|
Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
|
bet | 1/2 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 2,41 Mb. | | #150150 |
Bog'liq Davlat dasturi (04.2022) (2)
2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da
amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosi
Respublikamizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalq manfaatlari yo‘lida izchil davom ettirish,
2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi hamda Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 2-fevraldagi 36-son buyrug‘i direktor o‘rinbosarlari va tarkibiy bo‘linma rahbarlari tomonidan rahbarlik va ijro uchun qabul qilindi.
Davlat dasturi hamda Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 2-fevraldagi 36-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Institut direktorining 2022-yil 4-fevraldagi 01-14-son buyrug‘i qabul qilindi.
Hususan, Xalq ta’limi tizimi rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish ta’limining mazmuni hamda sifatiga qo‘yiladigan davlat ta’lim talablarini ishlab chiqildi.
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Bosh ilmiy metodik markazlari tomonidan ekspert xulosalari olindi. Unda berilgan takliflar va tavsiyalar asosida davlat ta’lim talablariga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritildi.
Xalq ta’limi tizimi rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish ta’limining mazmuni hamda sifatiga qo‘yiladigan davlat ta’lim talablari loyihasi Xalq ta’lim vazirligining buyruk loyihasi bilan tasdiqlash uchun 2022 yil 7 aprelda 01/09-396-son xat bilan Xalq ta’limi vazirligiga yuborildi. Xat ilova qilinadi
Davlat dasturining 208-bandida 2026-yilga qadar o‘quv dasturlari va darsliklarni ilg‘or xorijiy tajriba asosida to‘la qayta ko‘rib chiqib, amalda joriy etish vazifasi belgilangan.
Vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Milliy o‘quv dasturi asosida yangi metodikalar bo‘yicha o‘qituvchilar uchun yaratiladigan o‘quv kurslarni yaratishda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi 2022-yil 8-apreldagi 01/11-01/10-459–sonli xati bilan 20 nafar mutaxassislarini biriktirib bergan. Mazkur mutaxassislar bilan hamkorlikda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan kurslarning ishchi o‘quv rejalari va dasturlari fanlar kesimida ishlab chiqilmoqda.
Davlat dasturining 5.208-bandida Milliy o‘quv dasturlarida joriy qilinayotgan yangi metodikalar bo‘yicha o‘qituvchilarning malakasini oshirish uchun maxsus videodarslar yaratish vazifasi belgilangan.
Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot institutining “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasida Milliy o‘quv dasturi va ushbu dastur asosida yangi metodikalarlarni o‘quv jarayonida qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha barcha fan yo‘nalishlari uchun kurs kontentnlarini joylashtirish qismi yaratildi (ilova).
Bundan tashqari “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasidan 2022-yil 17-may holatiga 5789 nafar umumta’lim rahbarlari ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shundan 2594 nafari kurslarni muvaffaqiyatli tamomlab sertifikat olishgan.
|
| |