|
Intellektual mulk 1031-modda. Intellektual mulk obyektlari
|
bet | 5/40 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 85,94 Kb. | | #158874 |
Bog'liq IM huquqi60-bob. Mualliflik huquqi
Oldingi tahrirga qarang.
1041-modda. Mualliflik huquqi obyekti
Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi bo‘lmish fan, adabiyot va san’at asarlariga nisbatan, ularning maqsadi va qadr-qimmati, shuningdek ifodalanish usulidan qat’i nazar, tatbiq etiladi.
Mualliflik huquqi quyidagi biron-bir obyektiv shaklda bo‘lgan oshkor qilingan asarlarga ham, oshkor qilinmagan asarlarga ham tatbiq etiladi:
yozma (qo‘lyozma, mashinkalangan yozuv, notali yozuv va hokazo);
og‘zaki (omma oldida so‘zlash, omma oldida ijro etish va hokazo);
ovozli yoki video yozuv (mexanik, magnitli, raqamli, optik va hokazo);
tasvir (rasm, eskiz, manzara, tarh, chizma, kino-, tele-, video- yoki fotokadr va hokazo);
hajmli-fazoviy (haykal, model, maket, inshoot va hokazo);
boshqa shakllardagi.
Mualliflik huquqi g‘oyalar, prinsiplar, uslublar, jarayonlar, tizimlar, usullar yoki konsepsiyalarga emas, balki ifoda shakliga nisbatan tatbiq etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi O‘RQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasi.
(1041-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 16-yanvardagi O‘RQ-79-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 3-son, 21-modda)
1042-modda. Mualliflik huquqi obyektlarining turlari
Mualliflik huquqi obyektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
adabiy asarlar (adabiy-badiiy, ilmiy, o‘quv, publitsistik va boshqa asarlar);
dramatik va ssenariy asarlar;
matnli va matnsiz musiqa asarlari;
musiqali-dramatik asarlar;
xoreografiya asarlari va pantomimalar;
Oldingi tahrirga qarang.
audiovizual asarlar;
(1042-moddaning yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 16-yanvardagi O‘RQ-79-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 3-son, 21-modda)
rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, dizayn asarlari va boshqa tasviriy san’at asarlari;
manzarali-amaliy va sahna bezagi san’ati asarlari;
arxitektura, shaharsozlik va bog‘-park barpo etish san’ati asarlari;
fotografiya asarlari va fotografiyaga o‘xshash usullarda yaratilgan asarlar;
jo‘g‘rofiya, geologiya xaritalari va boshqa xaritalar, jo‘g‘rofiya, topografiya va boshqa fanlarga taalluqli tarhlar, eskizlar va asarlar;
barcha turdagi elektron-hisoblash mashinalari (EHM) uchun dasturlar, shu jumladan amaliy dasturlar va operatsiya tizimlari;
ushbu Kodeksning 1041-moddasida belgilab qo‘yilgan talablarga javob beruvchi boshqa asarlar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi O‘RQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
|
| |