• Manzillash jadvali
  • 1 amaliy ishi tarmoq qurilmalarida dastlabki sozlamalarini o’rnatish




    Download 137.1 Kb.
    bet1/3
    Sana31.03.2024
    Hajmi137.1 Kb.
    #183087
      1   2   3
    Bog'liq
    1-амалий машғулот
    Giyosova Ferangiz 2, 2-мактаб фикрнома, 2024 kafolat xati ota -onaga, Mavzu Terorizm tushunchasi shakillari sabablari va unga qarshi , 123, Navoiy texnika-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji, Lecture 12-1 (1), 2. Merkantilizm iqtisodiy ta\'limotining mohiyati Merkantilizm iq, 5-sinf matem 2, 18-mavzu.Raqamli tex, TEST RUS, 3-амалий машғулот, 2 amaliy Shokir, Mustaqil ish mavzulari

    1 – amaliy ishi
    TARMOQ QURILMALARIDA DASTLABKI SOZLAMALARINI O’RNATISH

    Ishdan maqsad : Kommutator qurilmasining tuzilishi, ishlash tamoyillari, masofadan kirishni ta’minlash usullari hamda xavfsizlik ko’rsatkichlarini sozlash qoidalarini tadqiq qilishdan iborat.


    Ushbu laboratoriya ishida 1.1 – rasmda keltirilgan tarmoq tuzilishi bo`yicha konfiguratsiya ishlari amalga oshiriladi.



    1.1 – rasm. Tadqiq qilinayotgan tarmoq tuzilishi


    1.1-jadval

    Manzillash jadvali


    Qurilma

    Interfeys

    IP-manzil

    Tarmoq maska

    Asosiy shlyuz

    S1

    VLAN 1

    192.168.1.100

    255.255.255.0

    192.168.1.1

    PC-A

    Tarmoq adapteri

    192.168.1.2

    255.255.255.0

    192.168.1.1


    Topshiriq


    1. Tarmoq qurilmasini asosiy ko‘rsatkichlarini sozlash

    • Console porti orqali kommutatorning asosiy ko‘rsatkichlarini sozlang

    • kompyuter uchun IP- manzilni o‘rnating.

    • Telnet protokoli yordamida masofadan kirishni sozlang

    • SSH protokoli yordamida masofadan kirishni sozlang

    2. Tarmoq bog‘lanishni tekshiring





    • qurilmaning konfiguratsiyasini ko‘rsating

    • telnet yordamida uzoqdan boshqarishni testlang

    • kommutatorning hozirgi konfiguratsiyasini saqlang.

    Qisqacha nazariy ma’lumotlar


    Cisco IOS qurilmalarining buyruqlar satri interfeysi (CLI- Command Line Interface) ga kirishning bir necha yo‘llari mavjud. Quyida eng keng tarqalgan usullar keltirilgan:



    • Console

    • Telnet yoki SSH

    • Port AUX

    Console port — Konsol porti Cisco qurilmasini sozlash uchun tashqaridan kirishni ta’minlaydigan boshqaruv portidir. Konsol portidan foydalanishning afzalligi shundan iboratki, qurilmaga tarmoq xizmatlarini konfiguratsiya qilmasdan ham kirish mumkin, masalan, tarmoq qurilmasining dastlabki konfiguratsiyasi holatida. Boshlang‘ich konfiguratsiya bajarilganda, kompyuterning maxsus kabeli (RS232) yordamida qurilmaning konsol portiga ulanadi va sozlash ishlari amalga oshiriladi.
    TELNET (terminal network) — tarmoq bo‘ylab qurilmalarga murojat qilish uchun mo‘ljallangan tarmoq protokoli. Protokolning zamonaviy standarti RFC 854 da yozilgan.
    TELNET protokolining vazifasi terminal qurilmalar o‘rtasida o‘zaro ishlashni ta’minlashdan iborat. Bu protokol terminal-terminal ko‘rinishdagi aloqada ishlatiladi.
    Protokol Secureshell (SSH) — bu protokol uzoqdagi qurilmalarni boshqarish uchun xavfsiz (shifrlangan) bog‘lanishni ta’minlaydi. Uzoqdagi qurilmalarni boshqarish uchun Telnet protokoli o‘rniga SSH protokolini qo‘llash tavsiya etiladi. Lokal tarmoqlarda Telnet ni qisqa vaqt uchun ishlatish mumkin. Telnet eskirgan protokol hisoblanib, qurilmalar o‘rtasida ishlashda shifrlanmagan xavfsiz ma’lumot ko‘rinishiga o‘xshaganday identifikatsiya axborotlari (foydalanuvchi nomi va paroli) ham ochiq uzatiladi. SSH uzoqdagi qurilmalar bilan bog‘lanishda himoyani ta’minlaydi. Qurilmalarni autentifikatsiya (foydalanuvchi nomi va paroli) ma’lumotlarini ishonchli shifrlaydi. Shuningdek qurilmalar o‘rtasidagi uzatilayotgan ma’lumotlarni ham himoyalaydi. SSH TCP-port 22 ni, Telnet TCP-port 23 ni ishlatadi.
    AUX-Buyruqlar satri interfeysi (CLI) seansini o‘rnatish uchun eskirgan usul xisoblanadi, u telefondagi dial-up bog‘lanishi yordamida routerning yordamchi portiga (AUX) ulanadi. Shu tarzda, konsol aloqasi yordamida, yordamchi usul ham tarmoqdan tashqari ulanishni ta’minlaydi va konfiguratsiya yoki tarmoq xizmatlarini talab qilmaydi. Agar tarmoq xizmatlarining ishlashi buzilgan bo‘lsa, masofadan boshqaruvchi kalit yoki routerga telefon liniyasidan kira oladi.
    Kerakli resurslar:

    • 1 ta kommutator (Cisco 2960 operatsion tizimi Cisco IOS 15.0(2), obraz lanbasek9);

    • 1 ta kompyuter (operatsion tizimi Windows 7, Vista yoki XP da emulyator terminal dasturi, Masalan: Tera Term, Patty);

    • cisco IOS qurilmasini konsol porti orqali sozlash uchun console kabeli;

    • ethernet kabeli.




    Download 137.1 Kb.
      1   2   3




    Download 137.1 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 amaliy ishi tarmoq qurilmalarida dastlabki sozlamalarini o’rnatish

    Download 137.1 Kb.