• Tayanch so‘z va iboralar
  • 1-Ma’ruza: Kirish. Operatsion tizim vazifalari Reja




    Download 121,16 Kb.
    bet1/23
    Sana30.01.2024
    Hajmi121,16 Kb.
    #148260
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
    Bog'liq
    1-Ma’ruza Kirish. Operatsion tizim vazifalari Reja-fayllar.org


    1-Ma’ruza: Kirish. Operatsion tizim vazifalari Reja

    1-Ma’ruza: Kirish. Operatsion tizim vazifalari


    Reja:
    1. Operatsion tizim vazifalari


    2. Operatsion tizim tarixi


    3. Operatsion tizim rivojlanish bosqichlari




    Tayanch so‘z va iboralar:
    Hisoblash tizimi, Operatsion tizim, interfeys, Microsoft, MS DOS, Windows, Plug and Play, 32 razryadli modullar, Ko‘p oqimlilik, Tizimning konfiguratsiyasi, Serverlar, ko‘pvazifalik


    Kirish
    Ma’lumki, axborot texnologiyalarining inson faoliyati hamma jabxalarga kirib borish jarayoni borgan sari rivojlanib chuqurlashib bormoqda. Umumiy soni, ko‘p yuz milliondan oshib ketgan, keng tarqalgan shaxsiy kompyuterlardan tashqari, hisoblash tizimlarining maxsus vositalari ham ko‘payib bormoqda. Bu turli-tuman hisoblash texnikasidan foydalanuvchilar soni ham ko‘payib bormoqdaki, bunda ikki qarama-qarshi tendensiyani rivojlanishi kuzatilmoqda. Bir tomondan, axborot texnologiyalari borgan sari murakkablashmoqda va ularni qo‘llash uchun, va ularni keyingi rivojlanishi uchun juda chuqur bilimlar talab qilinadi. Boshqa tomonda, foydalanuvchilarning kompyuterlar bilan muloqati soddalashmoqda. Kompyuterlar va axborot tizimlari borgan sari “do‘stona” bo‘lib bormoqda, va hatto ular informatika va hisoblash texnikasi sohasida mutahassi bo‘lmagan odamlar uchun ham tushunarli bo‘lib bormoqda. Bu narsa, eng avvalo foydalanuvchilar va ularning dasturlari, hisoblash texnikasi bilan maxsus (tizimli) dasturiy ta’minot – operatsion tizim orqali muloqat qilganliklari uchungina yuzaga keldi.
    Operatsion tizim, foydalanuvchilar uchun ham, bajariluvchi ilovalar uchun ham interfeysni tashkil etadi. Foydalanuvchilar va ko‘pgina hizmatchi dasturlar, DTdan hamma dasturlarda tez-tez uchraydigan amallarni bajarishni so‘raydi. Bunday amallarga, birinchi navbatda, kiritish-chiqarish, biror-bir dasturini ishga tushirish va to‘xtatish, qo‘shimcha xotira blokini olish yoki uni bo‘shatish va boshqa ko‘pgina amallar kiradi. Bunday amallarni har safar dasturlash va ikkilik kod siFATidadastur ichiga bevosita kiritish maqsadga muvofiq emas balki, ularni birgalikda yig‘ib dasturdan “so‘rov” orqalibajarishga berish qulaydir. Bu o‘z navbatida operatsion tizimning muhim funksiyalaridan biridir. Amaliy dasturlar, va ko‘pgina tizimli ishlov beruvchi dasturlar, (m-n, dasturlash tizimlari yoki ma’lumotlarni boshqarish tizimlari) kompyuter apparaturasi bilan bevosita bog‘lana olmaydi va ular bilan operatsion tizimga murojaat etish orqali bog‘lanadilar. Foydalanuvchilar uchun ham, operatsion tizim komandasini kiritish bilan yoki tizim taklif qiladigan mumkin bo‘lgan harakatlar orqali o‘z dasturlari va kompyuter bilan muloqat qiladilar. Bunday o‘zaro muloqat faqat operatsion tizim orqaligina amalga oshiriladi. Bunday muhim funksiyani bajarishdan tashqari, operatsion tizim himoblash resurslarini samarali taqsimlash va hisoblashni ishonchli tashkil etishga javob beradi.
    Operatsion tizim asoslarini va ularning ishlash prinsiplarini bilish, kompyuterdan samarali foydalanishga olib keladi. Operatsion tizimlarni chuqur o‘rganish, avvalambor bu bilimlarni, dasturiy ta’minot yaratishda ishlatishga imkon beradi.
    Albatta, bizning mamlakatimizda hozirgi vaqtda, amalda yangi operatsion tizimlar yaratish ustida ish olib borilmayapgan bo‘lsa ham, murakkab axborot tizimlarini ishlab chiqish, zamonaviy operatsion tizimlarda ishlashga mo‘ljallangan dasturlar, majmuasi va ilovalar yaratishishlari jadal sura’tda olib borilmoqda. Shuning uchun ham operatsion tizimlarni va ularni ishlash prinsiplari va hisoblashlarni tashkil etishni bilish zarurdir. Hozirgi vaqtda, kompyuterda ishlash kamlik qiladi, balki hisoblashlarni tashkil etishni tushunish shartdir.



    Download 121,16 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




    Download 121,16 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Ma’ruza: Kirish. Operatsion tizim vazifalari Reja

    Download 121,16 Kb.