini ta'minlaydi.
Kurs ishining tuzilishi: Kirish 2 bob 4 paragraf xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat
I.BOB Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida
1.1 Mualliflik huquqi va uning normativ belgilanishi zarurati.
Mualliflik huquqining yuzaga kelishi. Mualliflik prezumpsiyasi
Fan, adabiyot va san’at asariga mualliflik huquqi uni yaratish fakti bo‘yicha yuzaga keladi. Mualliflik huquqining yuzaga kelishi va amalga oshirilishi uchun asarni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki biron-bir boshqa rasmiyatchilikka rioya etish talab qilinmaydi.
Asarning asl nusxasida yoki nusxasida muallif sifatida ko‘rsatilgan shaxs, agar boshqacha hol isbotlanmagan bo‘lsa, asar muallifi hisoblanadi.
Asar imzosiz yoki taxallus ostida chop etilgan taqdirda (muallifning taxallusi uning kim ekanligiga shubha qoldirmaydigan hollar bundan mustasno), asarni chop etgan, asarda ismi-sharifi yoki nomi ko‘rsatilgan noshir, agar boshqa dalillar bo‘lmasa, muallifning vakili hisoblanadi hamda muallifning huquqlarini himoya qilish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash huquqiga egadir. Bu qoida bunday asar muallifi o‘z shaxsini oshkor etguniga va o‘zining muallif ekanligini ma’lum qilguniga qadar amalda bo‘ladi.2
Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi bo‘lmish fan, adabiyot va san'at asarlariga nisbatan, ularning maqsadi va qadr-qimmati, shuningdek ifodalanish usulidan qat'i nazar, tatbiq etiladi. Mualliflik huquqi quyidagi biron-bir obyektiv shaklda bo‘lgan oshkor qilingan asarlarga ham, oshkor qilinmagan asarlarga ham tatbiq etiladi:
yozma (qo‘lyozma, mashinkalangan yozuv, notali yozuv va hokazo);
og'zaki (omma oldida so‘zlash, omma oldida ijro etish va hokazo);
ovozli yoki video yozuv (mexanik, magnitli, raqamli, optik va hokazo);
tasvir (rasm, eskiz, manzara, tarh, chizma, kino-, tele-, video- yoki fotokadr va hokazo);
hajmli-fazoviy (haykal, model, maket, inshoot va hokazo); boshqa shakllardagi.
Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi bo‘lmish fan, adabiyot va san'at asarlariga nisbatan tatbiq etilishini anglatadi. Biroq, Fuqarolik kodeksi va amaldagi boshqa qonun hujjatlarida«asar» tushunchasining legal ta'rifi mavjud emas.
Mualliflik huquqining obyekti to‘g'risida gap borar ekan, amaldagi qonun hujjatlarida u yoki bu asarni mualliflik huquqi obyekti deb e'tirof etishga ta'sir ko‘rsatmaydigan belgilar sanab o‘tilgan. Fuqarolik kodeksidada berilgan ta'rifga muvofiq, «mualliflik huquqi» asarlarga nisbatan, ularning:
maqsadi;
qadr-qiymati;
3) ifodalanish usulidan qat'i nazar, tatbiq etiladi.
Bulardan anglashiladiki, asar o‘quvchilarning keng doirasi o‘rtasida tarqatish yoki faqatgina tor doiradagi odamlar tanishishi uchun mo‘ljallanganligi ahamiyatga ega emas. Masalan, talabaning kurs ishi taniqli muallif tomonidan yozilib, katta qadr-qimmatga egaligidan yoki yozishni endigina boshlayotgan muallif tomonidan yozilganligidan qat'i nazar, har qanday holatda ham asar, ya'ni kurs ishi mualliflik huquqi obyekti sifatida e'tirof etiladi. Xuddi, shuningdek asar nashr etilganligi yoki bittagina qo‘lyozma nusxada ekanligi, radio orqali eshittirilganligi yoki sahnada o‘qilganligi ham ahamiyatga ega emas, ya'ni asarning ifodalanish usuli uni mualliflik huquqi obyekti sifatida e'tirof etilishiga ta'sir qilmaydi.
Mualliflik huquqi oshkor qilingan asarlarga ham, oshkor qilinmagan asarlarga ham tatbiq etiladi. Asarni oshkor qilish tushunchasi O‘zbekiston Respublikasining 2006 yil 20 iyulda qabul qilingan O‘RQ–42-sonli «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g'risida»gi Qonunida mavjud. Chunonchi, mazkur Qonun 3-moddasining to‘rtinchi xatboshisiga muvofiq, asarni oshkor qilish deyilganida: «muallifning roziligi bilan amalga oshirilgan, asarni chop etish, omma oldida namoyish etish, omma oldida ijro etish, efirga uzatish yoki boshqacha usulda yuborish yo‘li bilan ilk bor asardan barchaning voqif bo‘lishi uchun imkon beradigan harakat» tushuniladi.
Bu o‘rinda shuni ta'kidlash joizki, asarning u yoki bu usulda oshkor qilinganligi fakti ko‘pincha mualliflik huquqini muhofaza qilish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Masalan, asarga bo‘lgan mualliflik to‘g'risida nizo paydo bo‘lganida, agar muallifning asari nashr qilib bo‘lingan yoki o‘quvchilarning keng doirasiga ma'lum bo‘lsa va boshqa shu kabi hollarda muallif o‘z huquqlarini muhofaza qilishi oson bo‘ladi.
Biroq, roman u nashr etib bo‘linganidan keyingina mualliflik huquqi obyektiga aylanadi (ya'ni, huquqiy muhofazaga ega bo‘ladi) deb o‘ylash noto‘g'ri bo‘ladi.
3. Ayni bir vaqtda huquqiy muhofaza obyektiga aylanish uchun asar obyektiv ravishda mavjud bo‘lishi kerak. Ushbu qoida umuman huquq obyektlarining barchasiga ham teng ravishda taalluqlidir. Masalan, uy qurish g'oyasi emas, balki uyning o‘zi mulk huquqi obyekti bo‘lishi mumkin. Xuddi shuningdek, asarning o‘zi ham obyektiv ravishda mavjud bo‘lishi kerak, zero, kartina yaratish fikrining birgina o‘zi qonun bilan muhofaza qilinmaydi. Fuqarolik kodeksining 1041-moddasida belgilanganiga ko‘ra mualliflik huquqi «biron-bir obyektiv shaklda bo‘lgan» asarga nisbatan tatbiq etiladi. Mazkur modda ana shu shakllarning ro‘yxatini ham o‘z ichiga olgan. Biroq, bu ro‘yxat tugal emas, uni yana davom ettirish mumkin. Bunda yuqorida ta'kidlab o‘tilganidek, asar mavjud bo‘lishining (ifodalanishining) muayyan shakli uni mualliflik huquqi ob'ekti sifatida e'tirof etish uchun ahamiyatga ega emas.
Masalan, asar nomoddiy, his qilib bo‘lmaydigan, ma'naviy predmet sifatida namoyon bo‘ladi. Asarning u yoki bu obyektiv shaklda ifodalanishi, qoida tariqasida, uni u yoki bu moddiy predmet shaklida — kitob, kasseta, haykal va boshqa shu kabilarda aks ettiradi. Bundan faqatgina omma oldida so‘zlash, omma oldida ijro etish va boshqa shu kabi asarni og'zaki ifodalash shakli mustasno. Bu o‘rinda shuni nazarda tutish kerakki, intellektual ijodiy faoliyat natijasiga yoki individuallashtirish vositasiga bo‘lgan mutlaq huquq bunday natija yoki individuallashtirish vositasi aks ettirilgan moddiy ob'ektga bo‘lgan mulk huquqidan qat'i nazar mavjud bo‘ladi. Xuddi shunga o‘xshash qoida «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g'risida»gi Qonunda ham mavjud (38-modda, oltinchi qism): asarga bo‘lgan mualliflik huquqi asar aks ettirilgan moddiy obyektga bo‘lgan mulk huquqi bilan bog'liq emas. Qandaydir moddiy obyektga bo‘lgan mulk huquqini yoki egalik qilish huquqini boshqa shaxsga berish ushbu obyektda aks ettirilgan asarga bo‘lgan mualliflik huquqini boshqa shaxsga berishga sabab bo‘lmaydi, qonunda nazardatutilgan hollar bundan mustasno.
4. Mualliflik huquqi obyektlari bo‘lgan asarlarda asarning shaklini farqlash qabul qilingan. Bu o‘rinda shakl deyilganida asar tilining elementlari tushuniladi. Asarlarning tili ular ijodning qaysi turiga taalluqliligiga qarab farqlanadi. Masalan, musiqa asarlariga — tovushlar (notalar) tili, tasviriy san'at asarlariga — chiziqlar, ranglar tili xosdir.
Ana shuni hisobga olgan holda mualliflik huquqi faqatgina asarning shakl elementlarini yoki shakl va mazmun elementlarini birgalikda muhofaza qiladi. Mazmun elementlarining birgina o‘zi qonun bilan muhofaza qilinmaydi. Sharhlanayotgan moddaning uchinchi qismida belgilanganiga muvofiq, mualliflik huquqi g'oyalar, printsiplar, uslublar, jarayonlar, tizimlar, usullar yoki kontseptsiyalarga tatbiq etilmaydi.
Bu masalada amaliyotda uchrab turadigan rasmiy yondashuvga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Masalan, ko‘pgina ilmiy, shu jumladan ilmiy-publitsistik ishlar turli «kontseptsiyalar», «tizimlar» va boshqa shu kabilar nomi bilan yuritiladi. Biroq, bu hol ular mualliflik huquqi obyektlari hisoblanmaydi, degan ma'noni anglatmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga sharx 2-bo‘lim “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” 29 va 42-moddalarida belgilangan.
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va Fuqarolik kodeksiga sharx 3-bo’lim “Mualliflik huquqi” 60-bobdan 61-bobgacha Mualliflik to‘g’risdagi ummumiy qoidalar keltrib o’tilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi Toshkent davlat Yuridik Instituti tomonidan tayorlangan Xalqaro xususiy huquq darslik Toshkent-2008. X.Azizov, I Kan. VIII Bobida aks etgan
O‘zbekislon Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun Fuqarolik huquqi fanidan o‘quv qo‘llanma Toshkent-2011 R.D.Ruziyev. V.R.Topvoldiyev tomonidan o‘rganilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi Chirchiq davlat pedagogika instituti Gumantar fanlar fakulteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi R.Hojiyev Fuqarolik huquqidan 2020-yil o’quv uslubiy qo’llanmasida o’rganib chiqilgan.
Ushbu mustaqil ishining maqsadi va vazifasi fuqarolik huquqida mualliflik huquqi obyektlarini o‘ganish va tahlil qilish.
Mualliflik huquqi va uning normativ belgilanishi o’rganish,
Intellektual mulk huquqi va boshqa turdosh huquqlarning amaliy ahamiyatini tahlil qilish,
Mualliflik huquqi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar o‘rganish,
Mualliflik huquqining buzilishini taxlil qilish,
Mualliflik huquqining buzilishi natijasida kelib chiqadigan yuridik oqibatlarni o‘rganish.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Kurs ishi mavzu: Mualliflik huquqi ob’ektlari va ularning himoya qilinishi Topshirdi: Abdug’opurova Kimyoxon Ilmiy rahbar: dots. Qandov Bahodir mualliflik huquqi ob’ektlari va ularning himoya qilinishi mundareja kirish
|