1-amaliy mashg’ulot Mavzu: Axborot almashinish mexanizmi. Kompyuter tarmoqlarining asosiy turlari




Download 13,38 Kb.
bet2/2
Sana14.05.2024
Hajmi13,38 Kb.
#231346
1   2
Bog'liq
1-amaliy mashg’ulot Mavzu Axborot almashinish mexanizmi. Kompyu-fayllar.org

Metropolitan Area Network) mavjudligini qayd qilishadi, odatda ular global
tarmoqlarga yaqin bо'lib, ba‘zida mahalliy tarmoqlarning ba‘zi xususiyatlariga ham
ega bо'ladilar. Masalan, yuqori sifatli aloqa kanallari va nisbatan yuqori tezlikdagi
axborot almashinuvi bilan о'xshashdir. Bu xususiyat shaxar tarmog'i ham mahalliy
tarmoq (MXT afzalliklari bilan) bо'lishi mumkin ekanligini kо'rsatadi. Haqiqatdan,
hozirda mahalliy tarmoq bilan global tarmoqning aniq chegarasini о'tkazish mumkin
bо'lmay qoldi. Kо'pchilik mahalliy tarmoqlarda global tarmoqqa chiqish imkoniyati
bor, lekin axborotni uzatish, axborot almashinuvini tashkil qilish prinsipi, odatda
global tarmoqda qabul qilingandan ancha farq qiladi. Mahalliy tarmoqdan
foydalanuvchilar uchun global tarmoqqa ulanish imkoniyati faqatgina bir resursgina
bо'lib qoladi xolos.Mahalliy hisoblash (MHT) tarmoqdan har turdagi raqamli
axborot uzatilishi mumkin: axborotlar, tasvirlar, telefon sо'zlashuvlari, elektron
xatlar va x. k. Tasvirlarni uzatish masalasi, ayniqsa tо'laqon dinamik tasvirlarni
uzatish tarmoqdan yuqori tezlik talab qiladi. Odatda mahalliy tarmoqda quyidagi
resurslardan; disk maydonidan, printerlaridan va global tarmoqqa chiqish


imkoniyatlaridan birgalikda foydalaniladi. Lekin bu imkoniyatlar mahalliy tarmoq


vositalarining imkoniyatlarini bir qismidir. Masalan, ular har turdagi
kompyuterlararo axborot almashinuvini ham amalga oshiradi. Tarmoq abonenti
bо'lib faqat kompyuter emas, balki boshqa qurilmalar ham bо'la oladi. Masalan
printerlar, plotterlar. Mahalliy tarmoqlar tarmoqning hamma kompyuterlarida
parallel hisoblash sistemasini tashkil qilish imoniyatini beradi. Bunday tizim
murakkab matematik masalalarni yechishni kо'p marotaba tezlashtiradi. Shuningdek
mahalliy tarmoqlar yordamida murakkab texnologik jarayonlarni ham boshqarish
mumkin yoki bir vaqtning о'zida bir necha kompyuter yordamida tadqiqot
qurilmalarini ham boshqarish imkonini beradi.Lekin xotiradan chaqirish kerak
emaski, mahalliy hisoblash tarmoqlarning ham ba‘zi kamchiliklari bor. Xodimlarni
о'qitishga, qо'shimcha qurilmalarga, tarmoq dasturiy ta‘minotiga, ulash kabellariga
qо'shimcha sarflanadigan mablag'dan tashqari tarmoqni rivojlantirish, resurslariga
ega bо'lishni boshqarish,bо'lishi mumkin bо'lgan nosozliklarni tuzatish va tarmoqni
ishlashini
nazorat
qiluvchi, ya‘ni tarmoqning boshqaruvchisi ma‘mur
(administrator) bо'lishi kerak. Tarmoq kompyuterni joyidan kо'chirilishini
chegaralaydi, aks holda ulash uchun kabellar о'tkazish lozim bо'ladi, bundan
tashqari, tarmoq viruslarni tarqalishi uchun qulay muhitga egadir, shuning uchun
alohida kompyuterlarga qaraganda himoya masalalariga katta eʻtibor berilishi
lozim.
Shu mavzu doirasida tarmoq nazariyasining muhim tushunchalaridan bо'lgan server
va mijoz tushunchalarini ham kо'rish darkordir.
Server – tarmoq abonenti bо'lib, u о'z resurslarini boshqa abonentlarga
foydalanishga berib, lekin о'zi boshqa abonentlar resurslaridan foydalanmaydi, ya‘ni
faqat tarmoqqa ishlaydi. Tarmoqda server bir nechta bо'lishi mumkin. Ajratilgan
server-bu server faqat tarmoq masalalari uchun xizmat qiladi. Ajratilmagan server
tarmoqqa xizmat kо'rsatishdan tashqari boshqa masalalarni ham hal qilishi mumkin.
Mijoz – faqat tarmoq resurslaridan foydalanib, tarmoqqa о'z resurslarini
ajratmaydigan tarmoq abonentiga aytiladi, ya‘ni tarmoq unga xizmat qiladi.



Kompyuter – mijoz ham kо'pincha ish stansiyasi deyiladi. Odatda har bir kompyuter


bir vaqtning о'zida ham mijoz va shuningdek server bо'lishi mumkin. Kо'pincha
server va mijozni kompyuterni о'zi deb tushunilmaydi, bu kompyuterda
ishlatilayotgan dasturiy ilovalarni tushuniladi. Bu holda tarmoqqa о'z resurslarini
berayotgan ilova serverdir, faqat tarmoq resurslaridan foydalanayotgan ilova esa
mijozdir.



http://fayllar.org
Download 13,38 Kb.
1   2




Download 13,38 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-amaliy mashg’ulot Mavzu: Axborot almashinish mexanizmi. Kompyuter tarmoqlarining asosiy turlari

Download 13,38 Kb.