• TDrawGrid
  • Mavzu: C++ Builder Additional komponentlar palitrasi. Asosiy savollar




    Download 148,58 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/4
    Sana19.05.2024
    Hajmi148,58 Kb.
    #244469
    1   2   3   4
    Bog'liq
    8-mavzu

    TStringGrid 
     
    Ushbu komponentaga tegishli barcha xususiyatlarning nomlari va vazifalari bo’lib, 
    siz ulardan dasturni loyihalash bosqichida to’la foydalanishingiz mumkin. Ular keyingi 
    paragrafda tavsifi berilgan TDrawGrid komponentasi xususiyatlariga to’liq to’g’ri keladi. 
    Simvolli ketma-ketliklar bilan bog’liq barcha obyektlar kerakli obyektga murojaat 
    qilish imkonini beradigan Objects xususiyatida mujassam bo’lgan. Dastur bajarilish 
    paytida simvolli ketma-ketliklar va setka ustunining ular bilan bog’liq obyektlari Cols 
    xususiyati bilan adreslanadi. Rows xususiyati setka satrlari bilan xuddi shunday ish to’tish 
    imkonini beradi. Setkaning barcha simvolli ketma-ketliklari setkaning kerakli uyasini 
    adreslaydigan (manzillaydigan) Cells xususiyatida mujassamdir. 
    TDrawGrid 
     
    To’zilma holiga keltirilgan grafik ma’lumotlarni satrlar yoki ustunlar bo’yicha aks 
    ettirish uchun muntazam setka yaratadi. RowCount va ColCount xususiyatlari vertikal 
    bo’yicha va gorizontal bo’yicha setka uyalarining sonini belgilaydi. 
    Options xususiyatining qiymatlari setkaning turi (masalan, ustunlar orasida 
    ajratuvchi chiziqlarga ega bo’lgan setka turi) va uning xulq-atvorini (masalan, ustundan 
    ustunga Tab klavishasi bo’ylab o’tish) o’zgartirish imkonini beradi. Setkadagi ajratish 
    chiziqlarining eng GridLineWidth xususiyatli tomonidan belgilanadi, aylantirish 
    chiziqchalari esa ScrollBars xususiyati tomonidan qo’shiladi. FixedCold va FixedRows 
    xususiyatlari ustunlar va satrlarning aylantirilishini ta’qiqlab qo’yish imkonini beradi, 
    Fixed Color xususiyati esa barcha usutn va satrlarga ma’lum rang beradi. 
    DefaultDrawing xususiyatining true qiymati setka uyalarining ichidagilarini 
    avtomatik tarzda chizib ko’rsatadi, bunda uning foni, asosi va rangi yashirin tanlanadi. 
    Default Drawing xususiyatining false qiymatini o’rnatish uchun, setka uyalarini «qo’lda» 
    to’ldirish uchun mo’ljallangan OnDrawCell voqeasi qayta ishlatgichining yozilishini talab 
    qiladi. DefaultColWidths va DefaultRowHeights xususiyatlari yordamida yashirin 
    tanlanayotgan barcha ustunlar va satrlarning enini o’rnatish mumkin. ColWidth va 
    RowHeight xususiyatlari konkret ustun enini va konkret satr bo’yini spetsifikatsiyalaydi. 
    Dasturning ishlash paytida siz CellRest metodi yordamida biron-bir uyaning 
    rasmini chizish uchun ma’lum sohani o’z ixtiyoringizga olishingiz mumkin.
    MouseToCell metodi ustun raqami va sichqoncha kursori o’rnatilgan satr 
    uyasining koordinatalarini qaytarib beradi. Setkaning tanlab olingan uyasi Selection 


    xususiyatining qiymati bo’lib qoladi. 
    Dastur bajarilish paytida qaysi satr setkaning ustki satri bo’lishini aniqlash yoki 
    TopRow xususiyati yordamida ko’rsatilgan satrni ustki holatga qo’yib qo’yish 
    mumkin. Qaysi ustun setkaning ko’rinib turadigan usutni bo’lishini aniqlash uchun, 
    LeftCol xususiyatidan foydalaning. VisibleColCount va VisibleRowCount 
    xususiyatlarining qiymatlari setkaning ko’rinib turgan ustunlari va satrlarining 
    umumiy sonini spetsifikatsiyalaydi. 
    TImage 
    Shaklda grafik tasvir konteynerini yaratadi (bu bit obrazi, piktogarmma yoki 
    metafayla bo’lishi mumkin). 
    Tasvirlar fayllari muharririning darchasi Picture xususiyati qiymatlari 
    grafasidagi tugma bilan ochiladi. Konteyner o’z o’lchamlarini tasvirni to’liq 
    sig’diradigan qilib o’zgartirishi uchun, AutoSize xususiyatining true qiymatini 
    o’rnating. Kichikroq o’lchamdagi dastlabki tasvir butun konteynerga cho’zilib 
    ketishi uchun, Stretch xususiyatining true qiymatini o’rnating. 
    Tasvirlar fayllarining dinamik yuklanishi va saqlanishi uchun, Picture obyekt 
    xususiyatining LoadFromFile va SaveToFile metodlaridan qo’yidagi turlar 
    yordamida foydalaning: 
    Image->Picture->LoadFromFile(«nomi>»); Image-> Picture -
    >SaveToFile(«»); 
    TShape 
    Aylana va ellips, kvadrat va to’g’ri to’rtburchak (burchaklarini yumaloqlash 
    mumkin) kabi oddiy geometrik shakllarning rasmini chizadi. 
    Tanlab olingan geometrik shaklning turini Shape xususiyati, rang va bo’yash 
    usulini Brush komponentasiga joylangan ikkita Color va Style xususiyatlari 
    aniqlaydi. Shakllarning o’lchamlarini ham tegishli xususiyatlar aniqlaydi. 
    TBevel 
    Xuddi uskuna bilan o’yilgandek xajmli ko’rinadigan chiziqlar, box lar yoki 
    ramkalarni yaratadi. 
    Komponenta chizayotgan obyektni Shape xususiyati aniqlaydi, Style 
    xususiyatining qiymati esa obyekt ko’rinishini o’zgartirib, uni bo’rtiq yoki botiq 
    holga keltiradi. Foydalanuvchi shakl o’lchamlarini o’zgartirganda ham obyektning 


    nisbiy holatini o’zgarmas qoldirish uchun, Align xususiyatining true qiymatini 
    o’rnating. 

    Download 148,58 Kb.
    1   2   3   4




    Download 148,58 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: C++ Builder Additional komponentlar palitrasi. Asosiy savollar

    Download 148,58 Kb.
    Pdf ko'rish