Excel 2010da tayyorlangan xar bir xujjat (ma‘lumotli jadval) Windowsda
qabul qilingan ixtiyoriy nom va .xlsx kengaytmadan iborat fayl bo‘ladi.
Excelda
odatda bunday fayl ―Ish kitobi‖ (Kniga) deb yuritiladi. Microsoft Excelning asosiy
ish soxasi bu – Ish kitobi bo‘lib, u 255 tagacha varaqlardan (list) dan iborat bo‘lishi
mumkin. Ularni
ish varaq
lari deb ataladi. Ish varag‘ida buxgalter (hisobchi) kitobi
kabi, sonlar, matnlar, arifmetik ifodalar, hisoblar qator
va ustunlarda joylashgan
bo‘ladi. Xar bir ish varag‘i List1, List2, ... nomlar bilan atalgan bo‘lib, ular
jadvalning pastki qismidagi yorliqchalarda ifodalangan. Foydalanuvchi bu
nomlarni xoxlaganicha o‘zgartirishi mumkin. Buning uchun shu nomlar yozilgan
yorliqlarni sichqoncha yordamida tezda ikki marta tanlash kerak. Shundan so‘ng
yangi nomni terish mumkin. Buning boshqa yo‘li Format tavsiyanomasining List
bo‘limidagi Pereimenovat buyrug‘idan foydalanish mumkin. Bir ish varag‘idan
boshqasiga o‘tish uchun mos yorliqni sichqoncha yordamida tanlash kifoya.
Excel EJ varaqlari, butun sonlar bilan tartiblangan 1 048 576 ta qato
r
va
lotin
alifbosining bosh xarflari A, B, ...,Z, AAA, AAB,...,XFD bilan nomlangan
16384 ta ustundan iborat. Qator va ustun kesishmasida EJning tarkibiy elementi –
katak (yacheyka) joylashgan. Kataklarning nomlari yoki boshqcha aytganda
manzillari qator va ustunlarning nomlaridan kelib chiqadi. Masalan A ustun bilan 7
qatorning kesishmasi A7 katagi deyilsa, D ustun bilan 12 qatorning kesishgan joyi
D12 katagi deyiladi.
Shuni
yodda saqlash kerakki, EJ kataklarining manzillariga murojaat
qilinadigan bo‘lsa, ustun nomlari albatta lotin alifbosida kiritilishi kerak. Bunda
katta va kichik xarflar farqlanmaydi.
Excel EJining boshqa dasturlardan
asosiy farqli tomoni, unda