Amaliy qism. Qisqa tutashuv toklarini hisoblash




Download 340,73 Kb.
bet2/3
Sana20.01.2024
Hajmi340,73 Kb.
#141689
1   2   3
Bog'liq
1-amaliy mashg\'ulot

Amaliy qism. Qisqa tutashuv toklarini hisoblash
Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan qisqa tutashuv toklarini (QT) hisoblash releli himoyani sozlash va QT toklarini chegaralovchi tadbirlarni amalga oshirish uchun hamda apparatlarni tanlash uchun zarur.
QT toklarini hisoblash oson bo‘lishi uchun quyidagi cheklanishlar qabul qilinadi:
1. Magnit tizimlaridagi to‘yinish hisobga olinmaydi.
2. Kuch transformatorlarining magnitlovchi toklari e’tiborga olin- maydi.
3. Havo va kabel liniyalardagi sig‘imlar hisobga kirmaydi.
4. Uch fazali tizim simmetrik deb faraz qilinadi.
QT toklarini hisoblash tartibi:
1. Tizimning bir chiziqli hisoblash sxemasi chiziladi.
2. QT ni shartli o‘rni tanlanadi.
3. Bazoviy shart tanlanib, barcha elementlarning qarshiliklari nis- biy birlikka keltiradi. Almashtiruv sxemasi tuziladi.
4. Sxema soddalashtiriladi.
5. QT toki aniqlanadi.
Hisoblash sxemasi tizimning normal ish holati uchun tuziladi. Re- aktorlar, transformatorlar, havo va kabel liniyalarining nominal para- metrlari beriladi.
Hisob kuchlanishning o‘rtacha qiymatida olib boriladi, ya’ni
Unom=0,4; 6,3; 10,5; 37; 115; 230 kV.
Almashtiruv sxemada QT nuqtasi va shu nuqtagacha faqat tok o‘tayotgan elementlar ko‘rsatiladi. Bazoviy kuchlanish QT joyidagi o‘rtacha kuchlanishga teng qilib olinadi.
Bazoviy quvvatni 10 yoki 100 MVA ga teng deb olish mumkin.
Unda bazoviy tok:

Sxemadagi elementlarning boshlang‘ich parametrlari ma’lumotnomalardan aniqlanadi.
Qarshiliklarning nisbiy bazoviy qiymatlarini aniqlash quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan (1.1 - jadval).
1.1 - jadval

Almashtirish sxemasida o‘zgartirishlar manbadan QT nuqtasiga tomon olib beriladi (1.2-jadval).
Agar qarshiliklar nisbiy birliklarda hisoblangan bo‘lsa, QT toki quyidagicha aniqlanadi:

Bu yerda:
X**n – QT nuqtasidan manbaga bo‘lgan natijaviy qarshilik.
1.2 - jadval

UO‘R – QT sodir bo‘lgan nuqtadagi o‘rtacha kuchlanish.
Hisoblash nomli birliklarda olib borilganda, QT toki quyidagicha aniqlanadi.

Bu yerda: UO‘R – QT sodir bo‘lgan joydagi kuchlanishning o‘rtacha qiymati, kV; XN – manbadan QT nuqtasigacha bo‘lgan natijaviy qarshilik, Om. Hisoblashda aktiv qarshilik ham inobatga olinsa,

Bu yerda:– natijaviy to‘la qarshilik.
QT tokining miqdoriga qarab elektr apparatlari, izolyatorlar, shina va kabellar tanlanadi, releli himoya sozlanadi.

Download 340,73 Kb.
1   2   3




Download 340,73 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Amaliy qism. Qisqa tutashuv toklarini hisoblash

Download 340,73 Kb.