Mavzu: C++ Builder Additional komponentlar palitrasi.
Asosiy savollar
1.
С++ Builder Additional komponentlar palitrasi
2.
С++ Builder Additional komponentlar palitrasi elementlarining vazifalari.
1-rasm. Additional
komponentalari
Komponentalar palitrasining Additional qo’shimcha ilovalar komponentalari
sizning dasturingizga Borland korporatsiyasi maxsus C++ Builder muhiti uchun ishlab
chiqqan 9 ta boshqarish elementini kiritadi.
TBitBtn
Bit obrazining tasviri tushirilgan tugmachani yaratadi.
Bunday tugmachalar
ko’proq maxsus dialogli darchalarda qo’llanadi.
Grafik tugmachalar bit obrazlari, ularning ko’rinishi va tugmachada joylashishini
spetsifikatsiyalash uchun xususiyatlarga ega bo’ladi. Siz C++ Builder qurilmasiga
kirgan alohida tasvirlar katalogidagi grafik tugmalarning
tayyor stillaridan
foydalanishingiz ham, yoki bo’lmasa, tasvirlarni tahrir qilish tizimlarining biri
tomonidan yaratilgan suratlardan foydalanishingiz ham mumkin.
Tugmaning turli holatlariga (masalan «bosilgan», «qo’yib yuborilgan»,
«ta’qiqlangan» va h.k.) turli bit obrazlari mos kelishi mumkin.
Tasvirlar Fayllari Muharririning bmp kengaytmali darchasi (2-rasm) Glyph
xususiyatining qiymatlari tugmasi bilan ochiladi.
2-rasm. BMP kengaytmali bit obrazlari fayllari tasvirlarining muharriri
King xususiyati sizga yozuvlar va tegishli grafika (OK, Cancel, Hello va
boshqalar) bilan ta’minlangan standartlashtirilgan tugmalarni
yaratish imkonini
beradi.
TSpeedButton
Odatda ma’lum menyu komandalarini tez chaqirish yoki rejimlarni o’rnatish
Paneli (TPanel) da joylashtiriladigan grafik tugmani yaratadi.
Tezkor tugmaning turli holatlariga
(masalan «bosilgan», «qo‘yib
yuborilgan», «ta’qiqlangan» va h.k.) turli bit obrazlari mos kelishi mumkin. Bir-
birining o’rnini bosadigan tasvirlar va yozuv matnini
tanlash uchun xususiyatlar
mavjud. Kengayishli tasvirlar fayllari muharririning darchasi Gliph xususiyati
qiymtlarining grafasidagi tugma bilan ochiladi. Tez tugmalarning boshqa xususiyatlari
ularning biron-bir guruhdagi ishini tashkil etadi.