1. Soliqlarning funksiyalari, vazifalari va tamoyillari Soliqlarning turlari va tasnifi




Download 31,14 Kb.
Sana25.05.2024
Hajmi31,14 Kb.
#253203
Bog'liq
mustaqil ish


REJA:
1. Soliqlarning funksiyalari, vazifalari va tamoyillari
2. Soliqlarning turlari va tasnifi
3. O’zbekistonda soliq tizimini rivojlanish istiqbollari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.Soliqlarning funksiyalari, vazifalari va tamoyillari


Soliq, davlat yoki mahalliy boshqaruv faoliyatini taʼminlash uchun davlat organlari tomonidan tashkilot va jismoniy shaxslardan yigʻib olinadigan toʻlovga aytiladi. Davlat byudjeti daromadlar qismining asosiy manbai soliqlar hisoblanadi. Shuningdek, soliq iqtisodiy turkum sifatida, sof daromadning bir qismini budjetga jalb qilish shakli boʻlib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi.
Tarixi
Soliqning kelib chiqishi davlatning paydo boʻlishi bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, juda qadimiy tarixga ega. Tarixiy manbalarda bundan 3760-yil muqaddam Bobil davlatida Hammurapi qonunlari bilan soliqning joriy etilgani toʻgʻrisida maʼlumotlar uchraydi. Hozirgi davrda ham davlat bajaradigan vazifalarni mablagʻ bilan taʼminlash muammosi soliqning obyektiv zarurligini keltirib chiqaradi.
Undirish usuliga koʻra, toʻgʻri va egri Soliqga boʻlinadi. Toʻgʻri Soliq molmulk va daromadga bevosita joriy qilinadi va soliq toʻlovchi tomonidan oraliq vositachilarsiz toʻlanadi. Keng tarqalgan turlari: qoʻshilgan qiymat soligʻi, daromad soligʻi, meros hamda hadya soligʻi, tovar aylanmasi soligʻi, savdo soligʻi, eksportimport soligʻi va boshqa Egri soliq (aksizlar) tovar (xizmat)lar narxlariga yoki tariflarga kiritish moʻljallangan va keyinchalik tovarlar isteʼmolchilariga yuklanadigan Soliq Davlat tuzumi xususiyatlariga koʻra, Soliq tizimi umumdavlat (markaziy) va mahalliy (maʼmuriy-hududiy birliklar) Soliq va yigʻimlardan tashkil topadi.
Oʻzbekiston Respublikasida Soliq tizimining huquqiy asoslari, uni toʻlovchilarning huquqlari hamda majburiyatlari, soliq ishlarini yuritish tartiboti 1997-yil 24 aprelda qabul qilingan va 1998-yil 1 yanvardan amalga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasida joriy etilgan umumdavlat Soliqi: yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) soligi; jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligi; qoʻshilgan qiymat soligʻi; aksiz soligʻi; yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq; ekologiya soligʻi; suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq. Umumdavlat Soligʻi har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar boʻyicha tegishli byudjetlar oʻrtasida taqsimlanadi. Mahalliy Soliq va yigʻiml a r — molmulk soliq; yer soligʻi; reklama soligʻi, avtotransport vositalarini sotganlik uchun soliq, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligi, savdosotiq huquqi uchun yigʻim; obodonchilik ishlari uchun yigʻim va boshqa Mahalliy soliq va yigʻimlar mahalliy byudjetga oʻtkaziladi.
Davlat tomonidan undirilgan Soliq byudjet vositasida qayta taqsimlanib, soliq toʻlovchilarga sogʻliqni saqlash, maorif, ilm-fanni rivojlantirish, mudofaa, xuquqni muhofaza qilish kabi ijtimoiy zarur davlat xizmatlari orkli bilvosita yoʻllar bilan qaytadi.
Oʻzbekistonda soliq nazariyasi va amaliyotiga oid materiallar, shu sohaga doir boshqa masalalar „Soliq toʻlovchining jurnali“da (1995-yildan oʻzbek va rus tillarida chiqadi) yoritiladi.
Soliq yordamida milliy daromadning tegishli qismi taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi. Davlat tomonidan olinadigan soliqlar hamda ularning tashkil qilinish shakl va usullari birgalikda soliq tizimini tashkil qiladi. Milliy iqtisodiyotda soliqlar quyidagi uchta muhim vazifani bajaradi:
davlat xarajatlarini moliyalashtirish (fiskal vazifasi);
ijtimoiy tanglikni yumshatish (ijtimoiy vazifasi);
iqtisodiyotni tartibga solish (tartibga solish vazifasi).
Davlat sarflari soliq tushumlari hisobiga amalga oshsada, davlat sarflari miqyosining oʻsishi oʻz navbatida soliqlarning oʻsishini taqozo qiladi va uning darajasini belgilab beradi. Hozirgi davrda umumiy tendensiya boʻlgan davlat sarflarining va shunga mos ravishda soliq hajmining oʻsib borishini quyidagi omillar taqozo qiladi.
Aholi sonining oʻsishi.
Ijtimoiy soha xizmatlari sifatiga talabning ortishi va urbanizatsiya.
Atrof-muhitning ifloslanishi.
Daromadlar tengsizligini qisqartirish dasturlarini amalga oshirish.
Milliy mudofaa, davlat xavfsizligini taʼminlash xarajatlari hajmining oʻsishi.
Korxonalar faoliyatini soliq yordamida tartibga solish quyidagi umumiy tamoyillari asosida amalga oshiriladi:
barcha daromadlardan, ularning manbalariga bogʻliq boʻlmagan holda soliq undirishning majburiyligi;
soliq undirishda barcha uchun yagona umumdavlat siyosati;
samarali ishlovchi korxonalarda hamda xoʻjalik yuritishning ilgʻor shakllari uchun soliq meʼyorlarining ragʻbatlantiruvchi rolini taʼminlash;
soliq toʻlovi boʻyicha barcha subʼektlar majburiyati ustidan moliyaviy nazorat.
Soliq stavkasini belgilash bir qator tamoyillarga asoslanadi.
Naflilik tamoyili — turli shaxslardan, ularning soliqlar hisobiga moliyalashtiriladigan dasturlardan foydalanishi darajasiga qarab turlicha soliq undirilishi kerakligini bildiradi.
Toʻlovga layoqatlilik tamoyili — soliq miqdori soliq toʻlovchining boyligi va daromadlari darajasiga mos kelishi zarur. Boshqacha aytganda, soliq solish daromadlarning adolatli taqsimlanishini taqozo qilishi zarur.
Adolatlilik tamoyili — daromadlari va hukumat dasturlaridan foydalanish darajasi boʻyicha teng boʻlgan kishilar teng miqdorda soliq toʻlashi zarur.
Soliq boʻyicha imtiyozlar qonunchilik bitimlarida belgilangan tartib va sharoitlar asosida oʻrnatiladi. Amaliyotda soliq imtiyozlarining quyidagi turlari keng tarqalgan:
— obʼektlarning soliq olinmaydigan eng kam darajasini belgilash;
— soliq toʻlashdan alohida shaxs yoki maʼlum guruhlarni (masalan, urush fahriylarini) ozod qilish;
— soliq darajasi stavkasini pasaytirish;
— soliq olinadigan summadan chegirish;
— soliqli kredit (soliq olishni kechiktirish yoki soliq summasini maʼlum miqdorga kamaytirish)
Soliqlarning asosiy funktsiyasi - fiskal funktsiya hisoblanib (lotincha fiscus so’zidan olingan bo’lib, xazina degan ma’noni anglatadi), bu funktsiyaning mohiyati shundan iboratki, soliqlar yordamida davlatning moliya resurslari hosil qilinadi hamda davlat faoliyat ko’rsatishi uchun moddiy sharoit yaratiladi. Soliqlar orqali korxonalar va fuqarolar daromadining bir bo’lagini davlat apparatini, mamlakat mudofaasini, noishlab chiqarish sohasining umuman o’z daromadlari manbaiga ega bo’lmagan qismini (ko’pgina madaniyat muassasalari, jumladan, kutubxonalar, arxivlar va boshqalar) yoki lozim darajada rivojlanishini ta’minlash uchun o’zining mablag’i etishmaydigan tarmoqlarni (fundamental opgan, teatrlar, muzeylar, ko’plab o’quv yurtlari va hokazo) saqlab turish maqsadida undirib olish yo’li bilan davlat byudjetining daromad qismini shakllantirish soliqlar fiskal funktsiyasining eng muhim elementi hisoblanadi.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan fiskal funktsiyaning ahamiyati oshib boradi. Ishlab chiqarish ijtimoiy tusdaligining chuqurlashishi fan-texnika taraqqiyotining rivojlanish munosabati bilan asosan soliqlar hisobiga shakllantiriladigan moliyaviy resurslar oqimini ko’paytirishning real zarurati yuzaga keladi. Davlat iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlarga ko’proq e’tibor bergan sari ko’p moliyaviy resurslarni sarflamoqda, lekin soliq tizimi o’zining fiskal funktsiyasi vazifalarini bajarishi jarayonida ishlab chiqarish o’sishiga, jamg’arish jarayoniga halal bermasligi, ijtimoiy adolatni buzmasligi hamda xalq xo’jaligining umumiy tuzilmasida buzilishlar va chetga chiqishlar sodir bo’lishiga yo’l qo’ymasligi, bozor jarayoniga putur etkazmasligi kerak.
Soliqlarning ushbu funktsiyasi orqali hosil bo’ladigan pul resurslari davlat fondi (davlat byudjeti) orqali qayta taksimlanadi, ular ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga, ustuvor tarmoqlarni investitsiyalashga yo’naltiriladi.
Jahon amaliyotida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan shaxslar uchun soliq imtiyozlari va yuqori daromad oluvchi shaxslar uchun progressiv stavkalar belgilash ham qo’llanadi, ya’ni aholining kam daromad oladigan qismini ijtimoiy himoya qilish maqsadida daromadlarni bir qismi qayta taqsimlanadi. Bunday yondashuvlar soliqqa tortiladigan daromad aniqlanayotganida soliqqa tortilmaydigan minimum miqdoridagi daromad qo’shilmaydi, ayni paytda ortiqcha daromadlar soliqqa yuqori progressiv stavkalar bo’yicha tortiladi.
Soliqlarning ko’pchiligi ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni yuzaga kelgan vaziyatni hisobga olgan holda joylarda korxonalar faoliyatining iqtisodiy shart-sharoitlarini o’zgartirishga majbur etib, moliyaviy resurslarni makrodarajada qayta taqsimlashga olib keladi.
2. Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi sharoitida soliqlarning ikkinchi muhim funktsiyasi ularning iqtisodiyotdagi tartibga soluvchilik roli hisoblanadi, ya’ni davlat soliqlar orqali tovarlar, xizmatlarni ishlab chiqarish va sotishning iqtisodiy shart-sharoitini tartibga soladi va bu bilan xalq xo’jaligi tarmoqlarining iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun muayin «soliq muhiti»ni yaratadi. Ushbu funktsiya orqali soliq tizimiga ta’sir ko’rsatadi, ya’ni muayyan tarmoqda ishlab chiqarish sur’atlarini rag’batlantiradi yoki jilovlab turadi, sarmoyaning bir tarmoqdan soliq muhiti eng ma’qul bo’lgan boshqa tarmoqqa qo’yilishini kuchaytiradi yoki pasaytiradi, shuningdek aholining to’lovga qobil talabini kengaytiradi yoki kamaytiradi.
Soliqlarning tartibga soluvchi sifatidagi funktsiyasining ahamiyati bozor sharoitida o’sib boradi, bu davrda tadbirkorlarni ma’muriy qaram qilish usullari yo’q bo’lib ketadi yoki juda oz holda qoladi, korxonalar faoliyatini farmoyishlar, ko’rsatmalar va buyruqlar yordamida idora qilish huquqiga ega bo’lgan «yuqori tashkilot» tushunchasining o’zi asta-sekin yo’qola boradi. Biroq iqtisodiy faollikni izga solib turish, uning rivojlanishini jamiyat uchun maqbul bo’lgan yo’nalishda rag’batlantirish zarurati saqlanib qoladi.
3. Rag’batlantirish funktsiyasi soliq tizimining eng muhim funktsiyalaridan biri bo’lib, ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xom ashyo resurslari, shuningdek moliyaviy va mehnat resurslari, jamg’arilgan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi, ya’ni soliq yukini kamaytirish orqali ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moliyaviy ahvolni mustahkamlashga va investitsiya faoliyatini jonlantirishga rag’batlantiradi. Soliqlarning rag’batlantirish funktsiyasi orqali davlat xalq xo’jaligi taraqqiyotini rag’batlantiradi, bu bilan fiskal funktsiyani bajarish uchun bazani kengaytiradi, ishlab chiqarishni soliqlarning rag’batlantirish funktsiyasi orqali rag’batlantirib, davlat oqilona soliq siyosatini olib borish bilan soliq yukini kuchaytirmasdan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning erkin faoliyat ko’rsatishi ta’minlanadi.
4. Soliqlarning nazorat funktsiyasi soliq to’lovchi tomonidan taqdim etilgan, soliqqa tortish ob’ekti, soliqqa tortiladigan baza, imtiyozlar singari va hokazo tegishli soliq ko’rsatkichlarining hisob-kitoblarini tekshirishdek ancha murakkab jarayondan iborat. Soliq hisobi soliq idoralariga belgilangan soliq hisobi shakllari orqali soliq to’lovchilar o’zlarining soliq majburiyatlarini qanday bajarayotganliklarini yanada samarali nazorat qilish imkonini beradi.
5. Soliqlarni hisoblash jarayonini axborot bilan ta’minlash funktsiyasi ham muhim ahamiyat kasb etib, bu funktsiya orqali xarajatlar hajmi va konkret soliqlar davlatning qanday ijtimoiy-iqtisodiy funktsiyalarini bajarishga sarflanganligi to’g’risida axborot berib turilishi juda zarurdir. Shunday qilinsa, soliqlarning byudjetga tushishi to’liq, o’z vaqtida va oson kechadi.
Bizni soliq funktsiyalarini qisqacha ko’rib chiqishimiz soliqlar moliya resurslarini tiklash, xo’jalik faoliyatini tartibga solish va daromadlarni ijtimoiy jihatdan ahamiyatli maqsadlar uchun qayta taqsimlash bo’yicha muhim vazifalarni bajaradi deb xulosa chiqarishimiz uchun imkon beradi.
Soliqlarning iqtisodiyotdagi yuqorida ta’kidlangan muhim o’rnini belgilovchi bir qancha funktsiyalari mavjud. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining hozirgi rivojlanish bosqichida soliqlarning o’rnini belgilovchi quyidagi asosiy omillarni ko’rsatib o’tish mumkin.
1. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida aholini ijtimoiy himoya qilishning zarurligi.
Bizga ma’lumki, respublikamizda iqtisodiyotni isloh qilish va davlat qurilishini amalga oshirish Respublika prezidenti I A. Karimov tomonidan ilgari surilgan besh asosiy tamoyiliga asoslanadi. Bu qoidalardan biri kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishdir. Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida aholi, ayniqsa uning kam ta’minlangan qatlamlari etarli darajada ijtimoiy himoyalangan bo’lishi kerak.
2. Agrar sektordagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish zarurligi omili. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida eng asosiy tarmoq agrar sektor hisoblanadi. Masalan, ikkinchi jahon urushidan keyin tiklanayotgan Yaponiya iqtisodiyoti uchun mashinasozlik etakchi tarmoq sifatida rivojlantirilgan edi. Bu tarmoq Yaponiya iqtisodiyotini rivojlantirishga ulkan hissa qo’shdi. Bu eng avvalo, uning mamlakatga chet el valyuta tushumlarini olib kelishda namoyon bo’ldi. O’zbekistan Respublikasida qishloq xo’jaligi ana shunday asosiy tarmoq vazifasini o’tamoqda.
Yuqoridagilardan ko’rinadiki, qishloq xo’jaligida soliq, kredit vositalari yordamida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir.

2. Soliqlarning turlari va tasnifi


O’zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliqlar belgilanadi:
1) qo’shilgan qiymat solig’i;
2) aksiz solig’i;
3) foyda solig’i;
4) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;
5) yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
5-1) foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig’i;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk solig’i;
8) yer solig’i;
9) ijtimoiy soliq.
O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi va (yoki) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi subyektlar Qo'shilgan qiymat solig'i to'lovchisi hisoblanadi. Stavkasi abar qonun hujjatlarida boshqacha meyorlar ko'zda tutilmagan bo'lsa 15 foiz etib belgilangan. soliq davri bir oy.
O'zbekiston Respublikasi hududida aksiz solig'i solinadigan tovarlarni ishlab ihiqaruvchi, tabiiy gaz benzin dizel yoqilg'ilarini sotuvchi va boshqa yuridik shaxslar Aksiz solig'i to'lovchilai hisoblanadi. Soliq davri bir oy.
3.O’zbekistonda soliq tizimini rivojlanish istiqbollari
Barcha mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlanishida soliqlar byudjet
daromadlarining asosiy manbai hisoblanadi. Soliqlar davlat tomonidan belgilangan
majburiy to’lovlar bo’lib, yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladi. Davlat
umummilliy dasturlarini amalga oshirish davrida jamg’armalar tashkil etilishi
mumkin bo’lib, ularga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda majburiy
to’lovlar belgilanadi. Hozirgi davrda respublikamizda quyidagi soliqlar–foyda
solig’i, daromad solig’i, qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i, yer qa’ridan
foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to’lovlar, suv resurslaridan
foydalanganlik uchun soliq, mol-mulk solig’i, yer solig’i, obodonlashtirish va
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i, transport vositalariga benzin, dizel
yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqlar amal qilmoqda. Soliqlardan
tashqari majburiy to’lovlar – ijtimoiy jamg’armalarga majburiy to’lovlar (yagona
ijtimoiy to’lov, Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari va majburiy ajratmalar),
Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy to’lovlar (majburiy ajratmalar va
yig’imlar), davlat boji, bojxona to’lovlari, ayrim turdagi tovarlar bilan chakana
savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’imlar ham
amal qiladi.
Jamiyat rivojlana boshlagan sari soliq tizimi ham rivojlanib,
takomillashtirilib boriladi.
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida O’zbekistonning soliq siyosatining
muhim strategik yo’nalishlari sifatida soliq yukini kamaytirish, soliqqa tortish
tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish soliq ma’muriyatchiligini
takomillashtirish va tegishli rag’batlantiruvchi choralarni kengaytirish kabi muhim
masalalar belgilab olingan bo’lib, bular iqtisodiyotni tezkor rivojlantirish hamda
mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilashning muhim shartlari
sifatida belgilab olindi.
41
Oxirgi uch yil davomida Respublikamiz moliya-soliq tizimini isloh qilish
borasida o’ndan ortiq O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va
farmoyishlari qabul qilindi.
Oxirgi bir yarim yil davomida O’zbekiston Respublikasining soliq siyosatini
takomillashtirish konsepsiyasini hayotga joriy etib borish natijasida bir qator
soliqlar va yig’imlar unifikatsiya qilindi, birgina 2019 yilda tushumdan olinadigan
majburiy ajratmalarni to’liq bekor qilish natijasida korxonalarda qo’shimcha 5,2
trillion so’m ularning o’zlarida qolishi, jismoniy shaxslar uchun daromad
solig’ining eng yuqori stavkasi 22 foizdan 12 foizgacha, yagona ijtimoiy to’lovi 25
foizdan 15 foizgacha tushirilishi, fuqarolarning 8 foizlik sug’urta badali bekor
qilinishi natijasida aholi daromadlari 6,5 foizga oshishi, yuridik shaxslar mol-mulk
solig’i 5 foizdan 2 foizgacha, foyda solig’i 14 dan 12 foizgacha, kichik biznes
sub’ektlari yagona solig’i 5 foizdan 4 foizgacha kamaytirilishi natijasida
tadbirkorlar ixtiyorida 2 trillion so’m qo’shimcha mablag’ qolishi, 2019 yil 1
oktyabrdan boshlab qo’shilgan qiymat solig’ining 20 foizdan 15 foizga tushirilishi
hisobiga esa tadbirkorli sub’ektlari ixtiyorida 10 trln so’mdan ko’proq mablag’
qolishi kutilmoqda.
Agar oxirgi ikki yilda moliya tizimida amalga oshirilgan islohotlarga e’tibor
qaratadigan bo’lsak, davlat byudjetiga tushadigan mablag’larning bir qismini
mahalliy byudjetlar ixtiyorida qoldirish tartibi o’rnatilishi hisobiga 2018 yilning
o’zida mahalliy byudjetlar ixtiyorida 5,5 trillion so’m yoki 2017 yilga nisbatan 6
barobar ko’p mablag’ qoldi, 2019 yil yakunlari bo’yicha bu ko’rsatkich yanada
oshgan.
2019 yildan boshlab Davlat byudjetini ishlab chiqishda o’rta muddatli
byudjetni rejalashtirish mexanizmlarini joriy etilishi tadbirkorlar, fuqarolar va
byudjetga aloqador barcha tomonlarga o’z faoliyatini bir yilga emas, balki uch
yilga aniqroq rejalashtirish imkoni bermoqda. Fuqarolar uchun byudjetni
tayyorlash va e’lon qilish konsepsiyasining joriy etilishi byudjet, uni shakllantirish
va ijro etish to’g’risidagi ishonchli va to’liq axborotdan keng jamoatchilik
foydalana olishini ta’minlashga olib keldi, o’z navbatida byudjetni shakllantirishda
42
aholining takliflarini e’tiborga olishga imkoniyat yaratildi, moliya sohasida
boshqaruvning oshkoralik tamoyillarining roli kuchaytirildi.
Muhtaram Prezidentimiz 2019 yil uchun mo’ljallangan eng muhim ustuvor
vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi va boshqa shu kabi chiqishlarida
moliya-soliq tizimidagi muhim ustuvor vazifalar sifatida byudjet hisobidan
mablag’ ajratiladigan har qanday dastur yoki loyihaning sifat va miqdor
ko’rsatkichlaridan iborat, natijaga yo’naltirilgan indikatorlari bo’lishi, moliya
bozorlari, jumladan, fond bozorini rivojlantirish, yangi moliyaviy instrumentlarni
joriy etish va obligatsiyalar chiqarish orqali, bank xizmatlari ko’lamini yanada
kengaytirish, byudjet va iste’mol mahsulotlari narxining barqarorligini ta’minlash,
mamlakat taraqqiyotining tayanchi bo’lgan insofli, halol soliq to’lovchilarni
rag’batlantirish, yashirin faoliyat yuritadiganlarni esa jazolash ko’zda yangi
tahrirdagi Soliq kodeksini qabul qilish, soliq stavkalari pasaytirilishi yoki ayrim
soliqlar bekor qilinishi bilan byudjetga tushadigan mablag’larning kamayishini
samarali soliq ma’muriyatchiligi orqali bartaraf etish, soliq yukini kamaytirish
hisobiga barchaga bir xil adolatli soliq rejimini joriy etish, soliq imtiyozlarini
bosqichma-bosqich bekor qilish va shu kabi muhim vazifalarni belgilab bergan edi.
Soliqqa tortish tizimini tahlili shuni ko’rsatadiki, hozirgi davrda soliqlarni
rag’batlantiruvchi vazifasi moliya-budjet omillari to’g’ri ishlatgan holda korxona
va tashkilotlarni ishlab-chiqarishini ko’tarishiga, ularni kuchaytirishga erishish
maqsadida soliq solinadigan bazasini batafsil aniqlab, uning kengaytirish
imkoniyatlari bo’yicha muayyan tahlil qilib, soliq tizimini takomillashtirish
bo’yicha umumiy yondoshuvlarga aniq yo’lni topib olish lozim.
Soliqlar davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirishning
asosiy manbai hisoblanadi.
Ko’rinib turibdiki, O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar
kundan kunga chuqurlashib bormoqda. Bu xo’jalik yurituvchi subyektlar
faoliyatini erkinlantirishuvida namoyon bo’lmoqda. Davlat bilan xo’jalik
yurituvchi subyektlar, yani yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasidagi munosabat
endilikda faqat soliq orqali amalga oshiriladigan holatga aylanmoqda.
43
Bu esa ushbu jarayonni chuqur o’rganishni, tahlil qilishni taqozo etadi.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida muhim vazifalar sifatida
belgilangan islohotlarning huquqiy asoslarini takomillashtirish, qonun
ustuvorligini ta'minlash, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini, shu
jumladan, soliq sohasini ham isloh qilishga qaratilgandir.
Mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb
qilish uchun soliq yukini izchillik bilan kamaytirish va qulay shart-sharoitlarni
yaratishni ta'minlaydigan soliq tizimi shakllantirilgan.
Shu bilan birga, soliq ma'muriyatchiligi sohasida, shu jumladan soliqlar va
boshqa majburiy to’lovlarni yig’ish, soliq solinadigan bazani kengaytirish va soliq
to’lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirishda muayyan muammolarning
mavjudligi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi dasturlarini
moliyalashtirishning barqaror manbalarini ta'minlashga salbiy ta'sir ko’rsatmoqda.
Soliq tizimining hozirgi holati erkin bozor iqtisodiyoti talablariga to’liq
javob bermaydi. Shuning uchun soliq ma'muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, bu borada ilg’or xorijiy
tajribadan unumli foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayni vaqtda
tadbirkorlik sub'ektlariga nisbatan saqlanib qolayotgan yuqori darajadagi soliq
yuki, soliqlar turining ko’pligi, ularning ma'muriyatchilik jarayoni murakkabligi
iqtisodiyotimiz ravnaqiga to’sqinlik qilmoqda.
Amaldagi soliqqa tortish tizimi hali zamonaviy talablar darajasiga
ko’tarilmagan. Jumladan, soliq qonunchiligi barqaror emas, soliq va majburiy
to’lovlarni hisoblash murakkab. Natijada ishlab chiqarishni kengaytirish hamda
modernizatsiya qilish, tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun qulay shart-sharoitlar
yaratilmayapti.
Kichik va yirik biznes sub'ektlari o’rtasidagi soliq yukida sezilarli darajada
farq mavjud. Bu esa tadbirkorlik sub'ektlarining yiriklashuviga ta'sir qilmay
qolmayapti, albatta. Soliqning yuqoriligi hamda qo’shimcha qiymat solig’ini
undirish tizimi soliq to’lovchilarning aylanma mablag’lari tortilishiga, iste'mol
44
mahsulotlari narxlari qimmatlashishiga olib kelib, kichik va yirik biznes o’rtasidagi
kooperatsiyaning o’sishiga to’siq bo’layotir. Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish
tizimining mukammal emasligi esa mehnatga haq to’lash fondining pasayishiga,
pirovardida oylik ish haqini to’lash bo’yicha yuridik jihatdan to’liq bo’lmagan
soliq sxemasiga olib keladi. Samarasiz soliq ma'muriyatchiligi Davlat byudjeti
kirim darajasiga salbiy ta'sirini o’tkazmay qolmaydi va x.k.
Mamlakatimizda yango soliq konsepsiyasini ishlab chiqishdan asosiy
maqsad Respublika Prezidenti tomonidan tadbirkorlarni, keng aholi qatlamini
qo’llab- quvvatlashga qaratilgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish, ularga
soliq ma'muriyatchiligida imkoniyatlar yaratishdir. Bunda asosiy e'tibor ish
beruvchi tomonidan to’lanadigan turli soliq yukini yengillashtirishga qaratilgan.
Ulardan biri qo’shimcha qiymat solig’ini kamaytirish. Bugungi kunda deyarli
barcha mamlakatlarda qo’shimcha qiymat solig’i 20 foiz etib belgilangan. Soliq
konsepsiyasi loyihasida esa bu miqdor O’zbekistonda 12 foizga tushirilishi
belgilanmoqda. Asosiy maqsad tadbirkorlikni rivojlantirishga keng yo’l ochib
berishdir.
Mazkur konsepsiya, birinchi navbatda, tadbirkorlarni qo’llab- quvvatlashga
xizmat qiladi. Ya'ni u soha vakillariga qo’rqmasdan, soliqlarni to’lashdan
qochmasdan xodimlar sonini ochiq ko’rsatgan holda, faoliyat yuritish uchun
sharoit yaratishga qaratilgan. Masalan, qaysidir ish beruvchi shu kungacha
xodimiga 1 million so’m miqdorida maosh beradigan bo’lsa, barcha soliqni
qo’shib hisoblaganda, 55 foizgacha soliq to’lashiga to’g’ri kelardi. Tabiiyki, bu
tadbirkorga og’irlik qiladi. Shu sabab endilikda buni 25 foizgacha tushirish
mo’ljallanyapti.
Bugun O’zbekistonda 19 soliq turi mavjud. Endilikda soliqlar yukini
kamaytirish, ularni soddalashtirish rejalashtirilmoqda. Bu konsepsiya
tadbirkorlarga haqiqiy yordam bo’ldi. Avvalo, qo’shimcha qiymat solig’i stavkasi
pasaytirilishi va yuridik shaxslarning deyarli barchasi shu soliq to’loviga o’tishi
muhim ahamiyat kasb etadi.

Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, mamlakatimizda soliqlarning iqtisodiy mohiyati, ularning vazifalari, turlari, soliqlarni undirish mexanizmining bugungi kundagi holatini tahlil qilishga, shuningdek bugungi kunda soliqlardan foydalanishni samarali tashkil qilish masalalarini ochib berishga harakat qildik va quyidagi xulosalarni chiqardik:


Soliqlar, yig’imlar, bojlar va boshqa to’lovlar hisobiga davlat moliyaviy resurslari tashkil topadi. Davlat faoliyatining barcha yo’nalishlarini mablag’ bilan ta’minlashning asosiy manbalaridan biri va davlat ustuvorligini amalga oshirishning iqtisodiy vositasi soliqlardir. Soliq tizimini tartibga solish va mukammallashtirish samarali davlat iqtisodiy siyosatini olib borishga, xususan, moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam beradi.
Soliqlar moliyaviy resurslarni davlat ixtiyorida to’planib borishini ta’minlaydi, bu resurslardan iqtisodiy rivojlanishning umumdavlat, mintaqaviy vazifalarni hal qilish, ishning samaradorligi va sifatini rag’batlantirish, ijtimoiy adolat tamoyillaridan kelib daromadlarni tartibga solish uchun foydalaniladi.
Soliqlarning umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo’linishi hukumat idoralarining respublika hukumati va mahalliy hukumatlarga bo’linishi asosida kelib chiqadi.
Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy shaxslar o’rtasida vujudga keluvchi ob’ektiv majburiy to’lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy xarakterga ega bo’lib, milliy daromadning bir qismi bo’lgan pul mablag’larini davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar


1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: O’zbekiston, 2017 y.
2. O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. O’zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti. 04.02.2014. Toshkent.
3. www.lex.uz - O’zbekiston Respublikasi Milliy qonunchilik tizimining veb-sayti.
4. www.cbu.uz – O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy veb-sayti
5. www.kun.uz – yangiliklar veb-sayti.
6. www.ziyonet.uz - axborot ta’lim tarmog’i.
7. www.wikipedia.org - global internet tarmog’i ensiklopediyasi.
Download 31,14 Kb.




Download 31,14 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Soliqlarning funksiyalari, vazifalari va tamoyillari Soliqlarning turlari va tasnifi

Download 31,14 Kb.