|
1-amaliy mashg‘ulot. Davriy signallarni spektrini amaliy o‘rganish
|
bet | 1/14 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 395,87 Kb. | | #110584 |
Bog'liq 610-21
1-amaliy mashg‘ulot.
Davriy signallarni spektrini amaliy o‘rganish.
Ishdan maqsad: talabalarga joriy mavzuga oid bilimlarni berish hamda tegishli qurilmalar, uning ish tamoyili hamda signallarini shakllantirish shuningdek ularni qayta ishlash prinsiplarini o‘rgatishdan iborat.
Topshiriq: joriy mavzuga oid bilimlarni shu ko‘rsatmaga asosan mustahkamlash, tegishli tizim bo‘lsa u auditoriyada bo‘lsa to‘g‘rida-to‘g‘ri o‘qituvchiga o‘z xulosa va bilimlarini namoyon etish xam hisobotlar tuzishdan iborat.
Nazariy qism:
Davriy impulslar ketma-ketligini tahlilida amaliy bajarish uchun avval nazariy materiallar hamda takrorlanadi!
Nochiziqli elementlar va nochiziqli elektr zanjirlarda kirish signali spektrining boyish va o‘zgarish hodisasi ro‘y beradi. Boyigan tok spektrining ba’zilari foydali, qolganlari foydasiz hisoblanadi. NE va NEZ lari kirish tebranishlari (kirish kuchlanishi, signali) soniga qarab:
Monogarmonik-bitta kirish tebranishi
Uk(t)=Uk cos(ω0t+ φ0); (1.1)
Bigarmonik-ikki kirish tebranishi
Uk(t)=Uk1 cos(ω1t+ φ1)+Uk2 cos(ω2t+ φ2) (1.2)
Poligarmonik-bir necha kirish tebranishi
(1.3)
rejimlari farqlanadi.
Bundan tashqari bigarmonik rejimi tebranish chastotalari ω1 va ω2 larning o‘zaro nisbatiga qarab: sinxron rejim, agarda ω1 ni ω2 ga nisbati katta bo‘lmagan sonlar nisbatida bo‘lsa, ya’ni
yoki (1.4)
Asinxron rejim, agarda ω1 ni ω2 ga nisbati katta bo‘lmagan sonlar nisbatida bo‘lmasa deb farqlanadi.
NE va NEZ larida o‘tayotgan tokni garmonik tashkil etuvchilarga yoyish va ularning qiymatlarini aniqlash masalasining turli usullari mavjud:
Karrali argumentli trigonometrik funksiyalardan foydalanish usuli. Bu usul NE VATi n-darajali polinom bilan approksimatsiyalanganda qo‘llaniladi.
Kesish burchagi (Berg) usuli. Bu usldan NE VAT ini siniq chiziq bilan approksimatsiyalanganda ishlatiladi.
Bessel funkiyasidan foydalanish usuli. Bu usldan NE VAT ini eksponentasimon funksiya bilan approksimatsiyalanganda ishlatiladi.
3 va 5 ordinatalar usuli. Bu usuldan foydalanganda NE VAT ni approksimatsiyalash talab etilmaydi. Tok spektral tashkil etuvchilari grafo-analitik usulda aniqlanadi.
|
| |