• Yaratish nazariyasi
  • -§. Insonning kelib chiqishi haqidagi nazariya




    Download 30,02 Kb.
    bet6/6
    Sana12.01.2024
    Hajmi30,02 Kb.
    #135347
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    falsafa

    1-§. Insonning kelib chiqishi haqidagi nazariya
    Insonning kelib chiqishi eng murakkab va jumboqli fenomenlardan biri hisoblanadi. Qadim zamonlardan boshlab ushbu fenomenni tushuntirishda bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ikki paradigma mavjud: insonning xudo tomonidan yaratilganligi g‘oyasi va tabiiy tarixiy evolyusiya g‘oyasi.

    Yaratish nazariyasi
    Ibtidoiy miflarda odamlarning kelib chiqishi ko‘pincha mifik qahramonlarning transformatsiyasi, totem ajdodlar, butun mavjudot yaratilgan mifik davrdagi personajlarning transformatsiyasi natijasi yoki ularning ijod mahsuli sifatida tasavvur etiladi. Ayrim miflarda odamlarning paydo bo‘lishi tasodifiy xususiyatga ega bo‘lsa, boshqalarida demiurglar – totem ajdodlarning ongli ishi sifatida aks ettiriladi.
    Yangi Gvineyadagi papuaslarning tangu qabilasi miflarida afsonaviy qahramon odamlarni qapqonga ilingan to‘ng‘izlarning mayda­lan­gan bo‘laklaridan yaratadi. Tasmaniyaliklarning tasavvur­lariga ko‘ra dastlabki odamlar Mopxerni nomli mifik mavjudot tomonidan dumli, bo‘g‘insiz oyoqlarga ega bo‘lgan hayvon qiyofasida yaratilgan. Keyinchalik boshqa bir afsonaviy mavjudot Drumerdim ularning dumlarini kesib tashlagan va yog‘lar yordamida tizzalarini bo‘kiladigan qilgan. Avstraliya aborigenlari va Yangi Gvineyadagi papuaslarning marind-anim qabilasining afsonalariga ko‘ra odamlar dastlab yarim odam, yarim hayvon qiyofasida, ko‘zlarsiz va og‘izsiz, oyoq-qo‘llarining uchlari yopishgan holda mavjud bo‘lgan. Demiurglar pichoqlar yordamida ularni hozirgi holatga keltirganlar.
    Ancha keyinroq paydo bo‘lgan miflarda birinchi odamning paydo bo‘lishi xudolar tomonidan yaratilish g‘oyasi bilan bog‘lanadi. Jahon dinlarida mavjud bo‘lgan yaratilish aktining barcha tasvirlari o‘z ildizlariga ko‘ra aynan mifologiyaga borib taqaladi. Masalan, jahon dinlarida keng tarqalgan insonning xudo tomonidan loydan yaratilganligi haqidagi tasavvurning mifologik ildizlarga ega ekanligi yaqqol ko‘rinib turadi. Vavilonda yaratilgan poema - "Enum Elish»da tasvirlanishicha dastlabki odam tartib xudolari va tartibsizlik (xaos) xudolari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan urushdan so‘ng loy va qondan paydo bo‘lgan. Qadimgi Misrdagi afsonalardan birida Xnum degan xudo odamni kulolchilik charxi yordamida loydan yasalganligi aytildi. Ayolning erkak kishining qovurg‘asidan yasalganligi motivi Mesopotamiyada yaratilgan miflarga borib taqaladi. Insonning xudo tomonidan yaratilganligi haqidagi paradigma har doim diniy e'ti­qodlar va ishonchlarga asoslangan. Fan antropogenez jarayonini yoritib bera boshlashi va dindan bu sohani tortib olishi munosabati bilan kreatsianizm o‘z mavqyeini mustahkamlay boshladi. Bu hol te­gish­li institularning yaratilishi, ilmiy anjumanlar o‘tkazilishi, krea­si­nistik adabiyotlar va filmlarning paydo bo‘lishida o‘z aksini topdi.
    Hozirgi zamon kreatsianizmi quyidagi yondashuvlarga asoslanadi.
    Birinchidan, bu odamning azaldan mavjud bo‘lganligi g‘oyasidir va u odamning eng qadimgi davrlarga oid qazib topilgan hayvonlar (masalan, dinozavrlar) bilan bir paytda mavjud bo‘lganligini isbotlovchi dalillarni qidirib topishda ifodalangan. XX asr 60-80 yillarda Texasdagi Palluks daryosi havzasida topilgan 120 million yil ilgari qoldirilgan bir izni ana shunday dalillardan (insonning eng qadimgi davrdagi izi) biri sifatida ko‘rsatishga urinishlar bo‘lgan edi. Ammo keyinchalik ma'lum bo‘ldiki, u qadimgi kaltakesakning izi ekan.
    Ikkinchidan, bu insonning va qazilmalar orqali topilgan primatlarning tadrijiy taraqqiyotida qandaydir oraliq bo‘g‘inlar bo‘lganligini inkor etishdan iborat. Kreatsianistlarning fikricha, qazilmalar chog‘ida topilgan barcha suyaklarni yoki odamniki, yohud maymunniki sifatida tasnif qilish lozim. Boshqacha qilib aytganda xudo hamma turlarni ular qanday bo‘lsa shunday yaratgan va odam ham avval boshdanoq odam bo‘lgan. Biroq, fanga ma'lum barcha qazilmalar chog‘ida topilgan gominidlar bunday bir xillikka ega emas, chunki ularda maymunlarga xos xususiyatlar bilan odamga xos xususiyatlar birlashib ketgan.
    Uchinchidan, bu - yetarli ma'lumotlar bo‘lmaganligi uchun gipoteza sifatida qaraluvchi antropogenezga oid bir qator nazariyalarning tanqid qilinishidir.
    Kreatsianizm bugungi kunda ham keng tarqalgan. Bir qator mamlakat(davlat)larda insonning kelib chiqishi haqidagi kreatsianistik va evolyusion qarashlarni maktablarda o‘qitish masalasida keskin kurash bormoqda. 1925 yilda (AQShning) Tennesi shtatidagi Dayton shahrida o‘qituvchi Djon Skops ustidan o‘tkazilgan sud bugungi kunda barchaga ma'lum. U o‘quvchilarga Darvin nazariyasi va uning odamning maymundan kelib chiqqanligi haqidagi gipotezasi xususida so‘zlab bergan edi. 1986 yilda esa Mobayla shahri sudi Alabama shtatining ta'lim boshqarmasiga qarshi da'vo bilan ish qo‘zg‘adi. Bunga ta'lim boshqarmasining «dinga va xudoga qarshi mazmundagi 45 darslikdan o‘rta maktablarda foydalanishga ruxsat berganligi»334 sabab bo‘lgan edi. Kaliforniyaning ayrim shaharlarida evolyusiya nazariyasini o‘z ichiga olgan darsliklardan foydalanish taqiqlangan.
    Shu sababli yaqinda amerikalik yirik 72 ta olimlar - Nobel mukofotining sovrindorlari kreatsianistlarning insonning xudo tomonidan yaratilganligi g‘oyasi va evolyusiya nazariyasini «teng huquqli» ravishda o‘quv dasturlariga kiritish va o‘qitish uchun urinishlariga qarshi chiqdilar. Bironta boshqa hujjat shunchalik ko‘p sonli Nobel mukofoti sovrindorlari tomonidan nizolanmagan edi. Ularning mazkur qadami shu bilan taqozo etilgan ediki, zamonaviy, ilmiy bilishning yutuqlariga asoslangan ta'lim fan mezonlariga javob bera oladigan nazariyalarga asoslanadi. Bu eng avvalo, tegishli tarzda asoslab berish va isbotlashdir, kreatsianizm esa o‘zining haqligini ko‘rsatuvchi isbot-dalillarga ega emas.
    Keyingi paytda «kosmik tajriba» nazariyalari paydo bo‘ldiki, ularning markazida ham odamning yaratilganligi haqidagi g‘oya turadi. Diniy talqinlardan farqli o‘laroq, ushbu nazariyalarda inson qandaydir o‘zga planetaga mansub sivilizatsiya tomonida yaratilgan deb tasdiqlanadi.
    Ushbu konsepsiyaga ko‘ra, yerdagi ko‘plab noyob inshootlar (Misr ehromlari, Pasxa orolidagi toshdan yasalgan ulkan haykallar, faqat tepada qaraganda ko‘rinadigan benihoyat ulkan rasmlar va hokazo) ana shu o‘zga sayyoraliklar tomonidan yaratilgan deb hisoblanadi.
    Fan o‘zga sayyoralarda sivilizatsiyaning mavjudligini va ular yerga kelgan bo‘lishlari mumkinligini prinsip jihatidan inkor etmaydi. Biroq, insonning o‘zga sayyoraliklar tomonidan yaratilgan­li­gi­ni tasdiqlovchi hyech qanday dalillar mavjud emas. Bu mavzuga oid barcha mulohazalar hozirga qadar mushohada-gipoteza bo‘lib qolmoqda.
    Download 30,02 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 30,02 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -§. Insonning kelib chiqishi haqidagi nazariya

    Download 30,02 Kb.