• Intellektual mulk huquqi).
  • “Yangi O‘zbekiston – xalqchil va insonparvar davlat”
  • Davlat xizmatlari agentligi
  • II.BOB Mualliflik huquqining muhofaza belgilari




    Download 209,34 Kb.
    bet8/12
    Sana21.05.2024
    Hajmi209,34 Kb.
    #248044
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    Abduģopurova Kimyoxon kurs ishi 0001

    II.BOB Mualliflik huquqining muhofaza belgilari
    2.1 Mualliflik huquqi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning g‘oyaviy va huquqiy asoslari.
    Mualliflik huquqi — keng ma`noda — fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratish, foydalanish va ququqiy himoya qilishda vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yigʻindisi; fuqarolik huquqining bir boʻlimi. Tor maʼnoda — asar muallifiga tegishli boʻlgan va qonunlarda mustahkamlanib qoʻyilgan shaxsiy va mulkiy huquqlar tizimini tashkil etadi. Mualliflik huquqi boʻyicha munosabatlar har bir davlatga xos qonunlar va xalqaro konvensiyalar bilan tartibga solinadi.7
    Mualliflik huquqi boʻyicha 1952-yilgi Jahon (Jeneva) konvensiyasi hamda adabiy va badiiy asarlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi Bern konvensiyasi (1886) mavjud. Bern konvensiyasi Mualliflik huquqini himoya qilishning qatʼiy tizimini oʻzida ifodalaydi. Oʻzbekistonda Mualliflik huquqining asosiy normalari OʻzR Fuqarolik kodeksi (1041—1073-moddalar) va „Mualliflik va turdosh huquqlar toʻgʻrisidagi“ Oʻzbekiston Respublikasi qonuni (1996-yil 30-avgust) da belgilangan.8
    Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi boʻlmish fan, adabiyot va sanʼat asarlariga nisbatan, ularning maqsadi va qadrqimmati, shuningdek, ifodalash usuli (qoʻlyozma, tasvir, audiovideo yozuv, xaykal va h.k.)dan qati nazar, tatbiq etiladi. Barcha turdagi kompyuterlar uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalari ham Mualliflik huquqi obyekti hisoblanadi. Muallif oʻz asariga nisbatan quyidagi shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlarga ega: muallif sifatida eʼtirof etilishi huquqi; asarni oʻz ismi, taxallusi yoki anonim tarzda eʼlon qilish huquqi; asar daxlsizligiga boʻlgan huquq; asardan har qanday shaklda va usulda foydalanish huquqi; asarni eʼlon qilish huquqi; asardan foydalanilganlik uchun haq olish huquqi; asarni tasarruf qilish huquqi. Asardan muallif yoki uning merosxoʻri bilan mualliflik shartnomasi tuzish orqaligina foydalanish mumkin. Chop etilgan begona asardan muallifning roziligisiz va mualliflik haqini toʻlamagan holda shaxsiy maqsadlarda foydalanishga, basharti bunda asardan normal foydalanishga ziyon yetmaydigan va muallifning qonuniy manfaatlariga putur yetmaydigan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi. Asardan muallifning ism-sharifini va olingan manbani koʻrsatgan holda hamda asardan normal foydalanishga zarar yetkazmaslik va muallifning qonuniy manfaatlarini kamsitmaslik sharti bilan ilmiy tadqiqotlarda, taʼlim va oʻquv nashrlarida, axborot maqsadlarida qisman yoki toʻliq takrorlashga ruxsat beriladi. Asarga boʻlgan Mualliflik huquqi u yaratilgan paytdan boshlab amal qiladi. Mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va vafotidan keyingi yilning 1 yanvardan boshlab 50 yil davomida amal qiladi. Muallif vafotidan keyingi Mualliflik huquqi uning merosxoʻrlariga tegishli boʻladi va meros boʻyicha bir shaxsdan 2-shaxsga oʻtadi. 9Mualliflik huquqining amal qilish muddati tugaganidan keyin asar ijtimoiy boylikka aylanadi, yaʼni har qanday shaxs mualliflik haqini toʻlamagan holda erkin foydalanishga haqli. Mualliflik shaxsiy nomulkiy huquqlari muddatsiz amal qiladi.
    Mualliflik huquqi buzilgan taqdirda u sud orqali himoya qilinadi. Mualliflik huquqi buzilishining keng tarqalgan turlariga plagiat (koʻchirmachilik, madaniy oʻgʻirlik), asardan muallif ruxsatisiz tijorat maqsadlarida foydalanish (madaniy qaroqchilik) kiradi. Bunday hollarda huquqbuzar muallif huquqlarini tiklashi, unga yetkazilgan zararlarni toʻlashi lozim. Mualliflik huquqini buzishga qaratilgan vositalar (asarning kontrafakt nusxalari) yoʻq qilib tashlanadi.
    Mualliflik huquqi egasi oʻziga tegishli xuquqlarni oʻz xohishiga koʻra shaxsan amalga oshirishga haqlidir. Huquq egasidan boshqa shaxslar Mualliflik huquqilarini faqat huquq egasining roziligi bilan va u bergan vakolatlar doirasida boshqarishlari mumkin (masalan, ishonchnoma orqali). Mualliflik huquqi egalari oʻz zimmasiga mualliflik huquqilarini boshqarish yuklatiladigan tashkilotlarni tuzishlari mumkin. Muallifning oʻz asariga nisbatan mutlaq huquqlari (mulkiy huquqlar) tijorat muomalasida harakatda boʻlishi, haq evaziga boshqa shaxslarga toʻliq yoki qisman oʻtkazilishi, hadya qilinishi mumkin. OʻzR Jinoyat kodeksida Mualliflik huquqini oʻzlashtirganlik, hammualliflikka majbur etganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan (yana q. Intellektual mulk huquqi). Mualliflik huquqini muhofaza etishni tashkiliy huquqiy taʼminlash, bu borada davlat siyosatini amalga oshirish uchun Oʻzbekistonda Mualliflik huquqini himoya qilish agentligi faoliyat koʻrsatadi.
    So‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlash, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan qonunchilik hujjatlarining mazmun va mohiyatini tushuntirish, joylarda aholini tashvishga soluvchi huquqiy muammolarni hal etish, davlat xizmatlarining sifatini oshirish, o‘z faoliyati yuzasidan jamoatchilikka tizimli ravishda ma’lumotlar taqdim etish masalalarida adliya organlari va muassasalarining roli va mas’uliyati sezilarli ravishda oshmoqda.
    Shu bilan birga, “Yangi O‘zbekiston – xalqchil va insonparvar davlat” g‘oyasini ro‘yobga chiqarish adliya organlari tizimida ma’muriy islohotlarni yanada chuqurlashtirishni taqozo qilmoqda.10
    Davlat xizmatlarini ko‘rsatish va intellektual mulkning huquqiy himoyasi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishda tizim imkoniyatlaridan oqilona foydalanish, ushbu sohalarda muvofiqlashgan faoliyatni ta’minlash hamda mavjud ma’muriy tuzilmalarning yaxlit vertikal boshqaruvini shakllantirish zarurati yuzaga kelmoqda.
    Mamlakatimizda adolat va huquq ustuvorligini mustahkamlash, aholiga professional xizmat qiladigan ixcham va samarali boshqaruvni yaratish, deklarativ xususiyatga ega vazifalarni bekor qilish, funksiyalarni amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini aniq belgilash va takrorlanishlarning oldini olish orqali byudjet mablag‘larini tejash va ulardan oqilona foydalanish, shu jumladan, aholining huquqiy muammolarini hal etishda adliya organlarining roli va mas’uliyatini yanada kuchaytirish maqsadida:
    1. 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari dasturini ishlab chiqishni muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasining Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy boshqarmalari hamda Intellektual mulk agentligi va uning hududiy markazlarini vazifa, funksiya va vakolatlarini Adliya vazirligiga (keyingi o‘rinlarda − Vazirlik) o‘tkazgan holda qo‘shib olish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
    2. Vazirlik zimmasiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatilsin:
    a) aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish yo‘nalishida:
    jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
    ortiqcha ma’muriy tartib-taomillarni bartaraf etish hisobiga tezkor, qulay va sifatli davlat xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash;
    davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida, shu jumladan, tegishli axborot tizimlari, resurslar va ma’lumotlar bazalarini joriy etish bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish va samaradorligini baholash;
    b) intellektual mulkni huquqiy muhofaza va himoya qilish yo‘nalishida:
    intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish hamda ixtirolar, tovar belgilari, mualliflik huquqi va boshqa intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish;
    ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish.
    3. Adliya vazirligi faoliyati samaradorligini yanada oshirish hamda raqamlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
    4. Belgilansinki:
    a) yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari hamda FHDYO organlari barcha huquq va vakolatlarini saqlagan holda tuman (shahar) adliya bo‘limlari tuzilmasiga va bo‘ysunuviga o‘tkaziladi;
    b) Vazirlik:
    Davlat xizmatlari agentligi hamda Intellektual mulk agentligining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
    jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish hamda intellektual mulk (intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni muhofaza va himoya qilish) sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi hamda Butunjahon intellektual mulk tashkiloti va intellektual mulk sohasidagi boshqa xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasini ifodalovchi vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;
    v) Davlat xizmatlari agentligi hamda Intellektual mulk agentligining byudjetdan tashqari jamg‘armalari ularni shakllantirish manbalari va foydalanish yo‘nalishlarini saqlagan holda barcha qoldiq mablag‘lari bilan birgalikda Vazirlik tasarrufiga o‘tkaziladi.
    Agentliklarning byudjetdan tashqari jamg‘armalari tegishli ravishda Vazirlikning Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Intellektual mulkni rivojlantirish jamg‘armasi etib qayta nomlansin.
    5. Vazirlik bir oy muddatda Davlat xizmatlari agentligi va Intellektual mulk agentligining bino-inshootlari, tovar-moddiy boyliklari, zarur axborot tizimlari va boshqa mol-mulklarini hamda tegishli hujjatlarini qabul qilib olishni ta’minlasin.
    6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 avgustdagi PF–5505-son Farmoni bilan tasdiqlangan Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasidagi vazifalarni amalga oshirish hamda qonunchilik hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish maqsadida 2022 yil 1 maydan boshlab quyidagi tartib o‘rnatilsin, unga muvofiq:11
    qonunchilikka muvofiq mahalliy ijro hokimiyati organlari qarorlarini qabul qilishda hududiy adliya organlari ijobiy xulosasi olinishi belgilangan hollarda, bunday xulosa olinmasdan tegishli qarorlarni qabul qilish (chiqarish)ga yo‘l qo‘yilmaydi;
    Vazirlik tomonidan vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyati monitoring qilinadi hamda uning natijasi bo‘yicha har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib boriladi.
    7. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra 2023 yil 1 apreldan boshlab:
    mualliflik huquqi obyektlarining elektron nazorat nusxalari majburiy tartibda mualliflik huquqi obyektlarining yagona bazasida (keyingi o‘rinlarda – Yagona baza) saqlanadi;
    “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi Yagona bazani yuritish, texnik ta’minlash hamda mualliflik huquqi obyektlarining elektron nazorat nusxalarini Yagona bazaga kiritish jarayonini muvofiqlashtirish bo‘yicha mas’ul – operator etib belgilanadi;
    obyektning elektron nazorat nusxalari Yagona bazaga mualliflik huquqi obyektlarini saqlash faoliyatini amalga oshiruvchilar (depozitariylar) tomonidan joylashtiriladi;
    mualliflik huquqi obyektlarini saqlash faoliyatini amalga oshiruvchilar (depozitariylar) tomonidan obyektning elektron nazorat nusxalari Yagona bazaga kiritilgandan so‘ng, uning saqlovga qabul qilinganligi to‘g‘risida hujjat taqdim qilinadi.
    8. Vazirlik:

    Download 209,34 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 209,34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    II.BOB Mualliflik huquqining muhofaza belgilari

    Download 209,34 Kb.