Kurs ishi mavzu: Mualliflik huquqi ob’ektlari va ularning himoya qilinishi Topshirdi: Abdug’opurova Kimyoxon Ilmiy rahbar: dots. Qandov Bahodir mualliflik huquqi ob’ektlari va ularning himoya qilinishi mundareja kirish




Download 209,34 Kb.
bet6/12
Sana21.05.2024
Hajmi209,34 Kb.
#248044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Abduģopurova Kimyoxon kurs ishi 0001

Mualliflik huquqi obyektlari
Fuqarolik kodeksining 1042-moddasida mualliflik huquqi obyektlarining turlari ko`rsatib o`tilgan. Unga ko`ra,
Mualliflik huquqi obyektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
adabiy asarlar (adabiy-badiiy, ilmiy, o‘quv, publitsistik va boshqa asarlar);
dramatik va stsenariy asarlar;
matnli va matnsiz musiqa asarlari;
musiqali-dramatik asarlar;
xoreografiya asarlari va pantomimalar;
audiovizual asarlar ;
rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, dizayn asarlari va boshqa
tasviriy san'at asarlari;
manzarali-amaliy va sahna bezagi san'ati asarlari;
arxitektura, shaharsozlik va bog'-park barpo etish san'ati asarlari;
fotografiya asarlari va fotografiyaga o‘xshash usullarda yaratilgan asarlar;
jo‘g'rofiya, geologiya xaritalari va boshqa xaritalar, jo‘g'rofiya, topografiya va boshqa fanlarga taalluqli tarhlar, eskizlar va asarlar;
barcha turdagi elektron-hisoblash mashinalari (EHM) uchun dasturlar, shu jumladan amaliy dasturlar va operatsiya tizimlari;5
ushbu Kodeksning 1041-moddasida belgilab qo‘yilgan talablarga javob beruvchi boshqa asarlar.
Fuqarolik kodeksining 1044-moddasida esa mualliflik huquqi obyektlari hisoblanmaydigan materiallar ko`rsatib o`tilgan.
Quyidagilar mualliflik huquqi obyektlari hisoblanmaydi:
rasmiy hujjatlar (qonunlar, qarorlar va shu kabilar), shuningdek ularning rasmiy tarjimalari;
rasmiy ramzlar va belgilar (bayroqlar, gerblar, ordenlar, pul belgilari va shu kabilar);
xalq ijodiyoti asarlari;
oddiy matbuot axboroti tusidagi kundalik yangiliklarga doir yoki joriy voqealar haqidagi xabarlar;
insonning bevosita individual asar yaratishga qaratilgan ijodiy faoliyati amalga oshirilmasdan, muayyan turdagi ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan texnika vositalari yordamida olingan natijalar.
Fuqarolik kodeksining 1065-moddasiga muvofiq Mualliflik huquqining amal qilish muddati quyidagicha:
Mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va uning vafotidan keyin ellik yil davomida amal qiladi, ushbu moddada va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hammualliflikda yaratilgan asarga bo‘lgan mualliflik huquqi hammualliflarning butun hayoti davomida va hammualliflar orasida eng uzoq umr ko‘rgan oxirgi shaxs vafot etganidan keyin ellik yil davomida amal qiladi.
Taxallus ostida yoki imzosiz qonuniy oshkor qilingan asarga bo‘lgan mualliflik huquqi asar oshkor qilinganidan keyin ellik yil davomida amal qiladi. Agar ko‘rsatilgan muddat ichida taxallus ostidagi yoki imzosiz asar muallifi o‘z shaxsini ma'lum qilsa yoki bundan buyon uning shaxsi shubhaga o‘rin qoldirmasa, ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan muddatlar qo‘llaniladi.
Muallifning vafotidan keyin birinchi marta e'lon qilingan asarga bo‘lgan mualliflik huquqi asar e'lon qilinganidan keyin ellik yil davomida amal qiladi. Mualliflik huquqi, mualliflik ismiga bo‘lgan huquq va muallif obro‘sini himoya qilish huquqi muddatsiz muhofaza qilinadi.
Asarga O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq muhofaza berilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi hududida mualliflik huquqining amal qilish muddati ushbu moddaga binoan belgilanadi. Lekin bu muddat asar kelib chiqqan mamlakatda belgilangan mualliflik huquqining amal qilish muddatidan oshib ketmasligi kerak.
Ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlarni hisoblash muddatning o‘ta boshlashi uchun asos bo‘ladigan yuridik fakt yuz bergan yildan keyingi yilning birinchi yanvaridan e'tiboran boshlanadi.

Download 209,34 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 209,34 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kurs ishi mavzu: Mualliflik huquqi ob’ektlari va ularning himoya qilinishi Topshirdi: Abdug’opurova Kimyoxon Ilmiy rahbar: dots. Qandov Bahodir mualliflik huquqi ob’ektlari va ularning himoya qilinishi mundareja kirish

Download 209,34 Kb.