1-Amaliy ish: Mavzu: Kompyuterlarni tashkiliy qismlari, asosiy ko`rsatkichlari va xususiyatlari




Download 315.22 Kb.
bet2/6
Sana18.05.2023
Hajmi315.22 Kb.
#61216
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Amaliy ish Mavzu Kompyuterlarni tashkiliy qismlari, asosiy k
1653903287, esinin, Reja Zamonaviy operatsion tizimlar, 8 mavzu 1 Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi, 24, Shavkatov Shaxboz Shavkatovich mustaqil ta\'lim (2), Bosh sahifa, maktabgacha-yoshdagi-bolalarda-sog-lom-turmush-tarzini-shakllantirishda-maktabgacha-yoshdagi-bola-fizkul-turasining-ahamiyati-haqida, mantiqiy amallar, 1-МАЪРУЗА -СЛАЙД, olimpiada, 14 мавзу Янгиланаётган Ўзбекистон миллий тикланишдан – миллий юксалиш, xurshid, article-3
Asosiy plata yaxlit asosga yigʻilgan elektron sxemalar boʻlib, unga baʼzi qurilmalar axborot almashish sistema magistrali – shinalar (simlarining oʻramlari) yordamida bogʻlanadi. Shinalar kompyuter-ning hamma qurilmalariga parallel holda ulanadi. Kompyuter ishida uch xil shina xizmat koʻrsatadi: berilganlar (berilgan maʼlumotlar) shinasi, adreslar shinasi, boshqarish shinasi. Asosiy platada mikroprotsessor, xotira qurilmalari va mikrosxemalar, ovoz, video va tarmoq platalari ham joylashadi. Ular asosiy plataning maxsus slot (qirqim)lariga ulanadi.
Diskyurituvchi, printer, flash-xotira kabi qurilmalar portlar deb yuritiluvchi asosiy platadagi maxsus joylarga ulanadi. Bu qurilmalarni boshqarish uchun asosiy platada kontrollerlar deb ataluvchi elektron sxemalar mavjud. Portlar parallel (LPT), ketma-ket (COM) va universal ketma-ket (USB) turlarga boʻlinadi. Ketma-ket port protsesordan maʼlumotlarni baytlarda oladi va qurilmalarga bitlarda uzatadi, paralelel port esa baytlarda olib baytlarda uzatadi. Odatda, sichqoncha va modem ketma-ket portlarga, printer parallel portga ulanadi. Juda koʻp asosiy platalarda sichqoncha va klaviatura doiracha shaklidagi PS/2 boʻlmaga ulanadi. Hozirgi kunda universal ketma-ket portga sichqoncha, klaviatura va boshqa qurilmalarni ulash imkoni bor.
Odatda, asosiy plataning ajralmas qismi sifatida qaraladigan doimiy xotira qurilmasi (DXQ, ing. ROM – Read Only Memory – faqat oʻqish uchun xotira) mikrosxema koʻrinishida tashkil etilgan boʻlib, quvvat manbaiga bogʻliq boʻlmagan holda maʼlumotlarni saqlash uchun xizmat qiladi. Doimiy xotira qurilmasida kompyuterning kiritish-chiqarish asosiy sistemasi (BIOS – Basic Input-Output System) haqidagi doimiy axborot saqlanadi.
Protsessorni mikroprotsessor yoki CPU (yaʼni, Central Processing Unit-markaziy protsessor) deb ham atashadi. Protsessor arifmetik va mantiqiy amallar bajaradi, xotira bilan bogʻlanadi va barcha qurilmalar ishini boshqaradi.
Zamonaviy kompyuterlarda protsessor vazifasini kvadratdan ham kichik yuzali yagona yarim oʻtkazgichli kristalda (kremniy yoki germaniy) joylashgan millionlab mitti tranzistorlardan tashkil topgan mikroprotsessor, yaʼni oʻta zich integral sxema, bajarmoqda. Misol sifatida koʻradigan boʻlsak, Intel Pentium Pro mikroprotsessori oʻz ichida 5,5 milliondan ortiq tranzistorlarni saqlaydi.
Protsessorning ish unumdorligi uning tezligi (taktli chastota) va raz­ryadlar soni bilan belgilanadi. Tezlik protsessorning 1 sekundda bajargan amallar miqdori bilan belgilanadi va Gs (gers) bilan ifodalanadi. Masalan, i8086 protsessori 10 MGs (sekundiga 10 million amal) tezlikka ega boʻlsa, Intel Pentium IV protsessori uchun bu koʻrsatkich 1700 MGs va undan yuqoridir. Protsessor­ning razryadlari soni uning bir vaqtning oʻzida baravariga ishlashi mumkin boʻlgan bitlar miqdori bilan aniqlanadi. Hozirgi kunda 16, 32, 64, 128 razryadli protsessorlar keng qoʻllanilmoqda. Protsessorning tezligini oshirish maqsadida hozirgi vaqtda kesh-xotira, turli matematik soprotsessorlar kabi vositalardan foydalanish yoʻlga qoʻyilgan. Shu kunlarda protsessorlarning koʻp yadroli turlari ishlatilmoqda.
Protsessor, asosan, quyidagi qismlardan iborat:

  • arifmetik-mantiqiy qurilma;

  • maʼlumotlar va adreslar shinasi;

  • registrlar;

  • buyruq jamlagichi;

  • kesh, yaʼni kichik hajmli oʻta tezkor xotira;

  • qoʻzgʻaluvchan vergulli sonlar matematik soprotsessori.

Aniq protsessorga mos i80386, 16/32 yozuvi, ushbu protsessor 16 razryadli berilganlar shinasi va 32 razryadli adreslar shinasiga ega ekanligini, yaʼni bir vaqtning oʻzida 16 bit axborot va 232= 4 Gbayt hajmdagi adreslar (adreslar sohasi) bilan ishlash imkoniyati mavjudligini bildiradi.
Protsessorning asosiy ishi tezkor xotira qurilmasida joylashgan dasturdan navbatdagi buyruqni oʻqish va bajarish, natijani yozib qoʻyish hamda keyingi bajariladigan buyruqni aniqlashdan iborat takrorlanuvchi jarayondir. Bundan tashqari protsessor dastur mazmunidagi boshqa­rishni amalga oshirish, maʼlumotlarni zarur joydan oʻqish, lozim joyga yozish, kerak joyga uzatish, boshqa qurilmalarning ishlashini muvofiqlashtirish vazifasini ham bajaradi.
Demak, protsessor berilgan dastur va zarur maʼlumotlar asosida inson aralashuvisiz kompyuterning avtomatik ishlashini taʼminlovchi qurilma ekan.
Tezkor xotira qurilmasida (TXQ) ishlash jarayonida protsessor foydalanadigan barcha axborotlar va dasturlar saqlanadi. Uni tezkor deyilishiga sabab boshqa xotiralarga nisbatan axborot almashinuvi minglab yoki millionlab marotaba tezdir. Tezkor xotira qurilmasida saqlanayotgan maʼlumotlar kompyuter elektr manbaidan uzilganda yoki qayta yuklanganda oʻchib ketadi.
Tezkor xotira qurilmasi registrlardan tashkil topgan. Registr – maʼlumotlarni ikkilik shaklida vaqtinchalik saqlab turish uchun moʻljallangan qurilma. Har bir registr oʻz navbatida triggerlardan tashkil topadi. Trigger mitti elektron sxema boʻlib, u elektr toki bilan zaryadlangan holda „1“ ni, zaryadlanmagan holatda „0“ ni ifodalaydi. Registrdagi triggerlarning miqdori kompyuterning necha razryadli ekanini belgilaydi. Registrlar uyachalar (yacheykalar) deb ham yuritiladi. Uyachalarning har bir razryadida bir bit axborot joylashadi (yaʼni 0 yoki 1). 8 bit axborot birlashganda 1 bayt miqdordagi axborotni hosil qiladi. Har bir bayt oʻz tartib raqamiga, yaʼni adresiga ega boʻladi. Uyachaning sigʻimi mashina soʻzi uzunligini belgilab beradi. Mashina soʻzining uzunligi baytlarda oʻlchanadi. Mashina soʻzining uzunligi 2, 4, 8 baytga teng boʻlishi mumkin. Demak, ketma-ket joylashgan ikki, toʻrt yoki sakkiz bayt birlashib, bitta mashina soʻzini tashkil etishi mumkin ekan. Har bir xotira uyachasi ham oʻz adresiga ega, u esa shu uya­chadagi boshlangʻich bayt adresi bilan ifo­dalanadi. Tezkor xotira qurilmasining boshqacha nomi – RAM (Random Access Memory – tanlov boʻyicha ixtiyoriy kirishli xotira), chunki undagi istalgan adresli uyachaga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtish imkoniyati mavjud.
Tovush, video va tarmoq platalari asosiy plataga joylashtirilgan yoki alohida boʻlishi mumkin. Bu platalar protsessor ishini tezlashtirish hamda zaruriy sifat koʻrsatkichiga erishish maqsadida ishlatiladi.

Download 315.22 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 315.22 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-Amaliy ish: Mavzu: Kompyuterlarni tashkiliy qismlari, asosiy ko`rsatkichlari va xususiyatlari

Download 315.22 Kb.