• Ishdan maqsad
  • 1-rasm. Sources bibliotekasida mavjud bo‘lgan signallarning manbalari
  • 2-rasm. Sources bibliotekasi bloklari yordamida olinadigan signallarning ko‘rinishlari
  • 4 -rasm. Ost tizimni hosil qilish 5-rasm. Ost tizimdan foydalanuvchi model MUSTAQIL YECHISH UCHUN AMALIY TOPSHIRIQLAR 1.
  • O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
  • 1-amaliy ish texnologik jarayonlarni raqamli boshqarish. Xodisalarning ketma – ketligi bo’yicha boshqarish. Harorat rostlagichli boshqarish konturini qurish. Mavzu: Ishdan maqsad




    Download 82.31 Kb.
    Sana22.11.2023
    Hajmi82.31 Kb.
    #103459
    Bog'liq
    1-amaliy ish texnologik jarayonlarni raqamli boshqarish. Xodisal-fayllar.org
    Bob Yorug’lik diodlari haqida ummumiy malumot, 1-iyun, 8-IYUN, 88 (5)

    1-amaliy ish texnologik jarayonlarni raqamli boshqarish. Xodisalarning ketma – ketligi bo’yicha boshqarish. Harorat rostlagichli boshqarish konturini qurish. Mavzu: Ishdan maqsad

    1-AMALIY ISH Texnologik jarayonlarni raqamli boshqarish. Xodisalarning ketma – ketligi bo’yicha boshqarish. Harorat rostlagichli boshqarish konturini qurish.

    Mavzu:

    Ishdan maqsad: Texnologik jarayonlarni raqamli boshqarish asoslari bo’yicha amaliy ko’nikmalarni shakllantirish.
    Nazariy qism
    Signallar manbalarining bibliotekasi. Sources bibliotekasida modellashda zarur bo‘ladigan barcha signallarning manbalari mavjud (1-rasm). Ular yordamida olinishi mumkin bo‘lgan signallarning ayrimlari 2 – rasmda ko‘rsatilgan.

    1-rasm. Sources bibliotekasida mavjud bo‘lgan signallarning manbalari
    Bundan tashqari fayldan From File bloki orqali ixtiyoriy signalni ham berish mumkin.
    Har bir grafik blok o‘zining rostlash oynasi bilan bog‘langan. Masalan, davriy signallar generatorining (Signal Generator, 3-rasm) rostlash oynasida davriy signalning shaklini (Wawe form) tanlash, amplituda va chastotasini o‘rnatish mumkin.
    Ost tizim Simulink-modelning bir qismidir. U alohida blok ko‘rinishida tayyorlanadi. Model tuzishda ost tizimlardan foydalanish quyidagi afzalliklarga ega:
    -Bir vaqtning o‘zida ekranda aks ettiriladigan bloklar sonini kamaytiradi, ya’ni modelni tasavvur qilishni osonlashtiradi.
    -Model qismlarini alohida tayyorlash va sozlash imkoniyatini beradi. Tayyorlangan ost tizimdan boshqa modellarni tuzishda foydalanish mumkin.
    -Xususiy bibliotekalarni yaratish imkoniyatini beradi.
    -Parallel ishlayotgan ost tizimlarni o‘zaro sinxronlash imkoniyatini beradi.
    -Modelga xususiy ma’lumotnoma vositalarini kiritish imkoniyatini beradi.













    2-rasm. Sources bibliotekasi bloklari yordamida olinadigan signallarning ko‘rinishlari
    -Ost tizim ochilayotgan vaqtda m-fayl ishga tushadigan qilib ost tizimni m-fayl bilan bog‘lash mumkin.
    Modeldagi ost tizimlar soni cheklanmagan. Bundan tashqari ost tizimning ichiga kiritilishi mumkin bo‘lgan ost tizimlar soni ham cheklanmagan.
    Ost tizimning model bilan (yoki iyerarxiya bo‘yicha yuqoriroq pog‘onadagi ost tizim bilan) bog‘lash uchun kirish (Sources bibliotekasidagi Inport bloki) va chiqish (Sinks bibliotekasidagi Outport bloki) portlaridan foydalaniladi. Ost tizimga kirish va chiqish portlari qo‘shilganda ost tizimning tasvirida portlarning belgilari paydo bo‘ladi (In va Out) va ularni foydalanuvchi uchun qulay bo‘lgan belgilarga almashtirish mumkin.
    Ost tizim virtual (Subsystem) va monolit (Atomic Subsystem) bo‘lishi mumkin. Ular orasidagi farq bloklarni hisoblash tartibidadir. Agar ost tizim virtual bo‘lsa avval bloklarning chiqish signallari hisoblanadi, keyin asosiy modelning bloklari bajariladi, undan keyin esa yana ost tizim tarkibiga kiruvchi bloklar hisoblanadi. Monolit ost tizim yaxlit (bo‘linmaydigan) deb hisoblanadi. Simulink avval ost tizim tarkibiga kiruvchi hamma bloklarni hisoblab chiqadi va keyingina asosiy model bloklarini hisoblashga o‘tadi. Monolit ost tizim tasvirining ramkasi virtual ost tizimnikiga nisbatan qalinroq bo‘ladi.
    Ost tizimlar boshqariladigan yoki boshqarilmaydigan bo‘lishi mumkin. Boshqariladigan ost tizimlar doimo monolit bo‘ladi. Boshqariladigan ost tizimlarda qo‘shimcha (boshqaruvchi) kirish bo‘lib, unga ost tizimni aktivlashtiruvchi signallar beriladi. Boshqaruvchi kirishlar ost tizimning yuqorisida yoki pasatida joylashgan bo‘ladi. Faqat boshqariladigan ost tizim aktivlashganda hisoblashlar bajariladi.
    Modelda ost tizimni quyidagi ikki yo‘l bilan hosil qilish mumkin:
    Subsystem bibliotekasidan kerakli ost tizim tanlanadi va u modelga joylashtiriladi.
    Modelning ost tizimga kirishi kerak bo‘lgan qismi sichqoncha yordamida ajratiladi va model oynasining Edit menyusidagi Create Subsystem komandasi bajariladi. Modelning ajratilgan qismi ost tizimga joylashadi va ost tizimning kirish va chiqishlari mos portlar bilan ta’minlanadi. Ushbu usul boshqarilmaydigan virtual ost tizimni yaratish imkonini beradi. Keyinchalik, agar kerak bo‘lsa, ost tizimning parametrlarini o‘zgartirib monolit ost tizimga yoki bibliotekadagi zarur ost tizimdan boshqarish elementlarini qo‘shib boshqariladigan ost tizimga aylantirish mumkin.

    Ikkinchi usul bilan ost tizimni hosil qilishga misol 4-rasmda keltirilgan. Natija esa 5-rasmda ko‘rsatilgan. Misolda boshqariluvchi funksional generatorning modelidan foydalanildi.



    4 -rasm. Ost tizimni hosil qilish

    5-rasm. Ost tizimdan foydalanuvchi model
    MUSTAQIL YECHISH UCHUN AMALIY TOPSHIRIQLAR
    1. Sources bloklaridan foydalanib model namunasini tayyorlang.
    Signal Generator va XY Graph blok
    Step bloki va Сlock blok
    Repeating Sequence blok
    Diskret Pulse Generator blok
    Pulse Generator blok
    Chirp Signal blok
    Random Number blok
    Uniform Random Number blok
    Band-Limited White Noise blok

    O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
    1. Sources qanday tizim?
    2. Е-ост тизимдан фойдаланувчи модел nima?.

    3. Signalning sathi bo‘yicha boshqariluvchi ost tizim blogi nima?



    4. Blok parametrlar oynasi nima?
    http://fayllar.org
    Download 82.31 Kb.




    Download 82.31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-amaliy ish texnologik jarayonlarni raqamli boshqarish. Xodisalarning ketma – ketligi bo’yicha boshqarish. Harorat rostlagichli boshqarish konturini qurish. Mavzu: Ishdan maqsad

    Download 82.31 Kb.