|
O’zbekiston respublikasi raqamli
|
bet | 1/5 | Sana | 10.12.2023 | Hajmi | 176,85 Kb. | | #114883 |
Bog'liq 1-MAVZU
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI
TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI
KI-17-22 (S) GURUH TALABASI ALIYEVA SABONING
“ELEKTRONIKA VA SXEMALAR 1”
FANIDAN TAYYORLAGAN
1-MUSTAQIL ISHI
MAVZU: Elektron sxema simulyatorlari. Elektr kattaliklar va ularni tadqiq etish
REJA:
Elektron sxema simulyatorlari
Elektr kattaliklar va ularni tadqiq etish
Elektr zanjirlarning asosiy elementlari
Elektr sxemalarni Kirxgof qonunlari asosida hisoblash va tahlil qilish
Elektron sxema simulyatorlari
Zamonaviy axborot texnologiyalari ta'lim sohasidayangi vosita va usullami yaratish imkonini beradi. Bu masalani hal qilishda komputerda laboratoriya amaliyotlarini yaratish eng muhim va murakkab hisoblanadi.
Hozirgikungacha о'quv laboratoriyalarida asosan an’anaviy о‘lchov asboblari qo‘llanib kelinar edi. Endi virtual o'lchov asboblari yordamida yaratilgan komputerdagi о‘lchov asboblaridan foydalanish talab etilmoqda. О‘quv laboratoriyasidagi virtual asbob (VA) - qo'shimcha maxsus dasturiy ta’minot va turli o'lchov modullari, masalan, ko'p funksional kirish - chiqish platasi bilan ta 'minlangan komputerdir. VA o'lchanayotgan axborotni yig'ish, qayta ishlash va aks ettirishni avtomatlashtirish imkonini beradi, foydalanuvchi uchun qulay interfeysga ega, uning dasturiy va apparat vositalari esa an’anaviy o'lchov vositalariga xos bo'lgan vazifalami amalga oshirish imkonini beradi, natijalami monitor ekranida foydalanuvchiga qulay shaklda aks ettiradi.
VA dasturiy ta’minoti ham Visual C++, Visual Basic va boshqalar kabi standart vositalar yordamida, ham maxsus dasturlar yordamida tuzilishi mumkin. Hozirgi kunda maxsus dasturiy ta ’minot sifatida National Instruments kompaniyasining MULTISIM amaliy dasturiy paketi eng mos va qulay hisoblanadi.
O'lchov jarayonlarini avtomatlashtirish bo'yicha yaratilayotgan zamonaviy apparat vositalarining deyarli barchasi MULTISIM drayverlari bilan mos keladi. Mazkur muhitda ilovalar yaratish visual vositalar yordamida amalga oshiriladi va dasturlash bo'yicha maxsus bilimga ega bo 'lish talab qilinmaydi.
|
| |