1-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Qisqa tutashuv toklarini nomli va nisbiy birliklarda aniqlash Nazariy qism. Qisqa tutashuv turlari




Download 340,73 Kb.
bet1/3
Sana20.01.2024
Hajmi340,73 Kb.
#141689
  1   2   3
Bog'liq
1-amaliy mashg\'ulot


1-Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Qisqa tutashuv toklarini nomli va nisbiy birliklarda aniqlash
Nazariy qism. Qisqa tutashuv turlari
Energetika tizimidagi ko‘pgina shikastlanishlar fazalarning o‘zaro va yer bilan qisqa tutashishlariga olib keladi. Shikastlanishlarning asosiy sabablariga izolyatsiyaning buzilishi, eskirishi, kuchlanishning normadan oshib ketishi, xizmat ko‘rsatuvchi shaxslarning noto‘g‘ri amali va xatolari, ajratqichni kuchlanish ostida uzish, qisqa tutashtirgich ulangan holda kuchlanishni berilishlari kiradi.
Barcha shikastlanishlar qurilmalarning kamchiligi va mukammal emasligi, noto‘g‘ri o‘rnatilganligi, noto‘g‘ri loyihalanganligi, qurilmaga qoniqarsiz va noto‘g‘ri xizmat ko‘rsatilganligi, qurilmaning noto‘g‘ri holatda ishlaganligi natijasida yuzaga keladi va ro‘y beradi. Shuning uchun shikastlanishni oldini olish mumkin, lekin shikastlanish holati- ning muqarrarligini unutmaslik kerak. Qisqa tutashuv shikastlanishga olib keladigan eng xavfli va og‘ir holatdir. Qisqa tutashuv paytida manbaning E.Yu.K. transformator yoki liniyalarning kichik qarshiligi orqali tutashib qoladi.
E.Yu.Ki qisqa tutashgan yopiq elektr konturlarida qisqa tutashuv toki deb nomlangan Iq.t. katta tok oqadi. 1.1-rasmda qisqa tutashuvning turlari keltirilgan.
Qisqa tutashuv paytida tokning ortishi natijasida elektr tizimining elementlaridagi kuchlanishning miqdori kamayadi. Bu, o‘z navbatida, elektr liniyaning barcha nuqtalarida kuchlanishning kamayishiga olib keladi, ya’ni:
Um=E – Iq.t∙Zm
bu yerda: E – manbaning E.Yu.Ki;
Zm – manbadan qisqa tutashuv nuqtasigacha bo‘lgan uchastkaning qarshiligi.



1.1-rasm. Elektr qurilmalarida uchraydigan shikastlanishlar turlari:
a, b, c – uch fazali, ikki fazali va bir fazali qisqa tutashuv;
d va i – ikki fazani va bir fazani yer bilan neytrali yerga ulangan tarmoqlarda ulanishi.
Qisqa tutashuv paytida kuchlanishning kamayishi va tokning ortishi quyidagi xavfli natijalarni yuzaga keltiradi:
a) Joul-Lens qonuniga asosan qisqa tutashuv toki Iq.t R – qarshilikda t vaqt mobaynida Q=kI2Rt issiqlik ajralishiga olib keladi.
Shikastlangan joylarda bu issiqlik va elektr yoyi katta miqdorda buzilishlarga olib keladi. Bu buzilishlarning natijalari Iq.t ga va t vaqtga bog‘liq. Iq.t. ning miqdori normal tok In dan shu qadar katta bo‘lishi mumkinki, izolyatsiyalar va tok o‘tkazgich qismlarini qattiq shikastlantiradi.
b) qisqa tutashuv paytida kuchlanishning tushuvi elektr iste’molchilarining ishlashiga xavfli ta’sir qiladi.
Elektr energiyasining asosiy iste’molchisi asinxron motorlardir. Asinxron motorlarning aylantirish momentlari kuchlanishga propor- sional ME ≡ kU2. Shuning uchun asinxron motorlarda kuchlanishning pasayishi paytida, motorlarning aylantirish momenti mexanizmlarning qarshilik momentlaridan kichik bo‘lib qolishi mumkin. Bu ularni to‘xtashiga olib keladi.
Kuchlanishning tushuvi EHM (boshqaruvchi va hisoblovchi) larga katta ta’sir qiladi:
d) Kuchlanish tushuvining eng xavfli va og‘ir oqibatlaridan biri bu generatorlar va elektr tizimlarining turg‘un parallel ishlashlariga zarar yetishidir. Bu barcha iste’molchilarni energiyasiz qolishiga olib keladi. Buni 1.2- b rasmda izohlash mumkin.
Normal holatda turbinaning mexanik aylanish momenti generatorning elektr yuki tomonidan hosil qilinadigan teskari ta’sir qiluvchi momentga tengdir. Buning natijasida generatorning aylanish tezligi o‘zgarmas va sinxrondir.

1.2-rasm. Qisqa tutashuvning kuchlanish tushuviga ta’siri:
a) iste’molchilarga; b) energosistemaga; c) to‘gri, teskari va nol ketma-ketlik kuchlanishlari diagrammasi.
K nuqtada qisqa tutashish sodir bo‘lganda A elektrostansiyasining shinasidagi kuchlanish nolga yaqin bo‘ladi. Bu holda elektr yuk va bu bilan bog‘liq generatorlarning teskari ta’sir qiluvchi momenti nolga teng bo‘ladi. Bu vaqtda turbinaga oldingi miqdordagi bug‘ (yoki suv) ta’sir etaveradi va uning momenti o‘zgarmaydi. Buning natijasida gen- eratorning aylanish tezligi tez ortadi, chunki turbinaning aylanishini boshqaruvchi qurilma sekin ta’sir qiladi va A stansiya generatorlari aylanish tezligini birdan kamaytira olmaydi.
B stansiya generatorlari boshqa sharoitda bo‘ladilar, ular K nuqtadan uzoqdalar, shuning uchun ularning shinalaridagi kuchlanish normaga yaqin. A stansiya generatorlarini yuklari yengillashgani sababli barcha yuk B stansiya generatorlariga tushadi. Buning natijasida ular ko‘proq yuklanadilar va aylanish tezliklarini kamaytiradi.
Shunday qilib qisqa tutashuv natijasida A va B stansiyalarining generatorlarini aylanish tezliklari har xil bo‘ladi va bu ularning sinxron ishlashlarining buzilishiga olib keladi.
Uzoq vaqt davom etgan qisqa tutashuv (1.3-rasm) asinxron elektromotorlarning turg‘un ishlashlarini ham buzadi. Kuchlanishning qiy- mati pasayganda asinxron elektr motorning aylanish tezligi kamayadi. Agar sirpanish kritik nuqtadan o‘tib kelsa, motor noturg‘un ishlash jarayoniga o‘tadi va to‘liq to‘xtash yuz beradi.
Sirpanishning ortishi bilan asinxron elektr motor iste’mol qilayotgan reaktiv quvvat ortadi va bu qisqa tutashuv tugagandan so‘ng tizimda reaktiv quvvat yetishmovchiligiga olib keladi. Buning natijasida tizimda kuchlanishning shiddatli kamayishi sodir bo‘ladi.
Elektr tizimining turg‘unligini bu- zilishi bilan bog‘liq bo‘lgan shikastlanish isrof bo‘yicha eng katta va og‘ir shikastlanishlardan hisoblanadi.

1.3-rasm. Uzoq vaqt ruxsat etilgan yuklanish vaqtini tokning kattaligiga bog‘liqligi, t=f(I); In – qurilmaning nominal toki.
Neytrali izolyatsiyalangan elektr liniyasining yer bilan ulanishi.
1.1 - c rasmda ko‘rsatilgandek ulanish qisqa tutashuvga kirmaydi, undan farq qiladi, chunki shikastlangan C faza E.Yu.Ki K nuqtada yerga ulangani bilan manba bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanmaydi, ya’ni bunda hosil bo‘lgan shikastlanish toki o‘tkazgich bilan yer orasidagi sig‘im orqali manba bilan tutashadi, shuning uchun u kam miqdorga ega.

Download 340,73 Kb.
  1   2   3




Download 340,73 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Qisqa tutashuv toklarini nomli va nisbiy birliklarda aniqlash Nazariy qism. Qisqa tutashuv turlari

Download 340,73 Kb.