TScrollBox
Darchada o’lchamlari o’zgaruvchan
box ni yaratadi,
bu box shu topdayoq
avtomatik tarzda zaruratga ko’ra aylantirish lineykalari bilan ta’minlanadi.
Aylantirib ko’rish boksi yordamida darchaning
ayrim sohalarini aylantirib
ko’rishdan himoyalash mumkin. Masalan, Instrumentlar
paneli va holat panelini
himoyalash uchun, avval darchani aylantirish lineykasini berkitib qo’ying,
keyin esa
aylantirish boksiini mijoz sohasida Instrumentlar paneli va holat paneli o’rtasida
joylashtiring. Boksni aylantirib ko’rish lineykasi darchaga tegishli bo’lib ko’rinadi, biroq
aylantirish faqat boks ichida amalga oshiriladi.
Aylantirib ko’rish bokslaridan yana boshqachasiga ham foydalanish mumkin: ular biron-
bir darchada ko’plab aylantirib ko’rilayotgan sohalar (turlar) yaratish imkonini beradi.
Turlar ko’pincha tijoriy matn protsessorlarida, buxgalteriya dasturlarida va loyihalarni
rejalashtirish dasturlarida qo’llanadi. Aylantirib ko’rish boksi boshqa komponentlarga,
masalan TButton va TCheckBox ga ham ega bo’lishi mumkin.