|
O’zbekiston respublikasi raqamli
|
bet | 3/5 | Sana | 10.12.2023 | Hajmi | 176,85 Kb. | | #114883 |
Bog'liq 1-MAVZU Elektr toki
Zaryadli zarralarning tartibli oqimi elektr toki deyiladi.
Tok – bu zaryadli zarralar oqimi.
[Nega bir jumlani ikki marta takror keltirdingiz?]
Tok kuchi deb oʻtkazgichning koʻndalang kesim yuzasidan vaqt birligi ichida oʻtayotgan zaryad miqdoriga aytiladi. Simning koʻndalang kesim yuzasini tasavvur qiling. Simning yuzasiga yaqin turing va oʻtayotgan zaryad zarralarini sanang. Bir sekund ichida nechta zaryad koʻndalang kesim yuzasidan oʻtganini qayd qiling. Biz musbat zaryad harakatlanayotgan yoʻnalishdagi tok kuchining ishorasini musbat deb belgilaymiz
Modomiki, tok vaqt birligi ichida koʻndalang kesim yuzidan oʻtayotgan zaryadlar miqdoriga teng ekan, biz uni matematik jihatdan quyidagicha ifodalashimiz mumkin:
\[i = \dfrac{dq}{dt}\]
[d nimani bildiradi?]
Bu – tok kuchining sodda tushuntirilishi.
Kuchlanish
Kuchlanish tushunchasini bilishimiz uchun oldin quyidagi oʻxshashlikka qaraylik:
\[m\] massali jism uchun \[h\] balandlikning oʻzgarishi potensial energiyaning oʻzgarishiga olib keladi, \[\Delta U = mg\Delta h\].
\[q\] zaryadga ega zarra uchun \[V\] kuchlanish potensial energiyaning oʻzgarishiga olib keladi, \[\Delta U = qV\].
Elektr zanjirdagi kuchlanish \[g\cdot \Delta h\] koʻpaytmaga oʻxshaydi. Bu yerda \[g\] – erkin tushish tezlanishi, \[\Delta h\] esa balandlikning oʻzgarishidir.
Qirning tepasida turgan toʻp pastga qarab harakatlanmoqda. Yoʻlning yarmida u potensial energiyasining yarmini sarflagan boʻladi.
Kuchlanish “tepaligi”ning yuqorisidagi elektron simlar va zanjir elementlari orqali pastga “harakatlanadi”. U yoʻl boʻylab ish bajarib, potensial energiyasini yoʻqotib boradi. Elektron tepalikning oʻrtasiga kelganda potensial energiyasining yarmini yoʻqotgan boʻladi.
Toʻp uchun ham, elektron uchun ham tepalikdan pastga tushish oʻz-oʻzidan sodir boʻladi. Toʻp va elektron past energiya sathlariga qarab oʻz-oʻzidan harakatlanadi. Toʻpning pastga tomon harakati davomida uning yoʻlidan daraxt yoki ayiqqa oʻxshagan, u urilib qaytishi mumkin boʻlgan narsalar chiqishi mumkin. Biroq biz elektronlarni simlar yordamida yoʻnaltiramiz va ularni zanjirning maʼlum qismlari boʻylab oqishga majbur qilamiz.
[Nega oʻxshashlikdan foydalanish kerak?]
[Ushbu oʻxshashlikning kamchiliklari]
[Hali ham kuchlanish nimaligini tushunmadim]
Matematik nuqtayi nazardan, kuchlanish zaryadni koʻchirishda bajarilgan ishga teng:
\[V = \dfrac{\Delta U}{q}\]
Bu – kuchlanishni tushuntirishning sodda yoʻli.
|
| |