|
Intellektual mulk 1031-modda. Intellektual mulk obyektlari
|
bet | 8/40 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 85,94 Kb. | | #158874 |
Bog'liq IM huquqi1047-modda. Hammualliflik
Ikki yoki undan ortiq fuqaroning birgalikdagi ijodiy mehnati natijasida yaratilgan asarga bo‘lgan mualliflik huquqi, mazkur asar bo‘linmas bir butun yoki har biri ham mustaqil mazmunga ega qismlardan iborat ekanligidan qat’i nazar, hammualliflarga birgalikda tegishli bo‘ladi.
Basharti asarning muayyan qismidan uning boshqa qismlariga bog‘liq bo‘lmagan holda foydalanish mumkin bo‘lsa, bu mustaqil mazmunga ega bo‘lgan qism deb e’tirof etiladi.
Hammualliflarning har biri, basharti ularning o‘rtasidagi kelishuvda o‘zgacha hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, asarning o‘zi yaratgan, mustaqil mazmunga ega bo‘lgan qismidan o‘z xohishiga ko‘ra foydalanishga haqlidir.
Hammualliflar o‘rtasidagi munosabatlar, qoida tariqasida, kelishuv asosida belgilanadi. Bunday kelishuv bo‘lmagan taqdirda asarga bo‘lgan mualliflik huquqi barcha mualliflar tomonidan birgalikda amalga oshiriladi, mualliflik haqi esa ular o‘rtasida teng taqsimlanadi.
Basharti hammualliflarning asari bo‘linmas bir butunni tashkil etsa, asardan foydalanishni yetarli asoslar bo‘lmay turib taqiqlab qo‘yishga hammualliflardan hech biri haqli emas.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi O‘RQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
1048-modda. Hosila asarga bo‘lgan mualliflik huquqi
Hosila asar muallifiga fan, adabiyot va san’at asarining mazkur muallif tomonidan amalga oshirilgan qayta ishlanmasiga bo‘lgan mualliflik huquqi tegishlidir.
Hosila asar muallifi qayta ishlangan asar muallifi huquqlariga rioya etgan taqdirda, o‘zi yaratgan asarga mualliflik huquqidan foydalanadi.
Hosila asar muallifining mualliflik huquqi qayta ishlashga asos bo‘lgan asarni boshqa shaxslar ham o‘zlari qayta ishlashlariga to‘sqinlik qilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi O‘RQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasi.
(1048-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 16-yanvardagi O‘RQ-79-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 3-son, 21-modda)
|
| |