|
1-Amaliy mashg’ulot
|
bet | 11/35 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 1,69 Mb. | | #250113 |
Bog'liq 1-Amaliy mashg’ulot (1)Nazorat uchun savollar:
Umumiy xotirali multikompyuterlar haqida tushuncha bering.
Ajratilgan xotirali multiprotsessorlar haqida tushuncha bering.
Umumiy xotirali multiprotsessorlar haqida tushuncha bering.
Umumiy xotirali multikompyuterlar haqida tushuncha bering.
1-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Parallel kompyuterlarning amaliy klassifikatsiyasi
Ishdan maqsad: Parallel kompyuterlar tuzilishini o’rganish, amaliy klassifikatsiyasi bilan tanishib chiqish, arxitekturasi va parallel massivli tizimlar bilan tanishish.
Nazariy qism
Parallel massivli tizimlar (MPP)
Arxitektura. Tizim quyidagi bir xil xisoblash tugunlaridan tashkil topgan:
bir yoki bir nechta markaziy protsessorlar (odatda, RISC);
lokal xotira (boshqa tugunlarning xotirasiga to’g’ridan to’g’ri kirish mumkin emas);
kommunikatsion protsessor yoki tarmoq adapteri;
ba’zida qattiq disk (xuddi SP dagidek) yoki boshqa qurilmalar.
Misollar.
IBM RS/6000 SP2;
Intel PARAGON/ASCI Red;
CRAY T3E;
Hitachi SR8000;
Parsytec Transpyuter tizimlar.
Qamrovliligi: Real tizimlar protsessorlarining umumiy soni bir necha mingtaga yetadi (ASCI Red, Blue Mountain).
Operatsion tizim. Uni qo’llanilishining ikki asosiy yondoshuvi mavjud:
Mukammal operatsion tizim faqat boshqaruv mashinasida ishlaydi (front-end). Masalan: Cray T3E.
Xar bir tugunda UNIX kabi mukammal operatsion tizim ishlaydi (klasterli yondoshuvga yaqin bo’lgan varianti). Masalan: xar bir tugunda aloxida o’rnatiladigan IBM RS/6000 SP + OS AIX.
Dasturlash modeli. Xabar o’zatish modeli doirasida dasturlash (MPI, PVM, BSPlib).
|
| |