1-2-LABORATORIYA ISHI
TUZLARNING INTEGRAL ERISH ISSIQLIGINI ANIQLASH
1.1. Nazariy ma‘lumot
Kimyoviy
jarayonlar, ko’pincha, sistemaning ichki energiyasi va
entalpiyasi o’zgarishi bilan boradi. Bu vaqtda issiqlik chiqishi yoki yutilishi
mumkin. Issiqlik chiqishi bilan boradigan
reaktsiya ekzotermik reaktsiya,
issiqlik yutilishi bilan boradigan reaktsiya endotermik reaktsiya deb ataladi.
Reaktsiya vaqtida ajralib chiqadigan yoki yutiladigan maksimal issiqlik
reaktsiyaning issiqlik effekti deb ataladi.
Termodinamik sistemaga berilgan issiqlik musbat deb qabul qilinadi; agar
sistema issiqlik chiqarsa, bu issiqlik manbai manfiy ishora bilan yoziladi. Lekin,
termokimyoda buning aksi qo’llaniladi. Reaktsiya natijasida chiqadigan issiqlik
joullar hisobida o’lchanib, musbat (+) ishora bilan ifodalanadi.
Agar kimyoviy
reaktsiya vaqtida issiqlik yutilsa, bu reaktsiyaning issiqlik effekti manfiy ishora
bilan olinadi. Bu holda yutilgan issiqlik miqdori reaktsiya tenglamasida manfiy
(-) ishora bilan yoziladi.
Azot va kisloroddan azot (II)-oksidning hosil bo’lish reaktsiyasi:
N
2
+ O
2
= 2NO – 10,3 kJ
endotermik reaktsiyaga misol bo’ladi.
Shuni ham aytib o’tish kerakki, oddiy moddalarning
issiqlik chiqarish bilan
birikishi (ekzotermik reaktsiya) natijasida hosil bo’lgan birikmalar (masalan,
SO
2
, N
2
O) barqarordir, lekin endotermik reaktsiya natijasida hosil bo’lgan
birikmalar (masalan SS2, S2N2) ekzotermik reaktsiyalarga qaraganda
beqarorroq bo’ladi.
1.2. TAJRIBALAR
Jihozlar va reaktivlar.
Texno-kimyoviy tarozi, 10 ml li tomchilatgich,
issiqlik o’tkazmaydigan 100 ml hajmli stakan, 25 ml hajmli o’lchov tsilindri,
mis kuporosi kukuni, osh tuzi, mochevina, ammoniy nitrat, oyuvchi natriy.
1-tajriba. Erishdagi issiqlik hodisalari
Uchta stakan yoki kolbaga 25 ml dan suv quying.
Suvning haroratini
o’lchang. Texno-kimyoviy tarozida 10 g osh tuzi, 10 g oyuvchi natriy va 10 g
ammoniy nitrat tortib olib birinchi stakanga osh tuzini,
ikkinchisiga ammoniy
nitrat va uchinchisiga oyuvchi natriyni soling (ehtiyot bo’ling!).
Moddalarni yaxshilab aralashtirib eriting va hosil qilingan eritmalar
haroratini o’lchang. Oyuvchi natriy, osh tuzi
va ammoniy nitrat tuzlari
eritmalarining harorati qanday o’zgaradi? Kuzatilgan hodisani tushuntiring.
NAZORAT SAVOLLARI
1.Qanday reaktsiyalarga ekzotermik reaktsiyalar deyiladi?
2. Qanday reaktsiyalarga endotermik reaktsiyalar deyiladi?
3. Issiqlik effekti deb nimaga aytiladi?
4. Issiqlik chiqishi va yutilishi termokimyo va termodinamikada qanday
nomlanadi?
5. Barqaror moddalar hosil bo’lishida issiqlik yutiladimi yoki chiqadimi?
6. Termokimyoviy tenglama qanday tuziladi?