|
-AMALIY MASHGʻULOTwindows live
|
bet | 3/5 | Sana | 26.05.2024 | Hajmi | 13,52 Mb. | | #254137 |
Bog'liq SHKXK amaliyot (2)5-AMALIY MASHGʻULOTwindows live
Sergei Strelec dasturi.
Sergei Strelec Windows operatsion tizimiga yordamchi tizim bo’lib, uning imkoniyatlaridan birini quyidagi misolda ko’rib chiqamiz.
K ompyuterga parol o’rnatilgan va ushbu parol unutib qo’yilgan bo’lsa aynan mana shu tizim bizga yordam beradi. Dastlab fleshkaga tizimni o’rnatamiz so’ngra kompyuterga ulab, kompyuterni yoqamiz. Dastlab kompyuter oynasida tizimni tanlash so’raladi ya’ni 1-kompyuterning o’zini operatsion tizimi va 2-Sergei Strelec tizimi. Biz 2-Sergei Strelec tizimini tanlaymiz va Enter tugmasi bosiladi so’ngra quyidagi ishchi oynasi hosil bo’ladi.
Q uyidagi ketma-ketlikni bajaramiz: Pusk→Programmi WinPE→Sbros paroley→Windows Login Unlocker 2.0.
Q uyidagi oyna hosil bo’ladi:
Barcha yoki kerakli foydalanuvchiga sichqonchaning o’ng tugmasini bosib, Sbros parolyaga bosamiz va barcha mavjud parollar o’chiriladi.
K ompyuterga perezagruzga beramiz va kirish vaqtida parol so’ramaydi.
6-AMALIY MASHGʻULOT
Akronis Disk Direktor dasturi.
B u dastur kompyuterlarning qattiq disklariga xizmat ko’rsatadi. Ya’ni Disklarni qismlarga ajratish yoki birlashtirish, nomini o’zgartirish, o’chirish, defragmentatsiya qilish va shu kabi amallarni bajarish mumkin. Quyidagi misolda Diskni qismlarga ajratishni ko’rib chiqamiz. Kompyuterimizda 2 ta disk(C va D) mavjud.
D asturni kompyuterga o’rnatamiz va ishga tushiramiz. Ishga tushirilgan vaqtda bizda quyidagi oyna hosil bo’ladi:
Kerakli disk tanlanib, razdelit tom tugmasi bosiladi va quyidagi oyna hosil bo’ladi:
Kerakli sozlamalarni to’g’rilab OK tugmasi bosiladi va ajratiladigan disklar haqida so’ngi ma’lumot beriladi:
Davom etish tugmasi bosiladi va kompyuter perezagruzka berilishi haqida ma’lumot beradi:
O k tugmasi bosiladi, kompyuter perezagruzka beradi va 3-G disk paydo bo’lganini ko’rishimiz mumkin:
Endi 2 ta diskni birlashtirishimiz ham mumkin buni ham ko’rib chiqamiz.
Dastlab dasturni ishga tushiramiz va obedinit tom knopkasi bosiladi so’ngra quyidagi oyna hosil bo’ladi:
Kerakli disklarni belgilab ok tugmasi bosiladi va birlashtiriladigan disklar haqida so’ngi ma’lumotlar beriladi:
Davom etish tugmasi bosiladi va kompyuter perezagruzka berilishi haqida ma’lumot beradi:
O k tugmasi bosiladi, kompyuter perezagruzka beradi va 2 ta(D va G) disklar yagona D diskka birlashtirilganini ko’rishimiz mumkin
|
| |