• 2022 yil 1 sentyabrga qadar
  • Kurs ishi mavzu: Mualliflik huquqi ob’ektlari va ularning himoya qilinishi Topshirdi: Abdug’opurova Kimyoxon Ilmiy rahbar: dots. Qandov Bahodir mualliflik huquqi ob’ektlari va ularning himoya qilinishi mundareja kirish




    Download 209,34 Kb.
    bet10/12
    Sana21.05.2024
    Hajmi209,34 Kb.
    #248044
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    Abduģopurova Kimyoxon kurs ishi 0001

    bir oy muddatda Moliya vazirligi bilan birgalikda mazkur Farmonga muvofiq Vazirlikning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvaliga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsin;

    uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
    19. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib adliya vaziri R.Q.Davletov belgilansin.
    Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi B.D. Islamov zimmasiga yuklansin.
    Amalga oshirilgan chora-tadbirlarning natijadorligi to‘g‘risida 2022 yil 1 sentyabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritilsin.

    2.2 Mualliflik huquqining buzilishi natijasida kelib chiqadigan yuridik oqibatlar. Yuridik javobgarlik
    Davlatimiz mustaqillikka erishgandan soʻng fan, san’at va adabiyot sohasini rivojlantirish boʻyicha qator islohotlar amalga oshirildi.
    Xususan, Oʻzbekiston 2005-yilda 1886-yil 9-sentabrda Shveysariyada qabul qilingan Ilm-fan, adabiyot va san’at asarlariga mualliflik huquqlarini himoya qilish boʻyicha Bern konvensiyasiga qoʻshildi. Shunga asosan 2006-yilda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro huquqiy me’yorlariga mos keladigan «Mualliflik huquqlari va turdosh huquqlar toʻgʻrisida»gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi.13
    Ushbu qonunning maqsadi:
    Ushbu Qonunning maqsadi fan, adabiyot va san’at asarlarini (mualliflik huquqi), ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlarning koʻrsatuvlari yoki eshittirishlarini (turdosh huquqlar) yaratish hamda ulardan foydalanish bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
    Hozirgi kunda mualliflik huquqlarining buzilishi mavzusi dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Birinchidan, bu yangi narsa yaratish uchun sarf-хarajat qilmasdan foyda yoki hatto qoʻshimcha foyda olishning oson yoʻlidir. Oʻzining moddiy manfaatlari haqidagina bosh qotirgan firibgarlar oʻz harakatlarining aхloq-odobga oid va qonuniy jihatlari haqida oʻylab ham oʻtirishmaydi. 
    Ikkinchidan, zamonaviy teхnologiyalar ma’lumotlarni koʻpaytirish va tarqatish jarayonini oʻta oson va arzon ishga aylantirib qoʻydi.
    Avvallari mualliflar va qonuniy ishlab chiqaruvchilar tabiiy himoyaga ega edilar. Bular: teхnikaning murakkabligi, jarayonning mashaqqatliligi hamda olingan nusхaning tannarхi ancha qimmatga tushishi kabilar edi.
    Hozirgi kunga kelib hammasi oʻzgardi. Nusхalar arzon, sotuvlar esa original narхida (hatto koʻproq!) boʻlishi mumkin– shundan qoʻshimcha foyda yuzaga keladi. Hozirgi global rivojlanish jarayonida axborot almashinuv sur’ati keskin oshib bormoqda. Ijtimoiy tarmoqlar, internet nashrlarida chop etilayotgan asarlar mualliflik huquqi buzilgan holda boshqa saytlarda chop etilmoqda. Shunday ekan, asar muallifining huquqlarini himoya qilish uchun qonunchiligimiz global rivojlanish jarayoni bilan tengma-teng yurishi kerak.14
    Asar muallifiga yetkazilgan zararning huquqiy tartib-taomillari qator qonunchiligimizda belgilab qoʻyilgan. Aytish joizki, Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 1771-moddasida «Mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish» uchun ma’muriy ta’sir chorasi belgilangan.
    Bizga ma’lumki, fuqaroviy huquqiy munosabatlarda zararning kelib chiqish tartib-qoidalari belgilab oʻtilgan boʻlib, bularga quyidagilar:
    • huquqi buzilgan shaxs buzilgan huquqini tiklash uchun qilgan yoki qilishi lozim boʻlgan xarajatlar;
    • uning mol-mulki yoʻqolishi yoki shikastlanishi (haqiqiy zarar);
    • bu shaxsning huquqlari buzilmaganida odatdagi fuqarolik muomalasi sharoitida daromad olishi mumkin boʻlgan daromadi (boy berilgan foyda) kiradi.
    Agar huquqni buzgan shaxs buning natijasida daromad olgan boʻlsa, huquqi buzilgan shaxs boshqa zarar bilan bir qatorda boy berilgan foyda ham hisoblanib oldingi daromaddan kam boʻlmagan miqdorda toʻlanishini talab qilishga haqli.
    Mualliflik huquqlari va turdosh huquqlar buzilishining koʻp tarqalgan turlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
    1. Nusxa olish (kitoblar, maqolalar, kartinalarni qayta koʻpaytirish).
    2. Asarni tarqatish (ijara, sotuv, dasturiy ta’minotni oʻrnatish va boshqalar).
    3. Asarlarni konsert zallari, teatr sahnasida omma uchun namoyish qilish.
    4. Radio, televideniye orqali efirga uzatish; asarni boshqa tillarga tarjima qilish; asarni qayta ishlash (plagiat).
    Bu roʻyxatni yana toʻldirish mumkin. Chunki huquqbuzarlar zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda asarlarni oʻzlashtirishning yangidan-yangi yoʻllarini topishmoqda. Huquqbuzarlikning yana shunday toifasi borki, ular har doim ham kontrafaksiya bilan bogʻliq boʻlmaydi. Masalan, bularga mualliflik gonorarini toʻlamaslik yoki toʻliq toʻlamaslik; muallifning ruxsatini olmasdan asar ni nashr etish; haqiqiy muallifning ismini koʻrsatmasdan nashr etish kabilar kiradi. Qonunning 62-moddasida huquqbuzarliklarning keng roʻyxati keltirilgan, ammo u toʻliq emas.
    Fuqarolik huquqlarini himoya qilishning Fuqarolik kodeksi 11-moddasida keltirilgan umumiy usullaridan tashqari qonunchilik mualliflik huquqlari va turdosh huquqlarni himoya qilishning maxsus imkoniyatlarini ham koʻzda tutadi.

    Download 209,34 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 209,34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kurs ishi mavzu: Mualliflik huquqi ob’ektlari va ularning himoya qilinishi Topshirdi: Abdug’opurova Kimyoxon Ilmiy rahbar: dots. Qandov Bahodir mualliflik huquqi ob’ektlari va ularning himoya qilinishi mundareja kirish

    Download 209,34 Kb.