|
1. Algoritmning ta’rifi. Algoritmni to’liq yaratish bosqichlarni
|
bet | 1/4 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 19,78 Kb. | | #237661 |
Bog'liq Algoritmlarni loyihalashga kirish
Ma’lumotlar, tuzilmalar va ob’yektga yo‘naltirilgan dasturlash
Reja
1. Algoritmning ta’rifi.
2. Algoritmni to’liq yaratish bosqichlarni
3.Algoritmni tasvirlash usullari
Kalit so’zlar: Algoritm, algoritm xossalari, algoritmik hal etilmaslik, masalani yechish bosqichlari
Algoritmning ta’rifi
Algoritm so‘zi va tushunchasi IX asrda yashab ijod etgan buyur alloma Muhammad al-Xorazmiy nomi bilan uzviy bog‘liq. Algoritm so‘zi Al-Xorazmiy nomini Yevropa olimlari tomonidan buzib talaffuz qilinishidan yuzaga kelgan. Al-Xorazmiy birinchi bo‘lib o‘nlik sanoq sistemasining tamoyillarini va undagi to‘rtta amallarni bajarish qoidalarini asoslab bergan.
Algoritmlarning turli ta’riflari mavjud. Rasmiy ta’riflardan biri bo’yicha
algoritm bu qo’yilgan masalani yechilishiga olib keluvchi aniq harakatlarning chekli ketma-ketligidir.
Bu tushunchadan algoritmning quyidagi xossalari kelib chiqadi:
Diskretlilik – ya’ni aniqlanayotgan jarayonni qadamba-qadam ko’rinishi.
Ommaviylik – algoritm o’xshash masalalar turkumini yechishi kerak.
Tushunarlilik – algoritmda beriladigan ko’rsatmalar foydalanuvchiga tushunarli bo’lib, uning talablariga javob berishi kerak.
Aniqlilik – algoritmda ma’lum tartibda amallarni bajarish nazarda tutilishi kerak va bajaruvchiga joriy qadam tugatilishi bilan qaysi qadam keyingi bo’lib bajarilishi aniq ko’rsatilishi kerak.
Natijaviylik. Har bir algoritm chekli sondagi qadamlardan so‘ng albatta natija berishi shart. Bajariladigan amallar ko‘p bo‘lsa ham baribir natijaga olib kelishi kerak. Chekli qadamdan so‘ng qo‘yilgan masala yechimga ega emasligini aniqlash ham natija hisoblanadi. Agar ko‘rilayotgan jarayon cheksiz davom etib natija bermasa, uni algoritm deb atay olmaymiz.
|
| |