1-amaliy mashg‘ulot mavzu: Windows operatsion tizimini kompyuterga o‘rnatish




Download 0.89 Mb.
Sana16.03.2024
Hajmi0.89 Mb.
#173887
Bog'liq
1-Амалий машғулот
referees pla yav, Seksiya va komanderlarni tayinlash to\'g\'risidagi buyruq, 2 amaliy, ona-tili-darslarida-so-z-birikmasi-mavzusini-o-rgatish, autoref-nedostatochnost-antitrombina-kak-prediktor-neblagopriyatnogo-iskhoda-i-pokazanie-k-zamestite, INTERNET M NORBEKOV, marketing-shpargalka, KUNDALIK 2-kurs uchun, Miywe, Login, lord-of-the-flies removed, LaTex dasturida hujjatlar bilan ishlash-fayllar.org, 3-Амалий машғулотлар, Operatsion tizimlar fanidan 2 amaliy mashg’ulot 4 soat Mavzu



1-AMALIY MASHG‘ULOT

Mavzu: Windows operatsion tizimini kompyuterga o‘rnatish.



1.Windows OT ning o‘rnatuvchi paketi; 2. Rufus dasturi

Fleshkani kompyuterga ulaymiz va rufus dasturiniishga tushuramiz. So‘ng rufus dasturining quyidagi bo‘limlari haqida tushunchaga ega bo‘lamiz:
1. Ulangan fleshkamiz nomi va hajmini ko‘rsatadi (Windwos OT ining 7, 8, 8.1 va 10 versiyalari paketini fleshkaga yozish uchun bizga fleshkaning hajmi 8 Gbdan kam bo‘lmagani kerak bo‘ladi);
2. Qanday turdagi sxema va interfeys orqali Windows OT ini kompyuterga yozish turini belgilanadigan bo‘lim Windows OT ini o‘rnatish uchun men MBR sxemasi va BIOS interfeysidan foydalanaman;
3. Fayl tizimi ya'ni biz fleshkaga Windows OT paketini yozilganda qanday usulda yozilish kerakligini belgilayman. Bu fayl tizimi Windows uchun NTFS bo‘ladi
4. Klaster o‘lchami yoki hajmi — bu ham standart Windows OT ini o‘rnatish uchun 4096 bayt bo‘ladi;
5. Fleshkamizning Windows OT ini o‘rnatuvchi paketi yozilgandan keying nomi qanday bo‘lishi shu yerda yoziladi;
6. Bu yerdaf ormatlash sozlamalari keltirilgan.
ESLATMA!!! Yuqoridagi barcha parametrlarsiz Windows ning o‘rnatuvchi paketini tanlagan vaqtingiz avtomatik sozlanadi. Rasmda ko‘rsatilgan tugmani bosamiz
Bizda quyidagicha oyna ochiladi va biz oldindan ko‘chirib olgan Windows OT ining o‘rnatuvchi paketini tanlaymiz

Mana bizning parametrlarimiz avtomatik sozlandi. Endi biz «Старт» tugmasini bosamiz

Bizda «fleshkamizda biron ma'lumot mavjud bo‘lsa u o‘chib ketishi» haqida ogohlantiruvchi oyna ochiladi. Albatta biz agar fleshkamizda kerakli ma'lumot mavjud bo‘lmasa «OK» tugmasini bosamiz.

Bizda quyidagicha «Готов» yozuvi chiqganda Windows OT ning o‘rnatiluvchi paketi yozilgan bo‘ladi
Mana endi bizda Windows OT ni o‘rnatuvchi paketi yozilgan fleshkamiz mavjud. Endigi galda qiladigan ishimiz bu BIOS ni sozlash. Demak, siz bilan BIOS haqida gaplashamiz. “BIOS” termini IBM firmasi tomonidan kompyuter bilan mos bo‘lgan qurilmalarga nisbatan qo‘llaniladi. Boshqa firmalar tomonidan ishlab chiqarilgan kompyuter qurilmalarida “PROM” yoki “Boot” terminlari qo‘llaniladi. Agarda siz sotib olgan noutbuk yoki kompyuteringizda windows belgisi bo‘lsa, siz qo‘rqmasdan “BIOS” terminini qo‘llasangiz bo‘ladi. «BIOS» — bu har bir kompyuter yoki noutbukning tizimo sti tizimidir. Ya'ni, siz kompyuteringizga biror bir windows (xp, 7, 8,10) o‘rnatmagan bo‘lsangiz ham sizning kompyuter/noutbukingizda operatsion tizim mavjud. Faqat uning vazifasiga rasm/video ko‘rish, qo‘shiq eshitishni ta'minlash emas, foydalanuvchi o‘ziga mos OperatsionTizim (OT) ni o‘rnatishini ta'minlab turishdir.
“BIOS” kompyuterning doimiy xotirasiga o‘rnatilmaydi, shuning uchun operatsion tizimingiz o‘chib ketsa ham BIOS hech ham o‘chmaydi.
BIOS ga kirish qiyin emas, buning uchun kompyuteringizni yoqasiz (yoki qayta ishga tushirasiz) va monitor tasvir uzatishi bilan quyidagi tugmalarni bosasiz: F2 + Delete tugmalarini birgalikda qayta va qayta bosasiz – bu deyarli barcha kompyuterlar uchun BIOS ga kirishni ta’minlovchi tugmalar kombinatsiyasi hisoblanadi. Lekin, noutbuklarda bu masala biroz chalkashroq. Noutbuklarni ishlab chiqaruvchi firmalar odatda o‘zlarining BIOS ga kirish kombinatsiyalarini kiritadi. Noutbuklarida BIOSga kirish quyidagi tartiblarda biri orqali amalga oshiriladi:

  • F2 – odatda Acer, Asus, Fujitsu-Siemens, Panasonic, Samsung, Sony, Toshiba, Dell и Lenovo noutbuklari uchun;

  • F2 + delete — agar yuqoridagi yordam bermasa Acer, Asus, Fujitsu-Siemens, Panasonic, Samsung, Sony, Toshiba, Dell и Lenovo noutbuklari uchun;

  • F2+Fn — agar u ham yordam bermasa Acer, Asus, Fujitsu-Siemens, Panasonic, Samsung, Sony, Toshiba, Dell и Lenovo noutbuklari uchun;

  • Esc – ayrim Toshiba noutbuklarida F2 ni o‘rnida qo‘llaniladi;

  • F10 –Hewlett Packard (HP) noutbuklarida, hamda atyrim Dell noutbuklarida qo‘llaniladi;

  • F1 – ba'zi Lenovo/IBM noutbuklarida qo‘llanilishi mumkin;

  • Agarda sizda kamyob turdagi noutbuk bo‘lsa, unda quyidagi kombinatsiyalardan birini qo‘llab ko‘ring: Ctrl+Alt+Esc, Ctrl+Alt+S, Ctrl+Alt+Del, Ctrl+Alt+Ins, Ctrl+Alt+Enter, Fn+F1, Ctrl+Ins

BIOS odatda ko‘k rangli, zerikarli muhitdir

Hozirgi kunda zamonaviy ko‘rinishdagi BIOS lar ham keng tarqalmoqda Windows o‘rnatilgan diskovod yoki fleshkani ishga tushirish uchun BIOS ga kiriladiva u yerdan BOOT qismi topiladi.

U yerda o‘zimga kerakli disk/fleshkani 1-o‘ringa qo‘yamiz.
1-o‘ringa qo‘yish har bir BIOS tizimida uning yangi eskiligi, ishlab chiqargan firmasiga qarab turlicha amalga oshiriladi. Jumladan, eski turdagi BIOSlardasiz 1-o‘rinda turga qurilma nomiga bossangiz, u sizga mavjud qurilmalar ro‘yxatini ko‘rsatadi, siz shulardan o‘zingizga keragini birinchi o‘ringa qo‘yasiz, birinch io‘rinda turgani esa tanlangan qurilmaning o‘rnini egallaydi.
Yangiroq turdagi BIOS larda esa bu amaliyot F5 va F6 tugmalari (yoki boshqa F tugmalarda) amalga oshiriladi. Ya’ni, siz o‘zingizga kerakli disk/fleshka nomini belgilaysizvayo F5 (past) yo F6 (tepa) tugmalarini bosgan holda tartibini o‘zgartirasiz.
Boshqa turdagi BIOS larda (“POST” yoki “Boot”) bu boshqacha tarzda amalga oshirilishi mumkin (F1 va F2; “+” va “-” va boshqacha tarzda). Biz BIOS ni sozlamasini sozladik endi fleshkani kompyuterga ulaymiz va kompyuterniyoqamiz. Qora ekranimiz chiqishi bilan istalgan klaviaturani klavishlaridan biri bir necha bor bosamiz.

Bizda Windows ni qaysi tilde o‘rnatish haqida so‘rov chiqadi. Shuni tanlab so‘ng «Next» tugmasini bosamiz
Bu oynada «Install» now tugmasini bosamiz

So‘ngra biz «Лицензионноесоглашение» ga qabul qilaman deb galochkani belgilaymiz va «Next» tugmasin ibosamiz

Bu yerda Windows ni o‘rnatish boyicha turini tanlimiz. Bizga boshidan o‘rnatish kerakligi sababli biz «Выборочная» ni tanlimiz

Windows OT o‘rnatadigan joyni tanlaymiz va «Далее» tugmasini bosamiz

So‘ng bizda Windows OT ini o‘rnatish jarayoni boshlanadi

O‘rnatish tugagandan so‘ng bizga kompyuterimizning nomini kiritishimiz talab etiladi va o‘zimiz istagan fon rangini tanlashimiz mumkin

«Использовать стандартные параметры» tanlaymiz

Foydalanuvchi nomi, parol va parol uchun kalit so‘z kiritamiz (o‘tgan darslarda yangi foydalanuvchi yaratishni ko‘rgan edik. Bu yerda ham xuddi jarayonni bajaramiz)

Windows OT ining sozlamalari tugashini kutamiz

Sozlamalar tugaganda so‘ng bizda quyidagicha yozuv paydo bo‘ladi

Mana bizning Windows 8.1OTmiz
Nazorat savollari

  1. Kompyuterga yang operatsion tizim o‘rnatish ketma-ketligin tushuntiring?

  2. Kerakli drayverlarni qanday o‘rnatsa bo‘ladi?

  3. Yangi dasturlarni o‘rnatishni tushuntiring?




Download 0.89 Mb.




Download 0.89 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-amaliy mashg‘ulot mavzu: Windows operatsion tizimini kompyuterga o‘rnatish

Download 0.89 Mb.