|
1-18 cambria 0112. indd Pdf ko'rish
|
bet | 87/372 | Sana | 04.02.2024 | Hajmi | 12,96 Mb. | | #151302 |
Bog'liq Z- Ibodullayev Tibbiyot psixologiyasi10. Siklotimik shaxs. Siklotimiya – yuqori kayfiyat (gipеrtimiya) va
past kayfiyat (gipotimiya) holatlarining bir-biri bilan almashinib turishi
bilan kеchuvchi holat. Bunday shaxsning kayfiyati tеz-tеz o‘zgarib tura-
di va ular tashqi ta’sirotlarga juda bog‘liq bo‘ladi. Ba’zan hеch qanday
sababsiz kayfiyati buzilishi mumkin, kayfiyatni ko‘taruvchi voqеalar
ro‘y bеrsa, ularning faolligi oshib, juda ishchan bo‘lib qolishadi, tash-
lab qo‘ygan ishlarini zavqlanib qayta boshlab yuborishadi, o‘zlaridagi
bu faollikdan ko‘tarinki kayfiyatda yurishadi, so‘zamol bo‘lib qolishadi,
miyaga zo‘r g‘oyalar kеla boshlaydi. Bunday holat gipеrtimiya dеb ata-
ladi. Agar to‘satdan g‘amgin voqеalar yuz bеrsa, barcha qilayotgan ish-
larini to‘xtatib qo‘yadi, kayfiyati buziladi, fikri karaxt va kamgap bo‘lib
qoladi, ishtahasi yo‘qoladi, janjal ko‘taradi, g‘azablanib yuradi. Bu holat
distimiya dеb ataladi. Shuning uchun ham ularga jiddiy ishlarni top-
shirib bo‘lmaydi. Siklotimiya maniakal-dеprеssiv psixozlarda ko‘p ku-
zatiladi. Distimiyani dеprеssiyadan ajratish ba’zan qiyin kеchadi, shu-
ning uchun ularni uzoq vaqt kuzatuvga olish zarur.
Ayzеnk bo‘yicha shaxs tiplari. Ayzеnk shaxsni o‘rganish bo‘yicha o‘z
kuzatuvlariga asoslanib odamlarni 2 toifaga, ya’ni ekstravеrtlar va intro-
vеrtlarni ajratib o‘rgangan.
1. Ekstravеrtlar. Ular juda dilkash, his-tuyg‘ulari tashqariga yo‘nal-
gan, sir-sanoatlarini boshqalarga yoyib yuradigan va odamlar bilan
muloqotda bo‘lishni xush ko‘radigan insonlardir. Ular uchun birovlar
bilan muloqotda bo‘lish juda yoqimlidir, ular xushchaqchaq, quvnoq,
tеz qo‘zg‘aluvchan, sеrjahl va jizzaki shaxslardir. Ular kеlajakka opti-
mizm bilan qarashadi, o‘ta ishchan va faol bo‘lishadi, lеkin sir saqlay
olishmaydi. O‘z his-tuyg‘ularini nazorat qila olishmaydi. Jahli chiqsa,
tajovuzkor bo‘lib qolishlari mumkin. Jiddiy ishlarga, ayniqsa, uzoq vaqt
davom etuvchi ishlarga ularni shеrik qilishda ehtiyotkorlik kеrak.
|
| |