|
Ishdan maqsad: Kompyuter tizimining umumiy tarkibini va funksiyalarini o‘rganib chiqish. Ko‘p yadroli protsessorlar haqida tushincha, ularning turlari va ishlash prinsiplari bilan tanishib chiqish
|
Sana | 24.07.2024 | Hajmi | 0,91 Mb. | | #268468 |
Bog'liq 1-amaliy ish
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti
Axborot Xavfsizligi fakulteti CAO004-2 guruh talabasi
Mashrabjonov Boburjonning
Kompyuter tashkillashtirish fanidan 1-amaliy topshirig’i
Bajardi: Mashrabjonov Boburjon
Tekshirdi: Javliyev Shahzod
KOMPYUTERNI TASHKIL ETISH FANIDAN
1-TOPSHIRIQ
MAVZU: KOMPYUTER TIZIMINING TUZILISHINI TASHKIL ETISH
Ishdan maqsad: Kompyuter tizimining umumiy tarkibini va funksiyalarini o‘rganib chiqish. Ko‘p yadroli protsessorlar haqida tushincha, ularning turlari va ishlash prinsiplari bilan tanishib chiqish.
Nazariy qism
Protsessor (lot. processus — surilish) — elektron mashinaning dastur (programma) da koʻzda tutilgan amallar; informatsiyani oʻzgartirish, barcha hisoblash jarayonlarini, xisoblash mashinasidagi boshqa qurilmalarning ishini boshqarib turish uchun moʻljallangan markaziy qurilmasi. Asosiy qismlari: arifmetikmantiqiy qurilma va boshqarish qurilmasi. Arifmetikmantiqiy qurilmada axborot arifmetika va mantiq jihatidan qayta ishlanadi. Boshqarish qurilmasi xotiradagi axborotlarni chiqarish tartibini belgilaydi, boshqaruvchi signallarni ishlab chiqadi, mashinadagi qurilmalarning ishini uygʻunlashtiradi, dasturni uzish signallarini qayta ishlaydi, xotiradagi axborotlarni muhofazalaydi, P. ishini nazorat qiladi. P. da bulardan tashqari, oʻta tezkor xotira qurilmasi va tashkiliy bloklar ham bor
1-rasm. Zamonaviy kompyuter protsessori
Videokarta (lotincha — koʻrayapman va yun. saggeya — varaq) — kompyuterdagi mos keluvchi qurilma boshqaruvida monitor ishini boshqaruvchi mikro-sxema. V. ichidagi xotirasi vidsoxo-tira deyiladi. Videoxotiraning 2 turi mavjud: ichki (kompyuter tezkor xotirasiga oʻriatilgan videoxoti-ra) va tashqi (tezkor xotiraning tashqarisida joylashgan xotira). Tashqi turdagi videoxotira mukammalroq hisoblanadi.
Grafik ishlov berish birligi yoki GPU shaxsiy va biznes hisoblash uchun hisoblash texnologiyasining eng muhim turlaridan biriga aylandi. Parallel ishlov berish uchun moʻljallangan GPU keng koʻlamdagi dasturlarda, shu jumladan grafik va video renderlashda qoʻllaniladi. Garchi ular oʻyinlardagi qobiliyatlari bilan tanilgan boʻlsalar-da, GPU-lar ijodiy ishlab chiqarish va sunʼiy intellekt (AI) da foydalanish uchun yanada ommalashmoqda.
2-rasm. Kompyuter videokartasi
Tezkor xotira yoki RAM (inglizcha: Random Access Memory, RAM) — oʻqish yoki yozish uchun uning manzili boʻyicha istalgan yacheykaga bir vaqtning oʻzida (har doim bir vaqtning oʻzida, joylashuvidan qatʼiy nazar) kirish imkonini beruvchi kompyuter xotirasining turlaridan biridir. Protsessor qisqa vaqt ichida koʻp ishlatiladigan jarayonlarni tezkor xotiraga yuklab oladi va bu kompyuterni ishlashini tezlashtirish uchun xizmat qiladi. Tezkor xotirani asosiy oʻlchov birligi uning xotira hajmi boʻlib, kilobayt, megabayt, gigabaytlarda oʻlchanadi. Tezkor xotira chastotasi — tezkor xotira shinalaridan maʼlum vaqt ichida oʻtadigan maʼlumotlar oqimi sonini anglatadi.
3-rasm. Tezkor xotira (RAM)
Shaxsiy kompyuter xususiyatlari
Kompyuter modeli
|
MSI Leopard GP76
|
Protsessor
|
Intel Core i7 11700H
|
Protsessor yadrolari
|
8 yadro 16 potok
|
RAM
|
DDR-4 3200 mhz
|
Videokarta
|
NVIDIA RTX 3070
|
Keyboard
|
Steel Series perkeyRGB
|
4-rasm. Protsessor xususiyatlari
5-rasm. Videokarta xususiyatlari
6-rasm. Tezkor xotira xususiyatlari
7-rasm. Kompyuterning umumiy xususiyatlari
Foydalanilgan adabiyotlar:
https://www.aida64.com/downloads
https://uz.wikipedia.org/wiki/Tezkor_xotira
https://uzbekdevs.uz/maqolalar/protsessor-protsessorning-ishlash-printsipi
https://www.techpowerup.com/gpuz/
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ishdan maqsad: Kompyuter tizimining umumiy tarkibini va funksiyalarini o‘rganib chiqish. Ko‘p yadroli protsessorlar haqida tushincha, ularning turlari va ishlash prinsiplari bilan tanishib chiqish
|