|
Hyper-threading texnologiyasi Mustaqil Ish
|
bet | 1/9 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 1,69 Mb. | | #236094 |
Bog'liq Kampyuter arxitekturasi
uhammad Al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti
Mavzu: Hyper-threading texnologiyasi
Mustaqil Ish
Guruh: 021-21
Bajardi: Saparaliyev K.
Tekshirdi: Tillaboyev A. A.
Mavzu: Ko’p yadroli protsessorlarda Hyper-threading texnologiyasi.
Reja:
Protsessorlar tarixi, funktsiyalari va asosiy xarakteristikalari
Protsessor yadrosi va ko'p yadroli protsessorlar
Protsessor arxitekturasi
Protsessorlarda Hyper-threading texnologiyasi
Hyper-threading texnologiyasi SMT texnologiyasi
.
Protsessorlar tarixi, funktsiyalari va asosiy xarakteristikalari.
Protsessor inglizchada „Process“ soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, „jarayon“ — jarayonni amalga oshiruvchi, boshqaruvchi maʼnolarini bildiradi. Kompyuter . Protsessorlar tarixi, funktsiyalari va asosiy xarakteristikalari. Protsessor inglizchada „Process“ soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, „jarayon“ — jarayonni amalga oshiruvchi, boshqaruvchi maʼnolarini bildiradi. Kompyuter Protsessori asosan kompyuterda boʻladigan jarayonlarni amalga oshirish va boshqarish vazifalarini bajaradi. Asosiy oʻlchov birligi chastota hisoblanadi. Protsessor chastotasi uning maʼlum vaqt ichida nechta amalni bajara olishini ifodalaydi. Protsessor - elektron mashinaning dastur (programma) da koʻzda tutilgan amallar; informatsiyani oʻzgartirish, barcha hisoblash jarayonlarini, xisoblash mashinasidagi boshqa qurilmalarning ishini boshqarib turish uchun moʻljallangan markaziy qurilmasi. Asosiy qismlari: arifmetik mantiqiy qurilma va boshqarish qurilmasi. Arifmetik mantiqiy qurilmada axborot arifmetika va mantiq jihatidan qayta ishlanadi. Boshqarish qurilmasi xotiradagi axborotlarni chiqarish tartibini belgilaydi, boshqaruvchi signallarni ishlab chiqadi, mashinadagi qurilmalarning ishini uygʻunlashtiradi, dasturni uzish signallarini qayta ishlaydi, xotiradagi axborotlarni muhofazalaydi, Protsessor ishini nazorat qiladi. Protsessorda bulardan tashqari, oʻta tezkor xotira qurilmasi va tashkiliy bloklar ham bor.
Tanlovda markaziy ishlov berish bloki(CPU) juda muhim masala, chunki kompyuteringizning tezligi unga bog'liq bo'ladi. To'g'ri tanlov qilish uchun siz protsessorning asosiy parametrlari haqida tasavvurga ega bo'lishingiz kerak.
1.1-rasm. Markaziy protsessor
Kompyuter protsessorining tuzilishi va uni qanday ishlashini tushunish muhim ahamiyatga ega jihatlardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ushbu bobni kompyuter protsessorlarining tuzilishlari va ularni qanday ishlashlarini batafsilroq ko’rib chiqishga bag’ishladim. Ko’rib chiqish uchun esa Intel protsessorlari oilasiga mansub, so’z uzunliklari 8, 16 va 32-razryadga teng bo’lgan, quyidagi protsessorlarni tanlab oldik:
1. Intel 8080 (K580VM80) – 8-razryadli protsessor;
2. Intel 8088 – 16-razryadli protsessor;
3. Pentium 4 – 32 razryadli protsessor.
Zamonaviy kompyuterlar protsessorlarining tuzilishlari va ularni qanday ishlashlarini o’rganish anchagina murakkab jarayon ekanligi hisobga olgan holda, ushbu mavzuga oid asosiy tushunchalar va jihatlarni avval, 8-razryadli protsessor va u asosida qurilgan kompyuterning qanday tuzilganligi va qanday ishlashini batafsil ko’rib chiqish bilan boshlasak. O‘quv qo‘llanmada dastlab o‘rganish uchun tanlab olingan birinchi protsessor - Intel 8080 protsessori ko‘p maqsadlar uchun mo‘ljallangan birinchi protsessor hisoblanadi, uning tarkibida bor yo‘g‘i 6000-ta tranzistor ishlatilgan. Tanlab olingan protsessorlarning ikkinchisi - Intel 8088 protsessori asosida esa, hozirda keng tarqalgan shaxsiy kompyuterlarning dastlabkisi hisoblangan va MS DOS operatsion tizimi asosida ishlagan IBM PC shaxsiy kompyuteri ishlab chiqilgan edi. Ushbu protsessorning tarkibida 29 000 ta tranzistor mavjud bo’lgan. Intel 8088 protsessori uchun ishlab chiqilgan dasturlar, Intel Core i7 protsessorida ham ishlashi mumkin, ya’ni ularning ichki tuzilishlari bir biriga o’xshashdir.
Tanlab olingan protsessorlarning uchinchisi bo’lgan - Pentium 4 protsessori 32-razryadli protsessorlarning anchagina takomillashgan xilidir. Pentium 4 protsessori undan keyin ishlab chiqarilgan protsessorlarga nisbatan soddaroq bo’lishiga qaramasdan, hozirgi 32 va 64-razryadli protsessorlarning ko’pgina xususiyatlarini o’zida mujassamlagan protsessor hisoblanadi. Ushbu protsessor tarkibida 42 000 000 ta tranzistor ishlatilgan
Intel protsessorlarining oilasi
Protsser
|
Ishlab chiqarilgan yili
|
Taktlovchi chastota, MGs
|
Tranzistorlarining soni
|
Xotira
xajmi
|
Izoh
|
|
|
|
4004
|
1971
|
108
|
2 300
|
640 bayt
|
Mikro sxemaga joylashtirilgan birinchi mikroprotsessor
|
8008
|
1972
|
0,08
|
3 500
|
16 Kbayt
|
Birinchi 8-razryadli mikroprotsessor
|
8080
|
1974
|
2
|
6 000
|
64 Kbayt
|
Mikrosxemaga joylashtirilgan
birinchi ko‘p maqsadli protsessor
|
8086
|
1978
|
5 - 10
|
29 000
|
1 Mbayt
|
Mikrosxemaga joylashtirilgan birinchi ko’p maqsadli 16-razryadli protsessor
|
8088
|
1979
|
5 - 8
|
29 000
|
1 Mbayt
|
IBM PC shaxsiy kompyuterida ishlatilgan protsessor
|
80286
|
1982
|
8 - 12
|
134 000
|
16Mbayt
|
Himoyalangan xotiraga ega protsessor
|
80386
|
1985
|
16 - 33
|
275 000
|
4 Gbayt
|
Birinchi 32-razryadli protsessor
|
80486
|
1989
|
25 - 100
|
1 200 000
|
4 Gbayt
|
8 Kbaytli kesh xotiraga ega protsessor
|
Pentium
|
1993
|
60-223
|
3 100 000
|
4 Gbayt
|
Ikkita konveyerga ega protsessor
|
Pentium Pro
|
1995
|
150 - 200
|
5 500 000
|
4 Gbayt
|
Ikki sathli kesh xotiraga ega protsessor
|
Pentium II
|
1997
|
233 - 400
|
7 500 000
|
4 Gbayt
|
Pentium Pro plyus MMX buyruqlariga ega protsessor
|
Pentium III
|
1999
|
650 - 1400
|
9 500 000
|
4 Gbayt
|
Uch o’lchamli grafik ma’lumotlarni tezkor ishlovchi SSE buyruqlarga ega protsessor
|
Pentium
IV
|
2000
|
1300 - 3800
|
42 000 000
|
4 Gbayt
|
Giper oqimlilik, qo’shimcha SSE buyruqlarga ega protsessor
|
Core Duo
|
2006
|
1600 - 3200
|
152 000 000
|
2 Gbayt
|
Bitta asosga ikkita yadro joylashtirilgan protsessor
|
Core
|
2006
|
1200 - 3200
|
410 000 000
|
64 Gbayt
|
64 razryadli 4-ta yadroli arxitektura
|
Core i7
|
2011
|
1100 - 3300
|
1 160 000 000
|
24 Gbayt
|
Birlashtirilgan grafik protsessor
|
Core i9
|
2017
|
2200-5000
|
3 600 000 000
|
128 Gbayt
|
Eng oxirgi birlashtirilgan grafik protsessor
|
Protsessorning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
|
| |