• Matematik model
  •   Matematik modellashtirish va uning bosqichlari




    Download 213,67 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/3
    Sana16.09.2024
    Hajmi213,67 Kb.
    #271278
    1   2   3
    Bog'liq
    1-amaliy

    2. 
    Matematik modellashtirish va uning bosqichlari
     
    Matematik modellashtirish aniq fanlardagi turli amaliy masalalarni yechishda 
    muvaffaqiyat bilan qo`llanib kelinmoqda. Matematik modellashtirish uslubi 
    masalani xarakterlaydigan u yoki bu kattalikni miqdor jixatdan ifodalash, so`ngra 
    bog`liqdigini o`rganish imkoniyatini beradi. 
    Uslub asosida matematik model tushunchasi yotadi. 
    Matematik model
    deb o`rganilayotgan ob`ektni matematik formula yoki 
    algoritm 
    ko`rinishida 
    ifodalangan 
    xarakteristikalari 
    orasidagi 
    funksional 
    bog`lanishga aytiladi. 
    Kompyuter ixtiro etilganidan so`ng matematik modellashning ahamiyati 
    keskin oshdi. Murakkab texnik, iqtisodiy va ijtimoiy tizimlarni yaratish, so`ngra 
    ularni kompyuterlar yordamida tatbiq etishning xaqiqiy imkoniyati paydo bo`ldi. 
    Endilikda ob`ekt, ya`ni haqiqiy tizim ustida emas, balki uni almashtiruvchi 
    matematik model ustida tajriba o`tkazila boshlandi. 
    Matematik modellashda berilgan fizik jarayonlarning matematik ifodalari 
    modellashtiriladi. Matematik model tashqi dunyoning matematik belgilar bilan 
    ifodalangan qandaydir hodisalari sinfining taqribiy tavsifidir. Matematik model 
    tashqi dunyoni bilish, shuningdek, oldindan aytib berish va boshqarishning kuchli 
    uslubi hisoblanadi. 
    Matematik modelni tahlil qilish o`rganilayotgan hodisaning mohiyatiga 
    singish imkoniyatini beradi. Hodisalarni matematik model yordamida o`rganish to`rt 
    bosqichda amalga oshiriladi. 
    Birinchi bosqich 
    - modelning asosiy ob`ektlarini bog`lovchi qonunlarni 
    ifodalash.
    Ikkinchi bosqich
    - modeldagi matematik masalalarni tekshirish. 
    Uchinchi bosqich
    - modelning qabul qilingan amaliyot mezonlarini 
    qanoatlantirishini aniqlash. Boshqacha aytganda, modeldan olingan nazariy natijalar 
    bilan olingan ob`ektni kuzatish natijalari mos kelishi masalasini aniqdash. 
    To`rtinchi bosqich
    - o`rganilayotgan hodisa haqidagi ma`lumotlarni jamlash 
    orqali modelning navbatdagi tahlilini o`tkazish va uni rivojlantirish, aniqdashtirish. 
    1
    K.Safoeva Matematik programmalash. O’quv qo’llanma. T.:UAJBHT, 2004 y. 


    Shunday qilib, modellashtirishning asosiy mazmunini ob`ektni dastlabki 
    o`rganish asosida modelni tajriba orqali va (yoki) nazariy tahlil qilish, natijalarni 
    ob`ekt haqidagi ma`lumotlar bilan taqqoslash, modelni tuzatish (takomillashtirish) 
    va shu kabilar tashkil etadi. 
    Matematik model tuzish uchun, dastlab masala rasmiylashtiriladi. Masala 
    mazmuniga mos holda zarur belgilar kiritiladi. So`ngra kattaliklar orasida formula 
    yoki algoritm ko`rinishida yozilgan funksional bog`lanish hosil qilinadi. 

    Download 213,67 Kb.
    1   2   3




    Download 213,67 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



      Matematik modellashtirish va uning bosqichlari

    Download 213,67 Kb.
    Pdf ko'rish