• TBitBtn va TSpeedButton
  • TSpeedButton
  • TSpeedButton va TBitBtn tugmalari




    Download 148,58 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/4
    Sana19.05.2024
    Hajmi148,58 Kb.
    #244469
    1   2   3   4
    Bog'liq
    8-mavzu

    TSpeedButton va TBitBtn tugmalari. 
    Bu tugmalar 
    TButton 
    vazifalarini bajaradi. Yagona farqi matndan tashqari 
    racmlarni ham aks ettiradi. 
    TSpeedButton 
    tugmasi fokus olmaydi. Bu shuni bildiradiki, 
    agar matn qatorida satr terib, bu tugma bosilsa, shu hodisa qayta ishlangandan so’ng 
    fokus yana matn qatoriga qaytib keladi. TAB tugmasi bilan bu tugmani ajratib 
    bo’lmaydi. 


    Tugmaga rasm o’rnatish uchun ikki marta 
    Glyph 
    xossasi qatorida chertish lozim. 
    Natijada rasm paydo bo’lgan yuklash oynasida 
    Load 
    tugmasini bosish lozim. Ko‘p 
    rasmlar Program Files\Common Files\Borland Shared\Images \Buttons katalogida 
    joylashgandir. 
    TBitBtn 
    va 
    TSpeedButton 
    tugmalari deyarli bir xil xossalarga egadir. Ular uchun 
    umumiy 
    Layout
    , xossasi rasm va matn o’zaro joylashuvini o’zgartirishga imkon beradi. 
    Quyidagi rasmda har xil qiymatlar mos variantlari ko’rsatilgan 


    TBitBtn 
    tugmasining yana bir xossasi 
    Kind 
    bo’lib oldindan tayyorlangan standart 
    tugmalarni tanlash imkonini beradi. Quyidagi rasmda standart tugmalar va ularga mos 
    qiymatlarni ko’rish mumkin. 


    YAna bir xossa ModalResult – dialog oynasi uchun tugma qaytaradigan 
    natijani tanlashga imkon beradi. 
    TSpeedButton 
    tugmasining 
    GroupIndex 
    xossasi tugmalarni guruhlashga 
    imkon beradi. Buning uchun bir guruhga tegishli tugmalarning 
    GroupIndex 
    xossasi 
    bir xil qiymatga masalan 1 ga teng bo’lishi kerak. Guruhlangan tugmalarning biri 
    bosilsa, qolganlaridan ajralib qoladi. Buning uchun 
    Down 
    xossasi qiymati 
    true 
    ga 
    teng bo’lishi kerak. 
    TmaskEdit 
    O’ziga xos formatdagi ma’lumotlarning tahrir qilinadigan nazoratdagi 
    to’rtburchak sohasini yaratadi. Kiritilayotgan matnning to’g’riligi ruxsat etilgan 
    formatlarni kodlovchi niqob vositasida tekshiriladi. Bu formatlarga matn kiritilgan 
    va foydalanuvchiga taqdim etilgan bo’lishi mumkin (sana, vaqt, telefon raqami va 
    h.k.). EditMask xususiyati joriy niqob kodini saqlaydi. Niqoblar muharriri darchasi 
    (40-rasm) ushbu xususiyat qiymatlari grafasida tugma bilan ochiladi. 
    40-rasm. Telefon raqamlarini kiritish uchun niqobni yaratish 
    TMaskEdit komponentasi TCustomMaskEdit sinfining to’g’ridan-to’g’ri 
    hosilasidir. U satrlar yoki ustunlar bo’yicha belgili ketma-ketliklarni aks ettirish 
    uchun mo’ljallangan muntazam (regulyar) to’rni yaratadi. 



    Download 148,58 Kb.
    1   2   3   4




    Download 148,58 Kb.
    Pdf ko'rish