1-AMALIY ISH.
MA’LUMOT, ALGORITMLAR VA MA’LUMOTLAR TUZILMASI
TUSHUNCHALARI. MA’LUMOTLARNI IFODALASH BOSQICHLARI.
MA’LUMOTLAR TOIFALARI. MA’LUMOTLARNING ABSTRAKT TUZILMASI.
Ishning maqsadi: Ma’lumot, algoritm va ma’lumotlar strukturasi tushunchalari bilan
tanishish. Ma’lumot tiplari va ular bilan ishlashni o’rganish.
Ish tartibi:
- Nazariy qismdagi ma’lumotlarni o’rganib chiqish.
- Amaliy qismda keltirilgan amaliyot ishini bajarish.
- Topshiriqlar bo’limida keltirilgan masalalarni yechish
- Amalga oshirilgan ish bo’yicha hisobot tayyorlash va topshirish
NAZARIY QISM
Ma’lumot tushunchasi
Ma’lumotlar – bu ro’yhatga olingan axborot bo’lib, fakt, tushuncha yoki ko’rsatmalarni
muloqot qilish uchun qulay formatda taqdim qilinadi. Ma’lumotlar inson yoki avtomatik vositalar
yordamida qayta ishlanadi.
Axborot texnologiyalari ko’z qarashida ma’lumot bu – uzatish, aloqa yoki qayta ishlash
uchun yaroqli formatdagi axborotning ko’rinishi.
Ma’lumot turlari:
• Ma’lumotlar bazasi – ma’lumotlar sxemasiga mos ravishlda saqlanadigan ma’lumotlar
to’plami. Ma’lumotlar bilan ishlash ma’lumotlar modeli
vositalari asosida amalga
oshiriladi.
• Katta hajmli ma’lumotlar – (big data) strukturalangan yoki strukturalanmagan
katta
hajmdagi ma’lumotlar.
• Ikkilik fay – ixtiyoriy baytlar ketma-ketligi. Matnli fayl ko’rinishida saqlanadi.
• Metama’lumotlar – boshqa ma’lumot haqidagi ma’lumotlar. Metama’lumotlar obyektning
xarakteristikasi, xosiyatlarini ochib beradi.
• Matnli ma’lumotlar – satrli tipdagi ma’lumotlar.
Ma’lumot tiplari
Ma’lumot tipi – qiymatlar va ushbu qiymatlar bilan amallarni bajarish ko’pligi.