|
-rasm. Yulduzsimon topologiya
|
bet | 14/35 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 1,69 Mb. | | #250113 |
Bog'liq 1-Amaliy mashg’ulot (1)5-rasm. Yulduzsimon topologiya
Tarmoq markazida shu topologiyali kompyuter emas, balki konsentrator, yoki xab (HUB), repiterga o‘xshab o‘sha funksiyani bajaradigan joylashtiriladi. U kelayotgan signallarni tiklaydi va ularni boshqa aloqa liniyalarga uzatadi. Kabellarni joylashtirish haqiqiy yoki aktiv yulduzga o‘xshasa ham, haqiqatda biz shinali topologiyasiga o‘xshab ish yuritamiz, chunki har qaysi kompyuterdan axborot bir vaqtda boshqa qolganlarga uzatiladi, markaziy abonent esa bo‘lmaydi. Tabiyiki, passiv yulduz oddiy shinaga qaraganda qimmatroq bo‘ladi, chunki bunda yana kansentrator ham kerak bo‘ladi. Ammo u yulduzning afzalliklari bilan bog‘liq bir qator qo‘shimcha imkoniyatlarni taqdim etadi. Huddi shuning uchun oxirgi vaqtda passiv yulduz haqiqiy shinani ko‘proq siqib chiqarayapti, chunki u kam perspektivali topologiya hisoblanadi. Aktiv va passiv yulduz o‘rtasida topologiyaning oraliq turini ham ajratish mumkin. Bu holda konsentratorga tushadigan signallarni faqat retranslyatsiya qilmasdan, o‘zi qatnashmasa ham, almashuv boshqarishini bajara oladi. Yulduzning (ham aktiv va ham passiv) katta ustunligi shundaki, hamma ulanadigan nuqtalar bir joyda yig‘ilgan. Bu tarmoq ishini oson nazorat qilishga, markazdan u yoki bu abonentlarni oddiy o‘chirish yo‘li bilan nosozliklarni lokalizatsiya qilish (masalan, shina holatda bajarib bo‘lmaydi), shuningdek tarmoq uchun xayotiy muhim bo‘lgan ula-nish nuqtalariga begona shaxslar kirishini cheklab qo‘yishdir.
Yulduz holatida xar bir atrofdagi abonentga bitta kabel kelishi xam mumkin (unda uzatish ikki tomonlama ketadi) va ikkita xam (Ularning har biri-bir tomonga uzatadi), buning ustiga ikkinchi holat ko‘proq uchraydi. “Yulduz” turidagi barcha topologiyalarning umumiy kamchiligi boshqa topologiyalarga qaraganda juda katta kabel sariflanishidir. Masalan, Agar kompyuterlar bir chiziqda joylansa, “yulduz” topologiyasi tanlanganda “Shina” topologiyasiga qaraganda bir necha marta ko‘p kabel talab qilinadi. Bu hamma butun tarmoqning narxiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. “Halqa” – bu topologiya, bunda har bir kompyuter faqat ikkitasi boshqalari bilan aloqa liniyalari bilan ulangan. Faqat u biridan axborot oladi, ikkinchisiga esa – faqat uzatadi. Har bir aloqa liniyasida, yulduz holatiga o‘xshab, faqat bitta (peredatchik) uzatuvchi va bitta (priyomnik) qabul qiluvchi ishlaydi. Bu tashqi terminallarni qo‘llashdan ozod qiladi. Halqani muhim xususiyati shundaki, har bir kompyuter unga keladigan signalni tiklaydi, yani repiter rolini o‘ynaydi, shuning uchun halqaning hamma joyida signalni so‘nishi hech qanday ahamiyati yo‘q, muhimi faqat halqaning qo‘shni kompyuterlar orasidagi so‘nishidir. Bu holatda aniq ajratilgan markaz yo‘q, hamma kompyuterlar bir xil bo‘lishi mumkin. Ammo ko‘pincha halqada maxsus abonent ajratiladi, u almashuvni boshqaradi yoki nazorat qiladi. Tushunarliki, bunday boshqaradigan abonentni borligi tarmoq ishonchliligini pasaytiradi, chunki uning ishdan chiqishi tezda barcha almashuvni falaj qilib qo‘yadi.
Qa’tiyat bilan aytganda, halqadagi kompyuterlar to‘liq teng huquqli emas (masalan, shinali topologiyaga qaraganda). Ulardan birlari kompyuterdan, shu momentda uzatishni olib borayotgan, albatta axborotni oladi, oldinroq, boshqalar esa keyinroq. Topologiyani huddi shunday xususiyatlariga ko‘ra “halqa”ga maxsus hisoblangan tarmoqdagi almashuvni boshqarish usullarda keyingi uzatish huquqi (yoki, yana aytilishicha, tarmoqni qurshab olish) keyingi halqadagi kompyuterga ketma – ket o‘tadi. Yangi abonentlarni “Halqaga” ulash mutloqo beziyon, lekin ulanish vaqtida butun tarmoqni ishlashini to‘xtatish talab qilinadi. “Shina” topologiyali holatga o‘xshab halqadagi eng ko‘p abonentlar soni ancha muncha bo‘lishi mumkin (minggacha va undan ko‘proq).
Halqali topologiya ortiqcha yuklanishlarga eng mustaxkam, u uzatiladigan tarmoq bo‘yicha axborotlarni eng katta oqimlari bilan ishonchli ishlashni ta’minlaydi, chunki unda janjallar yo‘q (shinaga qaraganda), shuningdek markaziy abonent yo‘q (yulduzga qaraganda). Halqadagi signal tarmoqdagi hamma kompyuterlardan o‘tgani sababli, lokal ulardan bittasini ishdan chiqishi (yoki uning tarmoqdagi asbob-uskunalarini) yaxlit butun tarmoqni ishdan chiqaradi. Huddi shunga o‘xshab halqadagi har qaysi kabellarni uzilib qolishi yoki qisqa tutashuvi butun tarmoqni ishdan chiqaradi. Kabelni buzilishlariga halqa ko‘proq shikastlanadigan bo‘ladi, shuning uchun bu texnologiyada ikkita (yoki ko‘proq) parallel aloqa liniyalari qo‘yib borishni ko‘zda tutiladi. Shunda ularning bittasi zahirada turadi. Shu bilan bir vaqtda halqani katta ustunligi shundaki, har bir abonent tomonidan signallarni retranslyatsiya qilish butun tarmoq o‘lchamlarini sezilarli ko‘paytirishga yordam beradi (gohida bir necha o‘n kilometrgacha). Halqa bu tomonidan boshqa har bir texnologiyalardan ko‘proq (sezilarli) ustunlik qiladi. Halqani kamchiliklaridan (yulduzga taqqoslanganida) shuni hisoblash kerakki, tarmoqdagi har bir kompyuterga ikkita kabel olib kelinishi kerak. Ba’zan “Halqa” topologiyasi axborotni qarama-qarshi yo‘nalishlarida uzatilishini ikkita halqali aloqa liniyalari asosida bajariladi. Masalani bunday hal etilishi – axborotni uzatish tezligini (ideal holatda ikki marotaba) oshirilishi. Kabelni bittasi buzilganda tarmoq boshqa kabel bilan ishlashi mumkin (albatta cheklangan tezlik kamayadi). Yuqorida ko‘rilgan uchta asosiy, bazaviy topologiyalardan tashqari, qo‘shimcha yana “daraxt” (tree) tarmoqli topologiya ishlatiladi, u bir nechta yulduzlar kombinatsiyasidan iborat. Yulduzga o‘xshash daraxt aktiv, yoki haqiqiy, passiv bo‘lishi mumkin. Aktiv daraxtga bir nechta aloqa liniyalari birlashtirilgan markazlarda markaziy kompyuterlar joylashgan, passilida esa konsentratorlar (Xablar). Kombinatsiyali topologiyalar ham ancha ko‘p ishlatiladi, ular orasida eng ko‘p tarqalgan yulduz-shinali va yulduz-halqalilaridir.
6-rasm. Tugunlar
7-rasm. 2 tugunli ulanish
8-rasm. Konsentratorli ulanish
9-rasm.
Yulduz-shinali topologiyada (star-bus) shina va passiv yulduzlar kombinatsiyasi ishlatiladi. Bunda konsentratorga alohida kompyuterlar ham va butun shinali segmentlar ham ulanadilar, ya’ni tarmoqdagi barcha kompyuterlar kiritilgan fizik topologiya amalga oshiriladi. Bu topologiyada bir nechta konsentratorlar ham ishlatilishi mumkin, ular bir biroviga ulanib magistrali, tayanchli deb nomlangan shinani tashkil qiladi. Konsentratorlarning har biriga alohida kompyuterli yoki shinali segmentlar ulanadi. Shunday qilib, foydalanuvchi o‘ziga qulay qilib shinali va yulduzli topologiyalarni avzalliklarini kombinatsiya qilish imkoniyatlaridan foydalaniladi, shuningdek tarmoqga ulangan kompyuterlar sonini oson o‘zgartiradi. Yulduz-halqali topologiya holatida kompyuterlarni o‘zi birlashmaydi, balki maxsus konsentratorlar, ularga o‘z navbatida, yulduz shaklli ikkitali aloqa liniyalari yordamida kompyuterlar ulanadi. Haqiqatda tarmoqning hamma kompyuterlari berk halqaga ulanadi, chunki konsentratorlar ichidagi barcha aloqa liniyalari berk konturni tashkil qiladi. Bu topologiya yulduzli va halqali topologiyani ustunligini kombinatsiyalashga imkon yaratadi. Masalan, konsentratorlar barcha ulanadigan nuqtalarni bir joyga yig‘ishga imkon yaratadi. Tarmoq topologiyasi kompyuterlarni faqat fizikaviy joylanishlarini ifodalamasdan, lekin undan muhimrog‘i, ular orasidagi aloqalar xarakteri, tarmoq bo‘yicha signallarning tarqalganish xususiyatlari ifodalaydi.
Huddi shu aloqalar xarakteri tarmoqning buzilishiga mustaxkamlik darajasini belgilaydi, Tarmoqdagi apparatlarning kerakli murakkabligini, almashuv boshqarish usulini eng to‘g‘ri keladiganini, uzatish muxitining mumkin turlarining (aloqa kanallari), tarmoqning mumkin bo‘ladigan o‘lchamlari (aloqa liniyalar uzunligi va abonentlar soni), elektr muvofiqlashtirishni kerakligi va h.k. Tarmoq bilan birlashgan kompyuterlarni fizik joylanishi topologiyani tanlashda, umuman olganda, ta’siri kam har qaysi kompyuterlarni, ular qanday joylashganidan qa’tiy nazar, har qanday oldindan tanlangan topologiya yordamida har doim ulash mumkin (8-rasm).
10-rasm. Tarmoq topologiyalari
Agar ulanadigan kompyuterlarni doirani konturi bo‘yicha joylashgan bo‘lsa, ular yulduz yoki shina bo‘lib bemalol ulanishi mumkin. Agar kompyuterlar qandaydir markaz atrofida joylansa, ular bir birovi bilan shinali yoki halqali bo‘lib ulanishi mumkin. Kompterlar bir chiziq bo‘yicha joylashgan bo‘lsalar, ular yulduz yoki halqa bo‘lib ulanishi mumkin. Boshqa gap, buning uchun kabelning kerakli yig‘indisi uzunligi qancha bo‘lishidir. Adabiyotda tarmoq topologiyalari to‘g‘risida gap ketsa, tarmoq arxitekturasining har xil darajalariga tegishli to‘rt mutloqo har xil tushunchalar o‘ylash mumkin. Fizikkaviy topologiya (ya’ni kompyuterlarni joylanish sxemasi va kabellarni yotqizilishi). Bu ma’noda, masalan, passiv yulduz aktiv yulduzdan hech qanday farq qilmaydi, shu tufayli uni ko‘pincha oddiy “yulduz” deb ataladi.
Mantiq topologiyasi (ya’ni, aloqalar tuzilishi, signallarni tarmoq bo‘yicha tarqalgan ish xarakteri). Bu eng to‘g‘ri topologiyani ifodalash bo‘lsa kerak.
Almashuvni boshqarish topologiyasi (ya’ni, har bir kompyuterlar orasidagi tarmoqni o‘rab olish huquqini uzatish prinsipi va ketma-ketligi).
axboratviy topologiya (ya’ni, tarmoqda uzatilayotgan axborot oqimining yo‘nalishi).
Masalan, fizikaviy va mantiqli topologiyasi bilan “shina” boshqarish usuli sifatida tarmoqni o‘rab olish huquqi uzatish estafetasi (ya’ni, bu ma’noda halqa bo‘lishi) va bir vaqtda bita ajratilgan kompyuter orqali barcha axborotni uzatishdir (Bu ma’noda yulduz bo‘lish). Mantiqli “shina” topologiyali tarmoq “yulduz” passiv fizikli topologiyasiga ega yoki “daraxt” (passiv) bo‘lishi mumkin. Har qaysi fizik topologiyali, mantiq topologiyali, almashuv boshqaradigan topologiyali tarmoq axborotli topologiya ma’nosida yulduzli deb hisoblasa bo‘ladi, agar u yagona server va bir nechta kliyentlar asosida qurilgan bo‘lib, faqat shu server bilan mulog‘otda bo‘lsa. Bu holatda barcha mulohozalar markazning nosozliklari tarmoqni buzilishiga mustahkamligi past bo‘lishiga to‘g‘ri keladi. (ya’ni serverni). Xuddi shunga o‘xshab har qanday tarmoq axborotli ma’noda shina deb atalishi mumkin, agar u bir vaqtda server ham, kliyent ham bo‘lib kompyuterlardan tuzilgan bo‘lsa, har bir boshqa shina holatida ham, bunday tarmoq alohida kompyuterlarning nosozliklariga kam sezgirli bo‘ladi. Kabel bo‘lmagan tizimlarda sharoit boshqacha. Ularning asosiy ustunligi shundaki, hech qanday simlarni o‘tqazish kerak bo‘lmaydi (devorlarda teshiklar qilish kerak emas, quvurlarda va talablarda kabelni o‘tqazish kerak emas, uni falshpollar tagida o‘tqazish, osilgan potoloklar ustida yoki ventiliyatsiyali shaxtalarda kabel nosozliklarni qidirish va tuzatish kerak emas). Yana shunga o‘xshab tarmoq kompyuterlarini xona va bino chegarasida joyini o‘zgartirish oson, chunki ular hech narsaga bog‘langan emas.
|
| |