Risovanie – hujjatga grafikali ob‘ektlar joylash uchun xizmat qiladi.
Forma – ma‘lumotlar ombori bilan ishlaganda forma, jadval, ro‘yxat, kiritish
maydonlari yaratish tugmachalarini ifodalaydi.
Elementi upravleniya – hujjatga tugmachalar, pereklyuchatellar va
VisualBasicning boshqa elementlarini joylaydi.
Word xat yoki maqolalar yaratishning bir necha shablonlarini taklif etadi.
Bitta shablondan ko‘p marta foydalanish mumkin.
Hujjatni yaratish, saqlash, ochish va yopish uchun Fayl tavsiyanomasi
bo‘limlaridan yoki ―Standartnaya‖ panelidagi tugmachalardan foydalanish
mumkin.
Word matn muharriri hujjatlarni boshqa formatlarda xam saqlash imkoniga
ega. Biror hujjatni Microsoft Word formatidan farqli formatda saqlash uchun
hujjatni saqlash darchasidagi ―Tip fayla‖ ro‘yxat maydonidan kerakli format
tanlanishi va ―Soxranit‖ tugmasi bosilishi kerak.