|
Mualliflik huquqining buzilishi shou-biznesda ham tez-tez uchrab turadigan hodisalardan hisoblanadi. Bunga misol qilib shoir Yo`lchi Ro`ziyevning
|
bet | 11/12 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 209,34 Kb. | | #248044 |
Bog'liq Abduģopurova Kimyoxon kurs ishi 0001 Mualliflik huquqining buzilishi shou-biznesda ham tez-tez uchrab turadigan hodisalardan hisoblanadi. Bunga misol qilib shoir Yo`lchi Ro`ziyevning
Taniqli san‘atkor Yulduz Usmonova ustidan O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik sudiga Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to`g`risidagi qonunning buzilishi yuzasidan tushgan da`vo arizasi va ko`rilgan sud ishini keltirshimiz mumkin. Yulduz Usmonova sud qaroriga ko‘ra “Xasta bo‘lma” qo‘shig‘ining she’ri muallifiga 185 mln so‘m to‘laydigan bo‘ldi.15
Shoir Yo‘lchi Ro‘ziyev Yulduz Usmonovadan “Xasta bo‘lma” she’ri uchun 3 yildan buyon qalam haqini ololmayotgani haqida xabar berilgandi. Toshkent shahar sudlarining ma’lum qilishicha, 20-sentabr kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudiga “Xasta bo‘lma” qo‘shig‘ining she’r muallifidan mualliflik huquqlari buzilishiga chek qo‘yish, mualliflik huquqlari buzilgani uchun tovon puli va ma’naviy zarar undirish haqidagi da’vo arizasi kelib tushgan.
XULOSA
Muallif asarni oshkor qilish to‘g‘risida ilgari qabul qilgan qaroridan, asardan foydalanish huquqini olgan shaxslarga ular shunday qaror tufayli ko‘rgan zararlarning o‘rnini, shu jumladan boy berilgan foydani qoplash sharti bilan, voz kechish huquqiga (asarni chaqirib olish huquqiga) egadir. Agar asar oshkor qilingan bo‘lsa, muallif uni chaqirib olganligi to‘g‘risida ommaga ma’lum qilishi shart. Bunda u asarning avval tayyorlangan nusxalarini o‘z hisobidan muomaladan olib qo‘yishga haqlidir. Bu qoidalar, agar muallif bilan tuzilgan shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, xizmat asarlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Agar asar O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida birinchi marta chop etilgan sanadan so‘ng o‘ttiz kun ichida O‘zbekiston Respublikasi hududida chop etilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasida ham birinchi marta chop etilgan deb hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq asarga O‘zbekiston Respublikasi hududida muhofaza berilgan taqdirda, asar muallifi mualliflik huquqini olish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan yuridik fakt qaysi davlatning hududida sodir bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha davlatning qonuni bilan aniqlanadi.
Fuqarolik muomalasiga qonuniy tarzda kiritilgan asarlarning nusxalarini axborot-kutubxona muassasalari tomonidan vaqtinchalik foydalanishga muallifning yoki boshqa huquq egasining roziligisiz va haq to‘lamagan holda berishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda mualliflik huquqi obyektlari bo‘lgan, raqamli shaklda ifodalangan asarlarning nusxalari, shu jumladan axborot-kutubxona muassasalarining resurslaridan o‘zaro foydalanish tartibida beriladigan asarlarning nusxalari bu asarlarning raqamli shakldagi ko‘chirma nusxalarini yaratish imkoniyatini istisno etish sharti bilan faqat axborot-kutubxona muassasalarining binolarida vaqtinchalik foydalanishga berilishi mumkin.
Yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan ko‘rsatuv yoki eshittirishni efirga uzatish va kabel orqali yuborishni (retranslatsiya ham shunga kiradi) amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari, asardan, ijrodan, fonogrammadan yoxud efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning ko‘rsatuv yoki eshittirishidan faqat huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxs bilan tuzilgan shartnomaga binoan foydalanishlari mumkin. Retranslatsiya mualliflar, ijrochilar, fonogrammalarni tayyorlovchilar va boshqa huquq egalarining efirga uzatish, kabel orqali yuborish, barchaning e’tiboriga yetkazishga bo‘lgan huquqlariga rioya qilingan holda amalga oshirilishi kerak.
Tijorat maqsadlarida chop etilgan fonogramma yoki audiovizual asar nusxalarini prokatga berishda haqni yig‘ish va taqsimlash ijrochilarning mulkiy huquqlarini jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Haq miqdori bunday tashkilot bilan prokatga beruvchi tashkilot o‘rtasidagi kelishuvda belgilanadi.
Har qanday qurilmani yoki uning tarkibiy qismlarini tayyorlashga, tarqatishga, prokatga berishga, vaqtinchalik tekin foydalanish uchun berishga, import qilishga, reklama qilishga, ulardan tijorat maqsadida foydalanishga yoxud xizmatlar ko‘rsatishga, agar bunday harakatlar natijasida mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qiluvchi texnika vositalaridan foydalanish mumkin bo‘lmay qolsa yoki bunday texnika vositalari ko‘rsatilgan huquqlarning lozim darajada himoya qilinishini ta’minlamasa, yo‘l qo‘yilmaydi.
Muallif yoki boshqa huquq egasi mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotga shartnoma bo‘yicha o‘z mulkiy huquqlarini amalga oshirish uchun vakolatlar berishga haqlidir, tashkilot esa, agar bunday huquqlarni boshqarish shu tashkilotning ustavida ko‘rsatilgan faoliyatiga taalluqli bo‘lsa, bu huquqlarni jamoaviy asosda amalga oshirishni o‘z zimmasiga olishi shart. Muallif yoki boshqa huquq egasi o‘z mulkiy huquqlari yoki huquqini amalga oshirish vakolatlarini tegishli toifadagi huquq egalarining mulkiy huquqlarini jamoaviy asosda boshqaruvchi faqat bitta tashkilotga berishga haqlidir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mualliflik huquqining buzilishi shou-biznesda ham tez-tez uchrab turadigan hodisalardan hisoblanadi. Bunga misol qilib shoir Yo`lchi Ro`ziyevning
|